Fermer xo’jalikda sutni qayta ishlash texnologiyasi yo’lga qo’yilgan bo’lib bir kunda 300 litr sut qayta ishlash quvvatiga ega.Pishloq,kefir ,qaymoq kabi sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda
Navbatdagi tashrifimiz "Navro'z "bo'rdoqichilik kompleksi.Chorvachilik kompleksida bizga biriktirilgan ma`sul shaxs tomonidan xo`jalikdagi xavfsizlik qoidalari bo`yicha tushuntirish ishlar qanday xavfsizlik qoidalariga rioya qilish haqida ma`lumot oldik.Bularga:Ishchilar ish vaqtida texnika qoidalariga rioya qilgan holda ya`ni maxsus kiyim, qo`lqoplar va boshqa shu kabilar bilan ishladi.Mollarga veterinariya xizmatini ko`rsatuvchi doktorning doimo ishga tayyor hold abo`lishi va mollarga kerakli bo`lgan dori vositalari bilan ta`minlanishi Chetdan kelgan talabalar va tinglovchilar mollarga ruxsatsiz teginmasligi hamda oziqlantirishda o`z boshimchalikga yo`l qo`ymasligi qa`tiy belgilangan.Xavfsizlik qoidalari bilan tanishib bo`lgach biz xo`jalik bilan tanishishni boshladik. Birinchi navbatda poda tarkibini o`rgandik. Podada buqalar, va buzoqlardan tashkil topgan ekan.Buqalarning o`sishi va rivojlanishini hisobga oldik. Bitta buqa bir kunda 900 gm dan 1000 gm gacha semirishi 10 birlik ozuqa berilar ekan. Xo`jalikda mavjud ozuqa bazasiga quyidagilar kiradi:Beda pichani,Makka silosi,bug’doy kepagi Dagal ozuqalar, Shirali ozuqalar,Chorva kompleksdagi mollarni o`sishini va ularni ekstrerini o`rgandik.Ekstrerini o`rganishning ko`z bilan chamalash usulidan foydalandik.“Navro`z” naslchilik chorvachilik majmuasidagi buqalarning tirik vazni 700 kg dan 1200 kg gacha ekanligini ko`rib o`rgandik
“Navro`z” chorvachilik, naslchilik majmuasidagi mollarning chet eldan olib kelingan molar asosan Chexiya, Germaniya, Polsha va Gollandiyadan keltirilgan. Bu mollarni xozirgi vaqtda kuniga 2 mahal oziqlantirish yuqori natija bermoqda.
Xo`jalikda buqalar, va buzoqlar uchun alohida ozuqa ratsionlar tuzilgan hamda jarayon to`g`ri olib borilmoqda.
Chorvachilik majmuasidagi zootexnika ishlari bilan tanishish mobaynida olib borilyotgan ishlarning tog`riligi va mollarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdim. Barcha katta molar ya`ni buqalar, tagiga yog`ochdan pol qilinganligini ko`rdim. Chorva mollarini bu tarzda parvarish qilish juda samarali xisoblanadi. Ya`ni mollardagi tuyoq kasalligiga chalinish darajasini 80% gacha pasaytiradi.
Zoogigiyena holati chorvachilik majmuasidagi eng asosiy ishlardan biri hisoblanadi. Biz tashrif buyurgan “Navroz” bo’rdoqichilik majmuasida esa bu ishlar yaxshi yo`lga qo`yilgan. Jumladan qoramollarni oziqlantirish joylari tozaligi ularni saqlash joylarini tez-tez tozalanib turilishini ko`rdim.