Malaka ishi mavzusining dolzarbligi



Download 261,96 Kb.
bet1/12
Sana29.12.2021
Hajmi261,96 Kb.
#79987
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 5195462358461319268


Kirish

Malaka ishi mavzusining dolzarbligi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo`g`ini hisoblangan xalq ta’limida ham tub islohotlar ro`y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ziyoli ijodkorlar bilan uchrashuvda: “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulugʻ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san’atimiz ham albatta boʻladi”, degan fikrlarni bildirib, jamiyatda kitobxonlikni oshirish, ayniqsa yoshlar oʻrtasida targʻib qilish masalasiga alohida toʻxtalgan edi. Bu bejiz emas albatta. Axborot almashinuvning globallashuvi adabiyot oʻqitishga tamomila yangicha yondashish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bugungi odam badiiy asarga yaqin oʻtmishdagi kabi taqlid vositasi, ibrat yoxud oʻrnak manbai sifatida qaramaydi. XXI asr kishisi uchun badiiy adabiyot butunlay oʻzgacha mohiyat kasb etadi. Binobarin, uni ommaviy tarzda maktabda oʻqitish ham oʻziga xos yoʻsinda amalga oshirilishi lozim boʻladi.

O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov ta’lim-tarbiya sohasida olib boriladigan ishlarning dasturilamali bo‘lgan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” mohiyati haqida shunday degan edi: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydi. Agar bola erkin, mustaqil fikrlashni o‘rganmasa, unga berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta bilim kerak, ammo bilim o‘z yo‘liga, mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasida ham umumiy o‘rta ta’limning asosiy maqsadlaridan biri-mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Tafakkur va til hodisalarining bir – birini taqozo etishi, biri – birisiz yashay olmasligini nazarda tutsak, ijodiy tafakkur sohibi tarbiyasida ona tilining o‘ta muhim va betakror vosita ekanligini ta’kidlab o‘tirishning hojati yo‘q. Zero, intellektual bilim, kasbiy mahorat, eng nodir kashfiyotlar ham birinchi galda o’zbek tili yordamida dunyoga keladi, o’zbek tilida zohir etiladi, o’zbek tilida himoya qilinadi. Mustaqil respublikamizda boshqa umumiy o‘rta ta’lim fanlari qatori o’zbek tili ta’limi sohasida ham ulkan o‘zgarishlar, yangilanishlar bo‘ldi: “Davlat tili haqida”gi qonuning qabul qilinishi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga asoslanib yaratilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq qilinishi shular jumlasidandir. Respublikamizda barkamol avlod tarbiyasiga, ijodkor, iste’dodli yoshlarni tanlash va ularga maxsus, chuqurlashtirilgan bilim berishga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur ish shu kunning eng dolzarb vazifalaridan biri – umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o’zbek tili ta’limining yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishini ta’minlash, o‘quvchida mavjud bo‘lgan lug‘at zaxirasi, nutqiy – intellektual qobiliyatni aniqlash, ijodiy tafakkur faoliyatini jadallashtirish, o‘quvchida ravon nutq, mantiqiy fikrlash, fikr mahsulini yozma ravishda to‘g‘ri, izchil o‘rinda ifodalash, egallangan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan mustaqil matn yaratishning universal texnologiyasi modulini ishlab chiqish, shu tizim asosida o‘quvchining matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan.

Davlat ta’lim standartlari talabalari asosida o’zbek tili o‘qitishning bosh maqsadi o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini yozma, og‘zaki shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish ekan, demak, til o‘qitish metodikasi fani oldida o‘z yechimini kutib turgan navbatdagi dolzarb vazifa – o‘quvchilarda mustaqil matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish muammosining ijobiy yechimini topishdan iborat. Biz tanlagan ilmiy-tadqiqot mavzusi ana shu muammoning ilmiy – amaliy yechimini topish maqsadida amalga oshirildi. Ushbu mavzuning dolzarbligi ham ana shu ilmiy-metodik zaruriyat bilan belgilanadi.


Download 261,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish