39
bo’ladigan ajoyib oq gullar chiqaradi. Bu o’simlikning barglari serbar, yaltiroq, to’q
rangli, uzun-uzun barg bandlari bor. Yiliga bir marta, goho ikki marta — kuz bilan
bahorda gullaydi. O’sish
va gullash davrida, o’rtacha va tinim davrida kam sug’orib
turishni talab qiladi. Yorug’sevar o’simlik. Bu o’simlikka kichikroq, past bo’y va
kenggina tuvak kerak. Nilufar tuvagi «torlik qilib qolganida»gina gullaydi; keng
idishga ko’chirib olib o’tqazilganida bir talay piyozchalari hosil bo’lmagunicha
gullamay turaveradi. Uni 3—4 yilda bir marta ko’chirib olib o’tqazib turish kerak.
Bolacha-piyozchalaridan ko’paytiriladi.
Maranta
(Marantalar oilasi). Vatani — Afrika. Yaproq bargli — manzarali kichikroq
o’simlik.
Marantaning poyalari past, bo’g’imli, barglari yirik, bandli, serbar
tuxumsimon, ola-bula rangda. Xonalarda ko’pincha bargining o’rta tomiri yonida 4—
5 juft jigar-rang yirik holi bo’ladigan maranta o’stiriladi, barglarida yo’llari
bo’ladigan maranta kamroq uchraydi; ba’zi turlari to’q qizil yo’lli va to’q yashil holli
bo’lib, juda chiroyli ko’rinadi. To’q yashil barglar
chiqaradigan va hollari
bo’lmaydigan baland bo’yli (bo’yi 50 sm ga boradigan va bundan ortadigan)
marantalar ham bor. Maranta oq yoki och binafsharang mayda-mayda ko’rimsiz
gullar chiqarishi mumkin; bularni olib tashlash kerak. Ola bargli marantalarning
barglari kunduzi yerga deyarli parallel bo’lib turadi, kechasi esa ko’tarilib qoladi.
Maranta kamtalab o’simlik, odatdagi uy sharoitlarida
yaxshi qishlab chiqadi; unga
xona yorug’ (tik quyosh nurlaridan o’simlikni pana qilib qo’yish lozim), havo iliq va
nam bo’lishi, suv purkab turish, yozda mo’l-ko’l, qishda o’rtacha miqdorda suv
berish kerak. Yorug’lik
yetishmaganida, ayniqsa qishda barglarining rangi oqarib
qoladi. Maranta har yili bahorda qum qo’shilgan oziqali yumshoq tuproqqa ko’chirib
olib o’tqazib turiladi. Bu o’simlik ko’chirib o’tqazish vaqtida olinadigan ildiz poyasi
va poya qalamchalaridan ko’paytiriladi.
Monstera,
shirin monstera, filodendron (Aroidlar oilasi). Vatani —
tropik Amerika
va SHarqiy Hindiston. Ko’p yillik liana bo’lib, chirmashib o’sadigan uzun-uzun
poyalar va katta-katta bo’ladigan to’q yashil rangli yaltiroq barglar chiqaradi, barglari
uzun bargli bo’lib, poyasining uchki va o’rta qismidan chiqqanlari chuqur kesilgan.
Poyasining pastidagi barglari butun bo’ladi. Monstera tizmachalar ko’rinishida uzun-
uzun havo ildizlari hosil qiladi, bu ildizlari yergacha tushib
boradi va tomir otadi
(havosida nam juda ko’p bo’ladigan tropik o’rmon sharoitlarida yashashga
moslashish). «SHirin» degan nomini yesa bo’ladigan totli mevalari uchun olgan,
lekin uy sharoitlarida monstera faqat gullaydi, kamdan-kam meva tugadi.
Monstera kamtalab o’simlik — yorug’lik yetishmasligiga, havo haroratining o’rtacha
bo’lishiga yaxshi bardosh beradi, qishda o’rtacha miqdorda, yozda mo’l-ko’l sug’orib
turishni talab qiladi. Bu o’simlikning poyasi tayanchga muhtoj bo’ladi. Monstera
poya qalamchalaridan ko’paytiriladi. Yosh o’simliklarni har yili 3:1:1:1
nisbatdagi
40
chim tuproq, barg chirindisi, chirindi va qumdan iborat tuproq aralashmasiga
ko’chirib olib o’tqazib turiladi. Qari tuplarini 3—4 yilda bir marta ko’chirib olib
o’tqaziladi. Monstera juda katta bo’lib
ketishi mumkin, bunda uni katta yog’och
paqirga olib o’tqazish kerak bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: