Maktabgacha yoshdagi


Ongning to‘rtinchi ta’rifi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Ongning to‘rtinchi ta’rifi uning tarkibiga muayyan muno-

sabatlarning kirganligidir. Rang-barang his-tuyg‘ular olami 

odam ongining tarkibiga kiradi. Unda murakkab obyektiv va 

odam ning o‘zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z ak-

sini topadi. Bu o‘rinda ham, boshqa ko‘pgina hollarda bo‘lgani 

kabi patalogiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab 




58

olishga yordam beradi. Turli xususiyatli munosabatlar ong na-

zoratida amalga oshi rilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida va 

muomala jarayonida, hech qanday nuqsonlar, chetga og‘ishlar 

sodir bo‘lmaydi. Ong 

ning zaiflashuvi esa shaxsning his-

tuyg‘ulari va munosabatlarini o‘zgartiradi, masalan, quvonch 

qayg‘u bilan, optimizm pessimizm bilan vaqti-vaqti bilan o‘rin 

almashib turishi kuzatiladi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalin-

ganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg‘ular va munosa-

batlardagi buzilish bilan belgilanadi, bemor bunga qadar be-

had sevgan onasini suymaydigan bo‘lib qoladi, yaqin kishilari 

to‘g‘risida zarda bilan gapiradi va hokazo. Demak, shaxslara-

ro munosabatlar natijasida vujudga keluvchi emotsional baho-

lar inson ongida o‘z ifodasini topadi.

Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik odam 

ongiga borib yetmaydigan psixik jarayonlar, xususiyatlar va 

holatlardir. Bunday hodisalarga ong osti holatlari deyiladi. 

Shaxsdagi ongsizlik holatlari kishining o‘zi anglamagan hol-

da qiziqishi va ehtiyojlarini bajarishga intilishdir. Jumladan 

tush ko‘rish, shirin xayol, orzu kabilar kishining ixtiyorsiz 

xulq-atvorida namoyon bo‘ladi. 

Odamda ong asta-sekin rivojlana boradi. Yangi tug‘ilgan 

bolada ong bo‘lmaydi, lekin u ruhan va jismonan taraqqiy et-

gan sari ri vojlana boradi va takomillashadi. Ongga yuqori dara-

jali izchillik xosdir. U doim jadalligi, chuqurligi va kengligi bi-

lan boshqa bilish jarayonlaridan farq qiladi. Odam hayotining 

turli davrla rida, o‘s mirlik, o‘rta yosh, qarilik chog‘ida ong tur-

li ko‘rinishda bo‘lsa-da, u bir butundir.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek bilimsiz ong bo‘lmaydi, le-

kin ong va bilim bir xil ibora emas. Bilimlar har doim xoti-

rada to‘plan sada, lekin hamma vaqt ham ongda aks etaver-

maydi. Bu yerda quyidagi qiyosni keltiramiz. Kishida xotira 

iz lari, ya’ni o‘tgan hayot izlari miya hujayralarida saqlanar 

ekan,  ularni ko‘p sonli elektr chiroq lariga o‘xshatish mumkin. 

«Ularning bir qismi yoqilganda tegishli obyektlar va kechin-

malar ong nuri bilan yoritiladi». Biz bilamizki bilimlar yaxshi 

va puxta bo‘lganda ham ong buzilishi mumkin. Xotira, fikr-

lash kabi odamning boshqa fazilat lariga baho berishda ong-



59

ning ravshanligiga ishonch hosil qilish kerak. Shunday ekan, 

ongga o‘zini-o‘zi anglash, «men» ongi kiradi. «Men» degan 

ong odatda bizdan yo‘qolmaydi va ancha yaqqol ifodalan gan 

bo‘ladi.

SEZGI


XOTIRA

ONG – AN-

GLASH

TAFAKKUR


MAQSADNI 

KO‘ZLOVCHI 

FAOLIYAT

ONGNING 


TUZILISHI

ONG TA’RIFLARI

IDROK

SUBYEKT – 



OBYEKT

XAYOL


HIS-

TUYG‘ULAR 

OLAMIDAGI 

MUNOSABAT-

LAR

Ong – psixikaning yuksak 



shakli, insonning yakka va 

hamkorlik faoliyatida, muloqot 

jarayonida shakllanadigan ijti-

moiy-tarixiy taraqqiyot mah-

sulidir

Ongsiz (ong osti holatlari) – 

uyqu, tush ko‘rish, avtomat-

lashgan harakatlar, faoliyatga 

undovchi ammo maqsadni ang-

lamaydigan mayllar, patalogik ho-

latlar – shaytonlash, alahlash, 

gallutsinatsiya

Ongda doimo turgan joyimiz va vaqt aks etib turadi. Es-

hushi joyida bo‘lgan odam hamma vaqt qayerdaligini ang laydi, 

soat nechali gini hech bo‘lmaganda taxminan ayta oladi. O‘z 



60

tanasini his qilish ham ong funksiyasiga kiradi. Odam tana si 

faqat tashqi olamdan (ko‘ruv, eshituv, hid bilish)dan emas, bal-

ki tanasi ning ichki a’zolaridan ham ta’sirot yetkazuvchi retsep-

torlar orqali ma’lumot olib turadi, lekin ular ongda aks etmay-

di. Tashqi olamdan axborot olish va o‘zini-o‘zi anglash doi mo 

ongda aks etib turadi. Ana shu jarayonlar natijasida odam o‘z 

his-tuyg‘ulari, sezgila 

ri, xohishlari, ehtiyojlarini atrof-olam 

vaziyatlari bilan taqqos laydi. Bu ongning eng muhim funksiya-

sidir. Psixofiziologlar ongga bosh miya po‘stlog‘ining funksiya-

si deb ta’rif berishadi. Ularning fikricha, bosh miya po‘stlog‘i 

va birinchi galda ikkinchi signal sistemasi ong uchun, uning 

rivojlanishi hamda saqla nib qolishi uchun hal etuvchi o‘rin 

tutadi. Ikkinchi signal sistemasi ongga xos bo‘lgan o‘z-o‘ziga 

hisobot berishni ta’ 

minlasa, ong faoliyat ko‘rsatishi uchun 

zarur bo‘lgan po‘stloqning te tiklik holati retikular formatsiya-

ning faoliyati bilan uzluksiz bog‘langandir.

Ongsizlik holatlarini atroflicha tushuntirib berishda 

psixoana lizdan foydalaniladi. Z. Freyd yaratgan psixoanaliz 

to‘g‘risidagi nazariya inson ruhini bir muz tog‘iga qiyoslay-

diki, go‘yo uning ustki, oltidan bir qismi ong bo‘lsa, suv ostida 

ko‘rinmay yotgan oltidan besh qismi – ong os tidagi jarayon-

lardir, ya’ni ongsizlikdir. Z. Freyd «yashirinib» yotgan psi-

xologik jarayonlarni ongsiz jarayonlar deb ataydi. Rus psixo-

loglari bu holatni turli atamalar bilan ta’riflashadi: ongsizlik 

(бессознательное), ongostlilik (подсознательное), ong osti 

(подсознание). Ba’zi o‘zbek psi xologlari «ongostlilik» degan 

atamani ma’qul ko‘ri shadi. Shunday qilib, hanuzgacha fanda 

katta shov-shuvlarga sababchi bo‘lib kelayotgan va mohiyati 

to‘laligicha o‘rganilmagan ushbu noaniq psixologik jarayon-

larning atamasi ham noaniq bo‘lib qolmoqda. Bu atamalar-

ning ma’nosini o‘zgartirmagan holda biz «ongsizlik» va «ong 

ostidagi ong» degan atamalardan foydalanamiz.

Ongsizlik bu shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarz da, 

o‘zi bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amal-

ga oshiradi. Ongsizlik holatida voqealikning fakti va o‘rnini 

mo‘ljal qilish yaxlitligi yo‘qoladi, xatti-harakatning nutq yor-

damida boshqarilishi buziladi, kishi o‘z harakatlarini nazorat 




61

qila olmaydi, natijasini ham baholay olmaydi. Ongsizlikka quyi-

dagi psixik ho disalarni kiritish mumkun: uyqu holatidagi psixik 

hodisalar (tush ko‘rish), sezilmaydigan, ilgari ongli bo‘lib, keyin 

takrorlanave rishi natijasida avtomatlashib ketgan, anglanilmay-

digan harakatlar, faoliyatga undovchi, ammo maqsad anglan-

maydigan mayllar, kasal odam psixikasida yuzaga keladigan 

ayrim patalogik holatlar (shaytonlash, alahsirash, ko‘zga yo‘q 

narsalarning ko‘rinishi).

Ongsizlikni ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hay-

vonlar psixikasiga tenglashtirish noto‘g‘ridir, ongsizlik kishi ha-

yotining shart-sharoitlari bilan bog‘liqdir. Ongsizlik kishining 

xuddi ong kabi o‘ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida 

borliqning yetarli darajada bir xil bo‘lmagan qismlar aksi tarzi-

da, inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq hol-

da paydo bo‘lgandir.




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish