Ongning uchinchi ta’rifi odamning maqsadni ko‘zlovchi
faoliyatidir. Faoliyat maqsadlarini yaratish ongning funksiyasi-
ga kiradi. Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chama-
lab chiqiladi, irodaviy qarorlar qabul qilinadi, harakatlarni ba-
jarishning qanday borishi hisobga olinadi, tegishli tuzatishlar
kiritiladi. Kishi tabiat tomonidan berilgan narsaning formasini
o‘zgartirish bilan cheklanmaydi balki o‘zining ongli maqsadini
ham amalga oshiradi, bu maqsad qonun sifatida kishining ish
usulini va bu ishning xa rakterini belgilab beradi va kishi o‘z iro-
dasini ana shu maqsadga bo‘ysundiradi. Kasallik oqibatida yuz
bergan har qanday buzi lishga ongning buzilganligi deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |