1. Biologik ehtiyojlar. Tabiiy ehtiyojlarda inson faoliyatining
faolligi, o‘z shaxsiy hayotini himoya qilish, o‘z avlodi hayoti-
ni saqlash, uni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy shart-sharoit-
larga tortilganlik, tobelik aks etadi. Shuningdek, tabiiy ehtiyoj-
lar tarkibiga odamlarning ovqatlanish, tashnalikni qondirish,
jinsiy moyillik, uxlash, issiq va sovuqdan saqlanish, musaffo
havoga i ntilish, tana a’zolariga dam berish ham kiradi. Tabi-
iy ehtiyoj lar uzoq vaqt davomida qondirilmasa, oqibatda in-
son halokatga mahkum bo‘ladi, o‘z sulolasi hayoti va faoliyati-
ni xavf ostida qoldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |