Maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning pedagogik sharoitlari



Download 281 Kb.
bet13/16
Sana24.04.2022
Hajmi281 Kb.
#579164
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
O\'g\'loy dis

Umumiy xulosa va tavsiyalar .
Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy asoslardan foydalanish maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.Milliy tarbiyamizda ijtimoiy masalalarga katta e’tibor qaratilgan. Bolalarga go’zal ahloq va na’munali xulqni ota-ona va tarbiyachi ilk yoshidanoq berib borishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tarbiyasida maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-ona hamkorligi, yakdilligi muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy tarbiyamiz o’zining boy metodik xazinasiga ega.
Xalq og‘zaki ijodiyoti hayotning barcha sohalarida kishilarning xulq-atvorida, ijtimoiy vazifasini bajarish bilan birga axloqiy tarbiya tamoyillaridan biridir.Xalq og‘zaki ijodiyoti o‘zbek xalqining qadriyatlaridan hisoblanib, insonlarning jamiyatda, oilada, mehnatda, bir-birlariga munosabatda va o‘z-o‘zlariga munosabatidagi me’yorlar va qoidalarning yig‘indisi. Xalq og‘zaki ijodining tarbiyaviy ahamiyati mehnatsevarlik hamda o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari bilan bevosita bog‘liqdir.U xalqning dardi, millat manfaati va ehtiyojini qo‘llab-quvvatlaydi.Kishilarning mehnatsevarlashuviga, vatanparvarligiga, o‘zini anglashga ta’sir qiladi. Xalq og‘zaki ijodida inson taqdiridagi ahamiyati shundaki u doimo o‘zining hayotiyligi, ta’sirchanligi, mehr-muruvvatligi bilan Vatanni mustahkamlashga, xalqni birlashtirishga xizmat qiladi.Xalqimizning urf-odatlari, an’analari haqidagi bilim, malaka va boy tajribalarini kelgusi avlodga o‘tishda ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyalanuvchilarni mexr-muxabbat ruhida tarbiyalash doimo hayot va inson muammolarini moddiy va ma’naviy jihatdan hal etishda o‘z ta’sirchanligini namoyish etadi.Tarbiyaning dolzarb masalalarini yechishda asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘tmishda o‘zbek xalqi hayot tarzining ifodasi sifatida tematik jihatdan g‘oyat boy va rang-barang bo‘lgan topishmoqlar yaratilgan bo‘lib, xalq og‘zaki ijodining bu namunasi bolaning aqliy tarbiyasida keng qo‘llanilgan.Topishmoqlar xalqimiz ijtimoiy-maishiy turmushining, yashab turgan hudud tabiatining, jo‘g‘rofiyasining va umuman bizni o‘rab turgan olamning barcha sohalarini qamrab olgan. Topishmoqlar vositisida beriladigan matematik bilimlar hayot bilan bog‘liq, amaliy yo‘naltirilgan bo‘ladi. Demak, topishmoqlarning nafaqat tarbiyaviy, balki didaktik imkoniyatlari ham katta. Ulardan tarbiya jarayonida ta’lim mazmunini milliylashtirishda foydalanish mumkin. Xalq og‘zaki ijodida jismoniy tarbiya g‘oyalari ham keng o‘rin olgan.
Xalq azaldan yoshlarning sog‘lom, epchil va baquvvat bo‘lib o‘sishiga doimo e’tibor berib kelgan.Xalqda jismoniy barkamollik, vatan himoyasi va mardlik tushunchalari bilan chambarchas bog‘lanib kelgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda xalq pedagogikasidan keng foydala olsakkina bolalarda milliylikni va o’zligini qaror toptira olamiz. Har bir bola o’zligini va kelib chiqish tarixi to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga xalq pedagogikasi na’munalarini o’rgatish orqali o’zbek xalqining boy madaniy-ma’naviy merosini bola ongida shakllantira olamiz. Bolalarning tafakkuriga mos keluvchi o’zbek fo’lklori na’munalari: maqollar, matallar, topishmoqlar va ertaklarni yod oldirish va qayta hikoyalatish tufayli ularning nutqi rivojlanadi, tafakkur doirasi kengayadi, intellekti rivojlanadi. Oddiygina ertak janri na’munalarini o’rgatish orqali bolalarga ijodiy fikrlash muammoli vaziyatlardan chiqa olish imkoniyatini shakllantiradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tariyalanuvchilariga xalq pedagogikasi na’munalarini o’rgatish orqali bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, shuningdek, oilada ham, jamiyatda ham munosib xulq-atvorni rivojlantirishga erishamiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda xalq pedagogikasidan kerakli o’rinda unumli foydalanish mustaqil fikrlovchi, o’z tarixini chuqur o’rgangan, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, shu millat va jamiyat uchun foyda keltiradigan komil shaxsni yetishtirishda dasturul amal bo’ladi.
Demak yoshlarimizning har tomonlama etuk shaxs, komil inson, mustaqil fikrlovchi, go’zal ahloqli va keng tafakkur sohibi ,turli salbiy illat hamda odatlardan, turli mafkuraviy hurujlardan xoli qilib ulg’aytirishda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oila muhiti hamda hech bir xalqda uchramaydigan mahalla instituti faollarining o’rni beqiyosdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodni xalq pedagogikasi bilan tarbiyalashda eng avvalo, tarbiyachilarning o’zlari xalqimiz urf-odatlari, an’analari, rasm-rusumlari,qadriyatlari, tarixi, o’tmishi va buguni haqida chuqur bilimga ega bo’lishlari kerak. Xalq og’zaki ijodi na’munalari bo’lgan fol’klorimiz, hadislarimizdan tarbiyachilarning o’zlari muayyan bilimga ega bo’lishlari kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yosh avlodni xalq pedagogikasi bilan tarbiyalashda “Gulgina”, “Montessori maktabi” va maktabgacha ta’limga oid turli milliy jurnallarimizdan foydalanishsa maqsadga muvofiq bo’ladi. "Baxtli bola ma'naviyati" qo'llanmasining nashr etilishi ham maktabgacha ta’lim sohasida juda kata imkoniyatlar eshigini ochdi desam mubolaga bo’lmaydi. Hozirgi kunda tarbiyachilar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bundan unumli va oqilona foydalanish kerak.
Inson dunyoga kelar ekan, asta-sekinlik bilan butun olamni tasavvurida tanib,idrok eta boshlaydi. Uning tashqi ta‘sirlarga javob reaksiyasi ham tobora kuchayib boradi. Bu jarayonlarning barchasi birdaniga nomoyon bo‘lib qolmasdan, balki, turli xil tashqi va ichki omillar ta’siri natijasida yuzaga keladi. Ya‘ni, insonning bilish va anglash jarayonlari, hissiy-irodaviy rivojlanish sohasi, tashqi o‘zgarishlar birlashib insonni olamga, olamni esa, insonga tanita boshlaydi. Shuni aytish kerakki, eng avvalo, yoshlarning ongini, tafakkurini o‘zgartirsak, tafakkur darajasini yanada o‘stirishga erishsak, bolalarda ijtimoiy muhitdan ajralib qolish, nutqiy kamchiliklar, idrok etish, xotiraning sustligi, tafakkurning cheklanishi kabi salbiy jarayonlarni oz bo‘lsada bartaraf qilishga erishgan bo‘lamiz. Biz bunga erishmoq uchun ta’lim tarbiyani, avvalo, oilada so’ngra esa, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borishimiz kerak. 27
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda xalq pedagogikasidan keng foydalana olsakkina bolalarda milliylikni va o’zligini qaror toptira olamiz. Har bir bola o’zligini va kelib chiqish tarixi to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga xalq pedagogikasi na’munalarini o’rgatish orqali o’zbek xalqining boy madaniy-ma’naviy merosini bola ongida shakllantira olamiz.
Bolalarning tafakkuriga mos keluvchi o’zbek fo’lklori na’munalari: maqollar, matallar, topishmoqlar va ertaklarni yod oldirish va qayta hikoyalatish tufayli ularning nutqi rivojlanadi, tafakkur doirasi kengayadi, intellekti rivojlanadi. Oddiygina ertak janri na’munalarini o’rgatish orqali bolalarga ijodiy fikrlash muammoli vaziyatlardan chiqa olish imkoniyatini shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tariyalanuvchilariga xalq pedagogikasi na’munalarini o’rgatish orqali bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, shuningdek, oilada ham, jamiyatda ham munosib xulq-atvorni rivojlantirishga erishamiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda xalq pedagogikasidan kerakli o’rinda unumli foydalanish mustaqil fikrlovchi, o’z tarixini chuqur o’rgangan, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, shu millat va jamiyat uchun foyda keltiradigan komil shaxsni yetishtirishda dasturul amal bo’ladi. Aslida, farzandlarimiz tarbiyasida eng asosiy bo‘g‘in hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyatini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Aynan maktabgacha ta’lim sohasiga bo‘lgan e’tibor mamlakatning ertangi taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratadi.  Bunda, xalq pedagogikasi muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga xalqimizga xos bo'lgan axloqiy me’yorlami singdirishda va ularda insoniy fazilatlarni shakllantirishdahamda barkamol shaxs tarbiyasi masalalarida xalq pedagogikasining barcha ma’naviy meroslarida, ya'ni halq og'zaki ijodi janrlarida ham,diniy ta’limotlarda ham, buyuk mutafakkirlar ijodida ham yaxlit uyg‘unlik borligiga guvoh bo'ldik. Xalq pedagogikasi manbalari hisoblanuvchi turli urf-odatlar, rasm-rusumlar, udumlar, qadriyatlar,oila va qo‘ni-qo‘shnichilik,xalqog‘zakiijodi,san’at asarlari va xalq og’zaki ijodi na’munalari farzand dunyoga kelishi bilan o'rgatila boshlangan. Xalq pedagogikasida jonli va jonsiz tabiatdagi o'sim liklar dunyosi, balki hayvonot olamini ham himoya qilish, saqlash to’g’risida na’munali va asosli fikrlar bor. Bu tabiat va hayvon, hayvon va inson munosabatlarini aks ettiruvchi maqol, ertak, doston, afsona va rivoyatlar, asotirlar va qo'shiqlarda o‘z ifodasini topgan. Bolalarning fikri kattalar tarafidan tez-tez inobatga olib turilsa, uning o'z-o'ziga bo'lgan ishonch hissi ortadi. Rivojlanish jarayonida faqat bilim va faoliyat usullarining o'zgarishi va murakkablashishi sodir bo'lib qolmaydi. Bolaning psixik rivojlanishi uning butun shaxsidagi o'zgarishlarni, ya'ni shaxs umumiy xususiyatlarining rivojlanishini o'z ichiga oladi. Rivojlanish jarayonida bolalar psixik faoliyatining turli jihatlari o'zgaradi, usullar yig'ilishi va o'zgarishi sodir bo'ladi. Bola ko'p miqdordagi turli harakatlarni bajara oladi, bilim va tasavvurlari o'zgaradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar yetuk va komil inson bo'lib voyaga yetishi uchun yana bir muhim omil hayot tarziga aylanishi zarur. U ham bo’lsa, xalq og’zaki ijodi-xalq pedagogikasidan o’rinli holatda unumli foydalanishdir. Bunda ota-ona, oila muhiti hamda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari muhim ahamiyat kasb etadi. Zero bola aytganni emas, ko'rganini qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, tariximiz na’munalari bilan tarbiyalashimiz bizning asosiy maqsadlarimizdan hisoblanadi. Shuningdek, yosh avlodni tevarak atrofimizda bo’layotgan voqea-hodisalarga, o’zgarishlarga hamda yangilanishlarga daxldorlik hissida tarbiyalashimiz,kelajakka kata ishonch bilan boqishlariga o’rgatishimiz lozim.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 1-oktyabr ustoz va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbirda ta’kidlaganlaridek ”Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq.Buyuk yunon olimi Aristotelning «Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi», degan so‘zlari bor.Qarang, bu fikrlar miloddan avval aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon ta’lim va tarbiya masalasi, doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda.” 28
Demak yoshlarimizning har tomonlama etuk shaxs, komil inson, mustaqil fikrlovchi, go’zal ahloqli va keng tafakkur sohibi ,turli salbiy illat hamda odatlardan, turli mafkuraviy hurujlardan xoli qilib ulg’aytirishda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, oila muhiti hamda hech bir xalqda uchramaydigan mahalla instituti faollarining o’rni beqiyosdir.


Foydalanilgan adabiyotlar.

Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish