Malakasini oshirish instituti tabiat bilan tanishtirish



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/139
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#431678
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   139
Bog'liq
Tabiat bilan tanish oquv qollanma

Kalanxoe
(Semiz gullar oilasi). Vatani — Amerika va Afrika tropiklari. Qarama-
qarshi joylashgan sershira, etdor barglar chiqaradigan yarim buta. Barglari och yoki 
to’q yashil tusda, chetlari o’tmas tishli, ba’zi turlarida qizg’ish yo’l bilan o’ralgan 
bo’ladi. Poyasi tik o’sadi, voyaga yetgan o’simliklarda pastki tomoni yog’ochlanib 
boradi. Kalanxoe ochiq zarg’aldoq-qizil tusli mayda-mayda gullar chiqarib gullaydi
gullari 
soyavon 
shaklidagi 
to’pgulga to’plangan bo’ladi. Bolachalaridan 
ko’paytiriladi—o’simlikdan olinib, suvga qo’yib qo’yilgan yoki tuproqqa qo’yib, 
ustiga sal qum sepilgan barglarida unuvchi kurtaklar paydobo’-ladi, shulardan yosh 
o’simliklar o’sib chiqadi. 
Kalanxoeni o’rtacha miqdorda sug’orib, ayniqsa qish paytida yorug’, salqin xonada 
saqlash kerak. O’simlik qarigan sayin bo’yiga o’sib, xunuk bo’lib qoladi. Unga sog’ 
tuproq bilan chim tuprrqdan iborat, qum qo’shilgan oziqli tuproq kerak. 
Kalanxoening ba’zi turlaridan meditsinada foydalaniladi. 
O’stiriladigan xillaridan kumushsimon-kulrang tuk bilan qalin qoplangan kigizsifat 
kalanxoe, barglari qattiq, to’q yashil bo’ladigan Blossfelьdid, barglari xira-zangori 
tusda bo’lib, pastki qismida bir talay havo ildizlari hosil qiladigan Fedchenko turi 
uchraydi. 
Kliviya
(Amarillislar rilasi). Vatani—Janubiy Afrika. Doimo yashil bo’lib turadigan 
kamtalab o’tsimon xona o’simligi. Kliviya barglari uzun-uzun, pishiq, to’q yashil 
rangda bo’ladi. Gullari zarg’aldoq-qizil rangda, yirik-yirik gul bandlarida 
soyavonsimon to’pgul bo’lib to’plangan. Bitta gul bandida 40 tagacha gul bo’lishi 
mumkin, qari o’simliklarda bir necha gul bandi bo’ladi. Har bir gul uzoq ochilib 
turmaydi-yu, lekin gullar soni ko’p bo’lganligidan gullash davri ba’zan 2—3 
haftagacha davom etadi. Qari tuplari qish kezlari ikkinchi marta gulga kirishi 
mumkin. Qliviya soyaparvar o’simlikdir, gullash davridagina uni yorug’ joyga qo’yib 


38 
qo’yish kerak. Kliviyani qishda kam yozda, o’sish davrida o’rtacha sug’orish lozim. 
2—3 yilda bir marta oziqli tuproqqa ko’chirib olib o’tqazish kerak. Kliviya urug’lari 
va ildiz o’simliklaridan ko’paytiriladi 
Koleus
, qizilqon (Labguldoshlar oilasi). Vatani Osiyo tropiklari. O’tsimon manzarali-
bargli o’simlik bo’lib, tik o’suvchi to’rt qirrali poya va tuklar bilan qoplangan, 
tuxumsimon, bandli serbar barglar chiqaradi, poyasi och tusda va barglari yumshoq 
va oddiy bo’ladi. Koleus barglarining rangi juda chiroyli: to’q qizil, to’q olcha rang, 
jigarrang, pushti, sarg’ishroq, ikki va uch xil rangli bo’ladi. Bargining chetlarida 
mayda yoki yirik-yirik tishlari bor. 
Koleus qalamchalaridan oson ko’payadi, tez o’sadi, qalamchalari ekilganidan 2—3 
oy keyin voyaga yetgan o’simlik ko’rinishiga kirib qoladi. Bu — yorug’sevar 
o’simlikdir, yorug’ tushib turadigan derazalar oldida barglari ayniqsa ochiq va 
chiroyli rangga kirib, katta bo’lib ketadi, yorug’lik yetishmaganida ular maydalashib, 
rangi oqaradi, lekin koleus tik quyosh nurlariga bardosh bera olmaydi. Bu o’simlikka 
havo juda nam bo’lib turishi kerak, aks hodda u g’ovlab, rangi oqarib boraveradi. 
Koleus pushtinamo ko’rimsiz mayda gullar chiqarib gullaydi, gullari shingilsimon 
to’p-gulga to’plangan bo’ladi, ularni shonalash davrida chimdib olib tashlash kerak, 
shunda o’simlikning gul-lashi kuchini olib qo’ymaydi. Koleus o’stirilayotgan 
sharoitlar yomonlashib qolgan mahalda ham gullab ke-tadi. 
Qish bo’yi koleuslar ko’pincha o’zining manzarali sifatlarini yo’qotib qo’yadi, shu 
sababdan bahor boshida ularni qalamcha qilib o’tqazib olish kerak. O’simliklar ichiga 
oziqli yumshoq tuproq solingan keng tuvaklarga o’tqaziladi. 
Krinum
(Amarillislar oilasi). Vatani — Janubiy Afrika. CHiroyli gullaydigan xona 
o’simligi. Barglari uzun-uzun, chiziqli, och yashil tusda. Piyozchasi yirik, och 
kulrang tusda bo’ladigan yupqa himoya pardasi bilan qoplangan. Gullari 
voronkasimon, oq yoki qizg’ish rangda, soyavon bo’lib to’plangan (b—10 ta vo 
ronkasimon gullari), xushbo’y. Krinum odatda bahor yoki yozda gullaydi. Yirik 
piyozchalarida 2 ta gul bandi bo’ladi, shunaqa mahalda gullash davri bir oygacha va 
bundan ko’ra ko’proq cho’ziladi. Krinumga oftob tushib turadigan yorug’ xona, 
tuvagi katta bo’lishi kerak. Qari o’simliklarni 2:2:1 nisbatdagi qum-chim tuprog’i, 
barg chirindisi va qumdan iborat tuproq aralashmasiga 2—3 yilda bir marta ko’chirib 
olib.o’tqaziladi. Piyozchasi sayoz qilib, faqat yarmini yerga ko’mib ekiladi. Ko’chirib 
o’tqazish vaqtida ajratib olinadigan bolacha-piyozchalaridan ko’paytiriladi. 
Ekiladigan turlaridan osiyo krinumi (piyozining diametri 10—12 sm, barglari 20—30 
sm, gullari qizil tus aralash oq bo’ladi), sevimli krinum (piyozi mayda, gullari pushti 
rang chiziqli qizg’ish bo’ladi). Mur krinumi (to’pgul hosil qiladi) uchraydi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish