Maktabgacha yoshidagi bolalarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashning pedagogik sharoitlari


Tajriba – sinov ishlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari va darajalari



Download 281 Kb.
bet12/16
Sana24.04.2022
Hajmi281 Kb.
#579164
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
O\'g\'loy dis

3.2 Tajriba – sinov ishlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari va darajalari .
Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilariga xalq pedagogikasini singdirishda ertalabki qabul jarayonlarida xalq qo’shiqlari sadolari ostida kutib olish yuqori samara beradi. Psixologiyadan ma’lumki kuy-navo inson kayfiyatini ko’taradi va baxt garmonlarini ishlab chiqaradi.Ota-onasi bag’ridan ajralishni istamagan yosh bolalar Maktabgacha ta’lim tashkilotida kun bo’yi qolishni istashmaydi.Bunda Maktabgacha ta’lim tashkilotida yangrayotgan qo’shiqqa beixtiyor quloq soladi va unga jo’r bo’ladi. Ota-onasi bilan xursand kayfiyatda hayrlashadi, ko’tarinki kayfiyatda guruhga kirib kelgan bola kun davomida bajariladigan faoliyatlarda faol ishtirok etadi.
Bolalarga xalq pedagogikasi bilan tarbiyalashni ertalabki badan tarbiya mashg’ulotlari asosida olib borish mumkin. Ertalabki badan tarbiya faoliyati jarayonida “Andijon polkasi” musiqasi sadolari ostida mashq bajartirish orqali yengil aerobika mashqlarini bajaradilar va qo’shiq so’zini yodlab nutq boyliklari oshadi. Raqsdagi harakatlar orqali yigit-qizlarimiz mard va shijoatli bo’lishni, chaqqon, uddaburon bo’lib tez harakat qilishni shakllantiradilar. Qo’shiq matnini mulohaza qilib Vatanga sodiq va nafi tegadigan komil inson bo’lishni o’zlarida shakllantiradilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi jismoniy tarbiya faoliyatlari katta va maktabga tayyorlov guruhlarida 15 kun predmet bilan olib borilsa, 15 kunida predmetsiz tashkillanadi. Predmetsiz tashkillanadigan jismoniy tarbiya faoliyatlarida mavsum qo’shiqlari, dehqonchilik qo’shiqlari, chorvachilik qo’shiqlari aytish bilan bir vaqtda milliy o’yinlar o’ynatilib, bolalar qo’llariga maxsus tayoqchalar berish orqali ularni mehnatga o’rgatiladi. Bahor faslida yer hayda qo’shig’ini aytgan holda, tayoqchalar yordamida majoziy ma’noda yer chopadilar. Ma’lumki O’zbekistonimizda ko’plab shahar va qishloqlar mavjud. Qishloqda yashaydigan oilalarda chorva hayvonlari albatta bo’ladi va xonadon kattalari tomonidan parvarish qilinadi. Bolalar buni ijtimoiy hayotda kunda ko’radilar. Bu qishloq bolalariga amaliy ko’nikma vazifasini bajaradi. Lekin, shahar joyda yashovchi aksariyat xonadonlarda, ayniqsa, ko’p qavatli uyda yashovchi xonadonlarda chorva boqishning umuman imkoni yo’q. Bunday bolalar cho’pon tayog’i o’yinini o’ynash orqali chorva haqida tasavvurga ega bo’ladilar va qir-adirlarda chorva boqish malakasini shakllantiradilar . Yana jismoniy tarbiya faoliyatlarida safda turishni o’rganadilar saf qo’shiqlarini aytish orqali o’gil bola tarbiyalanuvchilarimiz kelajakdagi xarbiy xizmat jarayoni haqida tushunchaga ega bo’ladilar.Kichik tayoqchalar o’ynatish orqali o’zlarini himoya qilish va askarlik davri tasavvuriga ega bo’ladilar.
Xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bir an’ana borki, qaysar,injiq bolalarni Quron tilovati bilan davolaydilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotida barcha guruh tarbiyalanuvchilari, ayniqsa, kichik guruh tarbiyalanuvchilarini kunduzgi uyquga ketishlari oldidan turli ertaklar aytish bilan bir qatorda Quron tilovatlarini audio formatini eshittirsak, huddi, ona allasidek tinchlanib uyquga ketadilar. Quron tilovatining yana bir samarali tarafi shundaki, Quron tilovati eshitib katta bo’lgan bolalarda iymon, vijdon tushunchalari mustahkam bo’ladi hamda Quron nuri ila ulg’aygan boladan hech qachon yomonlik chiqmaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha guruh tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Mehrjon” bayramining nishonlanishi bejiz emas. U kuzgi kun va tun tengligini, hosil yig’ish yakunini, qishga tayyorgarlik ko’rish kerakligini anglatuvchi bayramdir. Bu bayram- barcha qishloq xo’jalik xodimlarining - bog`bonu sabzavotkor, g`allakoru paxtakorlarning yil davomida erishgan g’alabalarini, mehnat mavsumining yakunlanishini tantana bilan nishonlanadi. Dehqonlar va bog’bonlarning o’ziga xos hosil bayrami Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oktyabr oyida , tabiatningda g’arq pishib yetilgan mevalar, sabzavotlar va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini yig’ib-terib olish tugallanayotgan bir paytda o’tkaziladi.Bayramda bolalar turli xil meva va sabzavotlar qiyofasiga kiradilar hamda ular tilidan gapiradilar. Bu bayram bolalarga o’zgacha shavq-zavq baxsh etadi, badiiy tasavvurini rivojlantiradi. Jamiyatdagi har bir kasb egasining mehnatini qadrlashga o’rgatadi. Bolalar hayotida muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida, turli bayram ertaliklarida masalan; 14-yanvar Vatan himoyachilari- kuni maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida o’tkaziladi. Bu tadbirda maqollardan keng foydalanishimiz mumkin.

“Mardlar qo’riqlaydi Vatanni”,


“Baxshining qadrini xalq bilar,


Xalqning qadrini mard bilar.”

“Yigitga yig'i yarashmas”.




”Yigitga mardlik yarashar”.


”Yigitni bir so'zlik bezar.
Mard — kurashda,do'st—tashvishda,
Dono g'azabda sinalar”.


“Mard yo'lida g'ov qolmas”.


“Mard ish ustida bilinar, Nomard — osh ustida”.


“Mard boshini qilich kesmas”.
Bunday maqollarni yod olish orqali bolalar vatanga mehr-muxabbatli, sadoqatli bo’lib ulg’ayadilar. Maqollar orqali so’zlarni mag’zini chaqib mushohada qiladilar va to’g’ri so’z halol, mard bo’lishga intiladilar.
Yana maktabgacha ta’lim tashkilotida katta va maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida buyuk mutafakkirlarimiz Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur, Amir Temur tavallud ayyomlarini nishonlanadi. Qolgan kichik va o’rta guruhda nutq va til markazida hamda syujetli-rolli o’yinlar markazida faoliyat sifatida jajji murg’ak qalb egalariga kimlarning avlodi ekanliklari va kimlarga munosib farzand bo’lishi kerakligini tarbiyachilar tomonidan o’rgatib boriladi. Katta va maktabga tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari ongli ravishda, qiziqqan holda bevosita ishtirok etadilar. Tadbirlarda Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Boburning odob-ahloq va ta’lim-tarbiyaga oid g’azallarini yod olish, ularni ma’no-mohiyatiga hozircha to’liq tushunmasalarda lekin, yaxshi xulqli, ta’lim tarbiyali inson bo’lishliklari lozimligini anglaydilar. Yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan hunar kabi bo’lganidek, hozirda olgan bilimlari bir umrga ong ostida saqlanib qoladi hamda aqllarini taniganlarida ushbu yod olgan g’azallarini chuqur mohiyatini tushunib yetadilar.
Navro'z bayramini barcha fors, arab, turkiy tillarda so'zlashuvchi xalqlar har yili bahorda nishonlab kelishgan. Bu qadimiy, an'anaviy Yangi yil bayramimiz haqida ulug' bobolarimiz Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida, Mahmud Qoshg'ariy esa «Devonu lug'otit turk» asarida juda ham qiziqarli ma'lumotlar yozib qoldirganlar. Umar Hayyom olim, shoir, faylasuf sifatida bu bayram haqida «Navro'znoma» nomli maxsus kitob yozganlar. Nav-yangi, ro'z-kun: ya'ni yangi kun deb atalishi ham bejiz emas. Navro'z bayrami kecha bilan kunduzning tenglashgan payti, bahor faslining 21-22- mart kunlaridan boshlab bir hafta, o'n kun davomida o'tkazilgan. Navro'z avvalo, tabiatning jonlanishi, yangilanishi, yangi yil bilan yurtimizga go'zal Bahor faslining kirib kelib, kelinchakdek o'z yashil sepini keng yoyishi bilan boshlanadi. Navro'z bayramiga atab ajdodlarimiz maxsus kiyimlar tayyorlashgan va ularni kiyib bayram qilishgan. Navro'z taomlari o'ziga xos bo'lgan. Ular orasida, ayniqsa, sumalak, halim tayyorlashgan an'anaviy odat tusiga kirgan. Bu bayramda bolalarning ishtiroklari, ayniqsa, juda faol bo'lgan. Ular Navro'z bayrami haftaligida turli ommaviy bayram o'yinlari o'ynaganlar. Ot o'yin, chillak, qo'g'irchoq o'yin, tosh, lapar, ip o'yinlari va hokazolar shular jumlasidandir. Bolalar, o'smirlar, o'spirinlar, bo'y qizlar, ayniqsa, sumalak pishirish marosimida faol ishtirok etish uchun unga ancha ilgariroq tayyorgarlik ko'rishgan. Bu arzimasdek ko'ringan harakat ostida juda ulkan ma'no bor: xalqning birgalashib harakat qilishga nonu tuzini, topgan-tutganini birga baham ko'rishga intilish mavjud. Bu jarayonlarda turli-tuman xalq o'yinlari, bahor qo'shiqlari ijro etiladi. Kitobxonliklar, turli jismoniy tarbiya sovrinli o'yinlar, musobaqalar tashkil etiladi. Ko'pkari-uloq, kurash, turli hayvon va parrandalar «jang» lari, xo'roz, qo'chqor urishtirish, masxarabozlik, askiyabozlik, dor o'yinlari, xalq tomoshalari o'tkazilgan. Navro'z bayramining eng ahamiyatli jihatlaridan biri-keksalarga hurmat, ularning holaridan xabar olish, ko'mak berishdir. Navro'z tiriklik bayrami sifatida mashhur bo'lib, uning tag'in bir muhim xususiyati: bu kunlar marhumlar yodiga juda katta ahamiyat berilgan. Masjid- madrasa, xonadon -u mahalla, mozor ziyoratgohlarda qur'on o'qitilib, jonliklar so'yilgan. Navro’z umumxalq bayramida barcha guruh tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etadilar. Bahoroy-u bobo dehqonlarni, moychechak-u qaldirg’och obrazlarida o’zlari nomoyon bo’ladilar. Mana shunday tarixiy qadriyatlarimiz orqali yosh avlodni tarbiyalash har bir O’zbekiston fuqarosining farzandlik burchidir. Bir so’z bilan aytganda, Navro’z bayramida xalqimizning barcha qadriyatlari mujassamlashgan.


Download 281 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish