Fermaning zoogigienik holatini oʼrganish va veterinariya tadbirlarini olib borishda qatnashish - Zoogigiyena bu hayvonlar gigiyenasi hayvonlar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisidagi fan.
- Hayvon organizmi bilan tashqi muhitning oʻzaro taʼsirini, hayvonlar sogʻligʻini
- himoya qilish, ularni boqish va parvarish etish, ulardan foydalanish, sogʻlom nasl olish
- sharoitlarini hamda chorva mahsuldorligini oshirish yoʻllarini oʻrganadi. Tashqi
- muhitning noqulay taʼsirini kamaytirish yoki yoʻqotish usullarini ishlab chiqish, yuqori
- sanitariya sifatlariga ega boʻlgan chorvachilik mahsulotlari olish, tashqi muhitni oqova
- suvlar, ferma va chorvachilik komplekslarining chiqindilari bilan ifloslanishidan
- muhofaza qilish ham zoogigiyena vazifalariga kiradi.
- Fermaning mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishish
- Fermer xo’jalikda sutni qayta ishlash texnologiyasi yo’lga qo’yilgan bo’lib bir kunda 300 litr sut qayta ishlash quvvatiga ega.Pishloq,kefir ,qaymoq kabi sut mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda
- Xoʼjalik fermasidagi buzoqlarni oziqlantirish, parvarishlash va saqlash
- sharoitlari bilan tanishish
- Goʼsht yoʼnalishiga ixtisoslashgan xoʼjaliklar yoki komplekslar sut yoʼnalishidagi
- xoʼjaliklardan 20 kunlik sogʼlom erkak buzoqlarni (kelishilgan narxlarda) sotib oladi.
- Ushbu xoʼjalik yoki komplekslarning bir yoʼla sigʼim hajmi 1000-10000 bosh boʼlishi
- samarali hisoblanadi. Goʼshtga boqishda 150-180 kilogrammli yosh mollar tanlab
- olinadi. Parvarishlash va boʼrdoqilash muddati mollarning zoti, semizlik darajasi va
- yoshiga bogʼliq boʼladi.
- Navbatdagi tashrifimiz "Navro'z "bo'rdoqichilik kompleksi. Chorvachilik kompleksida bizga biriktirilgan ma`sul shaxs tomonidan xo`jalikdagi xavfsizlik qoidalari bo`yicha tushuntirish ishlar qanday xavfsizlik qoidalariga rioya qilish haqida ma`lumot oldik.Bularga:Ishchilar ish vaqtida texnika qoidalariga rioya qilgan holda ya`ni maxsus kiyim, qo`lqoplar va boshqa shu kabilar bilan ishladi.Mollarga veterinariya xizmatini ko`rsatuvchi doktorning doimo ishga tayyor hold abo`lishi va mollarga kerakli bo`lgan dori vositalari bilan ta`minlanishi Chetdan kelgan talabalar va tinglovchilar mollarga ruxsatsiz teginmasligi hamda oziqlantirishda o`z boshimchalikga yo`l qo`ymasligi qa`tiy belgilangan.Xavfsizlik qoidalari bilan tanishib bo`lgach biz xo`jalik bilan tanishishni boshladik. Birinchi navbatda poda tarkibini o`rgandik. Podada buqalar, va buzoqlardan tashkil topgan ekan.Buqalarning o`sishi va rivojlanishini hisobga oldik. Bitta buqa bir kunda 900 gm dan 1000 gm gacha semirishi 10 birlik ozuqa berilar ekan. Xo`jalikda mavjud ozuqa bazasiga quyidagilar kiradi:Beda pichani,Makka silosi,bug’doy kepagi Dagal ozuqalar, Shirali ozuqalar,Chorva kompleksdagi mollarni o`sishini va ularni ekstrerini o`rgandik.Ekstrerini o`rganishning ko`z bilan chamalash usulidan foydalandik.“Navro`z” naslchilik chorvachilik majmuasidagi buqalarning tirik vazni 700 kg dan 1200 kg gacha ekanligini ko`rib o`rgandik
- “Navro`z” chorvachilik, naslchilik majmuasidagi mollarning chet eldan olib kelingan molar asosan Chexiya, Germaniya, Polsha va Gollandiyadan keltirilgan. Bu mollarni xozirgi vaqtda kuniga 2 mahal oziqlantirish yuqori natija bermoqda.
- Xo`jalikda buqalar, va buzoqlar uchun alohida ozuqa ratsionlar tuzilgan hamda jarayon to`g`ri olib borilmoqda.
- Chorvachilik majmuasidagi zootexnika ishlari bilan tanishish mobaynida olib borilyotgan ishlarning tog`riligi va mollarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdim. Barcha katta molar ya`ni buqalar, tagiga yog`ochdan pol qilinganligini ko`rdim. Chorva mollarini bu tarzda parvarish qilish juda samarali xisoblanadi. Ya`ni mollardagi tuyoq kasalligiga chalinish darajasini 80% gacha pasaytiradi.
- Zoogigiyena holati chorvachilik majmuasidagi eng asosiy ishlardan biri hisoblanadi. Biz tashrif buyurgan “Navroz” bo’rdoqichilik majmuasida esa bu ishlar yaxshi yo`lga qo`yilgan. Jumladan qoramollarni oziqlantirish joylari tozaligi ularni saqlash joylarini tez-tez tozalanib turilishini ko`rdim.
Do'stlaringiz bilan baham: |