Maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning pedagogik sharoitlari


Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi



Download 281 Kb.
bet4/16
Sana24.04.2022
Hajmi281 Kb.
#579164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
O\'g\'loy dis

Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi: Tadqiqot jarayonida nazariy (qiyosiy, tahliliy), diagnostik (kuzatish, suhbat, so‘rovnoma), pedagogik tajriba sinov, umumlashtirish usullardan foydalanilgan.
Tadqiqot nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot ishimizning nazariy ahamiyati shundan iboratki, biz unda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning maqsad va vazifalarini amalga oshirishning samarali vosita va usullarini ochib beramiz.
Tadqiqot ishimizning amaliy ahamiyati shundan iboratki, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashni uzviyligi, vositalarini tajriba-sinov ishlari natijalari bilan asoslaymiz.
Tadqiqot ishi tuzilmasining tavsifi: Ushbu tadqiqot ishimiz kirish qism, 3 bob 7 ta paragraf hamda xulosa, ilovalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I bob. Maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning nazariy pedagogik asoslari
I. 1. Maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning o’ziga xos tomonlari
Maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiya qilish har bir jamiyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarbiyaning eng muhim davri maktabgacha yoshidagi davridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya masalalari eng muhim hamda ahamiyatli asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda tahlil qilib o‘rganadi. Ta’lim-tarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, umumbashariy xalq pedagogikasiga bog’langan holda maktabgacha yoshidan boshlab o‘zligini anglash, erkin fikrlash, g’urur tuyg’ularini shakllantirishga qaratiladi.9
Xalq pedagogikasi - tarbiyaning maqsad va vazifalari aynan bir xalqning hayotiy tajribasi hamda turmush tarzida shakllangan amaliy qarashlar majmui; muayyan jamiyatda yashash uchun har bir inson amal qilishi shart bo’lgan urf-odat, qadriyat, odob-axloq me’yorlari, turli marosim, anʼana, hayot tarzi, badiiy ijod, turli milliy o’yin singari empirik vositalarda namoyon bo’ladigan amaliy faoliyatdir. Pedagogika fanida Xalq pedagogikasiga xos eng muhim belgilaridan biri uning qadimiyligidir. Har qanday xalq ma’lum bir jamiyatda mavjud bo’lishi uchun oʻziga xos qiyofaga ega boʻlishi kerak. Xalqning ijtimoiy, maʼnaviy, aqliy rivojlanganlik darajasi esa uning pedagogik usul va prinsiplarida shakllanadi. Xalq pedagogikasi muayyan bir xalqning oʻzi bilan birga dunyoga kelgani uchun ham uning tarixi xalq tarixi bilan teng hisoblanadi . Xalq pedagogikasining ikkinchi belgisi uning toʻliq amaliy xususiyatga egaligidir. Xalq taʼlim-tarbiya jarayoni va uning natijalariga pragmatik nazar bilan qaragani uchun halq pedagogikasi gʻoyalar shaklida emas, balki anʼana, amal, qadriyat, odob-axloq , urf-odat, tarzida namoyon boʻladi. Xalq pedagogikasi taʼlim-tarbiya xaqidagi fikrlar yigʻindisi emas, balki amal qilinishi shart boʻlgan va bajarilishi hamma tomonidan majburiy bo’lib nazorat qilinadigan amaliy ahloqiy koʻnikmalar majmuidir. Xalq pedagogikasining uchinchi xususiyati uning muallifi nomaʼlum, anonim ekanligidir. Xalq pedagogikasi talablarining yaratuvchisi mavxum bo’lganligi uchun ham muqaddas sanalgan va qat’iy amal qilingan. .10
Yoshlarimizni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalash uchun birinchi galda sharq mutafakkirlarining meroslari dasturi amal bo‘lib xizmat qiladi. Al- Farobiy, A.Yassaviy, B.Naqshbandiy, Al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Farg‘oniy, Firdavsiy, A.Temur, A. Navoiy va Bobur singari jahonga taniqli buyuk mutafakkirlarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ish ko‘rilsa, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning qiziqish va qobiliyatlari ta’sirchanligi yanada mukammallik kasb etadi.

Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish