KIMYO DARSIDA PEDAGOGIK O’YINLAR
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi (29 avgust 1997 y.) da qo’yilgan barkamol avlod tarbiyasi vazifalarini amalga oshirish jarayonida, tayyorlanayotgan kadrlarning mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish ta’lim tizimining eng muhim vazifalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Chunki, o’zgaruvchan bozor iqtisodiyoti sharoitida faqatgina mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan shaxsgina o’z muammolarini o’zi mustaqil hal qila oladi, o’zi uchun ham, oilasi uchun ham foydali bo’lib hisoblanadi hamda jamiyatda o’z mavqeiga ega bo’ladi. Bunday qobiliyat, albatta dastlab oilada, keyinchalik esa, ta’lim muassalarida shakllanadi. Yoxud, birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganlaridek: «Agar bolalar erkin fikrlashga o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta bilim ham kerak. Ammo u o’z yo’liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir».Har bir fan o’qituvchisi o’quvchilarni ana shu boylik egasi bo’lishi uchun o’z hissasini qo’shishi lozim.
So’ngi yillarda faol o’qitish usullaridan biri bo’lgan pedagogik o’yinlar keng targ’ibot qilinib qo’llanilmoqda. Pedagogik o’yinlar ham boshqa faol usullar kabi, o’quvchilarni o’z kasbiga qiziqtiruvchi, bilim doiralarini kengaytiruvchi, ularda hozirjavoblik xususiyatlarini tarbiyalovchi, faollashtiruvchi va ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi kabi didaktik funktsiyalarni bajaradi. Tajribalarda ta’kidlanganidek, agar mashg’ulot odatdagi - faqat tinglab o’tirishga asoslangan usulda o’tkazilganda, o’quvchilar axborotning ko’pi bilan 20 foizgachasini o’zlashtirgan bo’lsa, pedagogik o’yinlardan foydalanilganda esa, bu ko’rsatkich 80-90 foizgacha oshganligi tasdiqlangan.
Quyida o’qitish jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan ba`zi bir pedagogik o’yinlarning tavsifi, o’tkazish tartibi to’g’risida uslubiy tavsiya beriladi.
«Nishonga ur»
Maqsad: Mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Bu uslub kimyoviy elementlarning xossalari haqidagi bilimlarni tizimlashtirishga yordam beradi .
O’yin uchun kerakli jihoz:Tarqatmalar
Moddalarning formulasini toping va koeffeffientlarni to’g’ri tanlash
Uchta bir-biri bilan bog’langan doiralar ichida yarim reaksiyalar yoziladi.Ayrim doiralar ichiga tegishli reaksiyani davomi (formula)ni va indekslarini yoziladi.
«Kimyoviy reaksiya turlari».
Maqsad:. Kimyoviy reaksiya turlari haqida bilimlarni chuqurroq egallash.
O’yin uchun kerakli jihoz:Tarqatmalar
O’yin sharti: Reaksiya jarayonidagi А va В moddani qaysi modda ekanligini aniqlang va kimyoviy rekasiya qaysi rekasiya tipiga mansub ekanligini aniqlang
Mg+A=2MgO
S+A=SO2
MgO+B=Mg(OH)2
SO2+B=H2SO3
Mg(OH)2+ H2SO3=MgSO3+2B
«Kimyoviy loto»
Maqsad:O’quvchilarning anorganik birikmalar orasidagi genetik bog’lanish mavzusiga oid bilimlarini umumlashtirish.Bu uslub o’quvchilarning diqqatini jamlashga , xotirani mustahkamlashga o’rgatibgina qolmay kuzatuvchanlik qobiliyatini ham rivojalnatiradi.
O’yin uchun kerakli jihoz:Har bir o’yin isjtirokchisiga 20-30 fishka( qattiq qog’ozdan) tarqatmada yozilgan formulani ustiga qo’yish uchun.Loto kerak bo’ladi.Lotoning o’lchami 16 Х 9 sm, oq qalin qog’oz (karton)dan tayyorlansa maqsadga muvofiq.Tarqattmada ketma-ketlikda 9 vertikal ustunga 2 ta kimyoviy element yoki 2 ta moddaning formulasi yoziladi.Har bir ustunda chapdan on’gga moddaning formulasi bir xil bo’lishi kerak.Masalan:metallmas-element, metall-element, asosiy oksidlarning formulasi, kislotali oksidlarning formulasi, amfoter oksidlarning formulasi, gidroksidlarning formulasi, tuzlarning formulasi.
Boshlovchi (qopchasi)da shu tarqatmadan bir nechta xili bo’lishi kerak.
O’yin sharti:O’yin isjtirokchilariga tarqatmalardan bir nechtasi beriladi.Boshlovchi qopidan tarqatma olib moddaning formulasini yoki elementning kimyoviy belgisini o’qiydi.O’yin isjtirokchisi modda qaysi sinfga tegishliligini aniqlaydi va o’sha moddani ustiga fishka qo’yadi. Kim birinchi bo’lib tarqatmadagi formulalarni ustini fishka bilan yopib bo’lsa o’sha ishtirokchi g’olib bo’ladi.
«Kislota formulasini top»
Maqsad:Kislota formulasini tog’ri tuzishni o’rganish
O’yin uchun kerakli jihoz:Tarqatmalar
O’yin sharti:Tegishli tarqatmadan foydalanib kislota formulasini hosil qiling.
Tarqatmalar.
Oksid formulasini top.
Maqsad:Oksid formulasini tog’ri tuzishni o’rganish
O’yin uchun kerakli jihoz:Tarqatma
O’yin sharti:Tegishli tarqatmadan foydalanib oksid formulasini hosil qiling.
Tarqatmalar.
« Oksidlarning kimyoviy xossalari»
O’yin « Krestik va nolik».
O’yin sharti:Kim birinchi suv bilan ta’sirlashuvchi(reaksiyaga kirishuvchi ) oksidlarni aniqlab chiziq tortsa o’sha o’quvchi golib bo‘ladi
MnO
ZnO
CaO
SO3
SO2
Al2O3
Na2O
Ag2O
CuO
Fe2O3
CaO
Al2O3
ZnO
Ag2O
CO2
SO3
BaO
K2O
Asoslar
Maqsad:asoslar haqida chuqurroq bilimga ega bo’lish va bilimni rivojlantirish
Eruvchanlik jadvali bilan ishlash.
O’yin uchun kerakli jihoz:Tarqatma
O’yin sharti:Jadval ichiga asosga tegishli xossa yoniga belgi qo’yiladi va uning xossasi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |