Qiziqish turlari
Mazmuni
Ijtimoiy-siyosiy
Intellektual
Estetik, sport
Maqsadi
Bevosita
Bilvosita
Kengligi
Tor
Keng
Barqarorligi
Barqaror
Beqaror
Odamlarning qiziqishlari o‘zining ko‘lami bilan bir-biridan
farq qiladi. Shunday shaxslar toifasi ham borki, ular ning qizi-
qishlari bir sohaga qaratilgan bo‘ladi, boshqalarda esa qator so-
halarga, fanlarga, kasblarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Qiziqishlar-
ning kengligi kishining aqliy ehtiyojlarini xilma-xilligidan
darak beradi. Tabiatshunos olim K.A. Timiryazov bunday de-
gan edi: «Hamma narsa to‘g‘risida oz-ozdan bilish kerak va
oz narsa haqida hamma narsani bilish kerak». Barqaror qizi-
qishga ega shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan buyumlari-
ga, obyektlariga, ho disalarga o‘z maylini o‘zgarishsiz saqlab
tura oladi. Qiziqishlar ning ba’zan beqarorligi katta yoshda-
gi o‘quvchilarda ko‘rinadi. Ular da qiziqishlar ko‘pincha g‘oyat
ehtirosli, lekin qisqa muddatli bo‘ladi, masalan, bir vaqt-
ning o‘zida ular matematika, ta rix, falsafa, logikaga qiziqish-
lari mumkin. Bunday bolalar hamma narsaga qizg‘in kirishib,
masalaga hali chuqur kirib bormasdan, boshqa narsalar bilan
qiziqib ketadilar. Har xil mashg‘ulotlarga nisbatan o‘spirinlik
va yoshlik chog‘larida goh alangalanib, goh so‘nib tura digan
qi ziqishlar, yoshlarning o‘z iste’dodlarini jadal ro‘yobga chiqa-
rishini ta’minlaydi va qobiliyatlarning namoyon bo‘lishiga
hamda o‘z samarasini ko‘rsatishiga yordam beradi.
E’tiqod – shaxsning shunday ongli bir yo‘nalishiki, unga
o‘z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashlariga mos tarzda ya-
shashga imkon beradi. E’tiqodning predmeti turlicha bo‘lishi
71
mumkin: Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy nor-
malarga, oilaga, go‘zallikka e’tiqod va hokazo. E’tiqod va qizi-
qishlar har biri kishidagi dunyoqarashni shakllantiradi. Dunyo-
qarash – tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan
bilim, tasavvur va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni ma’lum bir
qolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib
o‘rin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida shakllanayot-
gan yangicha dunyoqa rash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy
qadriyatlar, an’analarni e’zozlashni, o‘z yaqinlariga mehribon
va tanlagan yo‘liga, kasbi, maslagi hamda e’tiqodiga sodiqlikni
nazarda tutadi. Yangicha fikrlash, ya’ni tafakkur aynan musta-
qillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong,
dunyoqarash va e’tiqod hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |