Ongning to‘rtinchi ta’rifi uning tarkibiga muayyan muno-
sabatlarning kirganligidir. Rang-barang his-tuyg‘ular olami
odam ongining tarkibiga kiradi. Unda murakkab obyektiv va
odam ning o‘zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o‘z ak-
sini topadi. Bu o‘rinda ham, boshqa ko‘pgina hollarda bo‘lgani
kabi patalogiya normal ongning mohiyatini yaxshiroq anglab
58
olishga yordam beradi. Turli xususiyatli munosabatlar ong na-
zoratida amalga oshi rilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida va
muomala jarayonida, hech qanday nuqsonlar, chetga og‘ishlar
sodir bo‘lmaydi. Ong
ning zaiflashuvi esa shaxsning his-
tuyg‘ulari va munosabatlarini o‘zgartiradi, masalan, quvonch
qayg‘u bilan, optimizm pessimizm bilan vaqti-vaqti bilan o‘rin
almashib turishi kuzatiladi. Ayrim ruhiy kasalliklarga chalin-
ganda ongning buzilganligi aynan his-tuyg‘ular va munosa-
batlardagi buzilish bilan belgilanadi, bemor bunga qadar be-
had sevgan onasini suymaydigan bo‘lib qoladi, yaqin kishilari
to‘g‘risida zarda bilan gapiradi va hokazo. Demak, shaxslara-
ro munosabatlar natijasida vujudga keluvchi emotsional baho-
lar inson ongida o‘z ifodasini topadi.
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik odam
ongiga borib yetmaydigan psixik jarayonlar, xususiyatlar va
holatlardir. Bunday hodisalarga ong osti holatlari deyiladi.
Shaxsdagi ongsizlik holatlari kishining o‘zi anglamagan hol-
da qiziqishi va ehtiyojlarini bajarishga intilishdir. Jumladan
tush ko‘rish, shirin xayol, orzu kabilar kishining ixtiyorsiz
xulq-atvorida namoyon bo‘ladi.
Odamda ong asta-sekin rivojlana boradi. Yangi tug‘ilgan
bolada ong bo‘lmaydi, lekin u ruhan va jismonan taraqqiy et-
gan sari ri vojlana boradi va takomillashadi. Ongga yuqori dara-
jali izchillik xosdir. U doim jadalligi, chuqurligi va kengligi bi-
lan boshqa bilish jarayonlaridan farq qiladi. Odam hayotining
turli davrla rida, o‘s mirlik, o‘rta yosh, qarilik chog‘ida ong tur-
li ko‘rinishda bo‘lsa-da, u bir butundir.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek bilimsiz ong bo‘lmaydi, le-
kin ong va bilim bir xil ibora emas. Bilimlar har doim xoti-
rada to‘plan sada, lekin hamma vaqt ham ongda aks etaver-
maydi. Bu yerda quyidagi qiyosni keltiramiz. Kishida xotira
iz lari, ya’ni o‘tgan hayot izlari miya hujayralarida saqlanar
ekan, ularni ko‘p sonli elektr chiroq lariga o‘xshatish mumkin.
«Ularning bir qismi yoqilganda tegishli obyektlar va kechin-
malar ong nuri bilan yoritiladi». Biz bilamizki bilimlar yaxshi
va puxta bo‘lganda ham ong buzilishi mumkin. Xotira, fikr-
lash kabi odamning boshqa fazilat lariga baho berishda ong-
59
ning ravshanligiga ishonch hosil qilish kerak. Shunday ekan,
ongga o‘zini-o‘zi anglash, «men» ongi kiradi. «Men» degan
ong odatda bizdan yo‘qolmaydi va ancha yaqqol ifodalan gan
bo‘ladi.
SEZGI
XOTIRA
ONG – AN-
GLASH
TAFAKKUR
MAQSADNI
KO‘ZLOVCHI
FAOLIYAT
ONGNING
TUZILISHI
ONG TA’RIFLARI
IDROK
SUBYEKT –
OBYEKT
XAYOL
HIS-
TUYG‘ULAR
OLAMIDAGI
MUNOSABAT-
LAR
Ong – psixikaning yuksak
shakli, insonning yakka va
hamkorlik faoliyatida, muloqot
jarayonida shakllanadigan ijti-
moiy-tarixiy taraqqiyot mah-
sulidir
Ongsiz (ong osti holatlari) –
uyqu, tush ko‘rish, avtomat-
lashgan harakatlar, faoliyatga
undovchi ammo maqsadni ang-
lamaydigan mayllar, patalogik ho-
latlar – shaytonlash, alahlash,
gallutsinatsiya
Ongda doimo turgan joyimiz va vaqt aks etib turadi. Es-
hushi joyida bo‘lgan odam hamma vaqt qayerdaligini ang laydi,
soat nechali gini hech bo‘lmaganda taxminan ayta oladi. O‘z
60
tanasini his qilish ham ong funksiyasiga kiradi. Odam tana si
faqat tashqi olamdan (ko‘ruv, eshituv, hid bilish)dan emas, bal-
ki tanasi ning ichki a’zolaridan ham ta’sirot yetkazuvchi retsep-
torlar orqali ma’lumot olib turadi, lekin ular ongda aks etmay-
di. Tashqi olamdan axborot olish va o‘zini-o‘zi anglash doi mo
ongda aks etib turadi. Ana shu jarayonlar natijasida odam o‘z
his-tuyg‘ulari, sezgila
ri, xohishlari, ehtiyojlarini atrof-olam
vaziyatlari bilan taqqos laydi. Bu ongning eng muhim funksiya-
sidir. Psixofiziologlar ongga bosh miya po‘stlog‘ining funksiya-
si deb ta’rif berishadi. Ularning fikricha, bosh miya po‘stlog‘i
va birinchi galda ikkinchi signal sistemasi ong uchun, uning
rivojlanishi hamda saqla nib qolishi uchun hal etuvchi o‘rin
tutadi. Ikkinchi signal sistemasi ongga xos bo‘lgan o‘z-o‘ziga
hisobot berishni ta’
minlasa, ong faoliyat ko‘rsatishi uchun
zarur bo‘lgan po‘stloqning te tiklik holati retikular formatsiya-
ning faoliyati bilan uzluksiz bog‘langandir.
Ongsizlik holatlarini atroflicha tushuntirib berishda
psixoana lizdan foydalaniladi. Z. Freyd yaratgan psixoanaliz
to‘g‘risidagi nazariya inson ruhini bir muz tog‘iga qiyoslay-
diki, go‘yo uning ustki, oltidan bir qismi ong bo‘lsa, suv ostida
ko‘rinmay yotgan oltidan besh qismi – ong os tidagi jarayon-
lardir, ya’ni ongsizlikdir. Z. Freyd «yashirinib» yotgan psi-
xologik jarayonlarni ongsiz jarayonlar deb ataydi. Rus psixo-
loglari bu holatni turli atamalar bilan ta’riflashadi: ongsizlik
(бессознательное), ongostlilik (подсознательное), ong osti
(подсознание). Ba’zi o‘zbek psi xologlari «ongostlilik» degan
atamani ma’qul ko‘ri shadi. Shunday qilib, hanuzgacha fanda
katta shov-shuvlarga sababchi bo‘lib kelayotgan va mohiyati
to‘laligicha o‘rganilmagan ushbu noaniq psixologik jarayon-
larning atamasi ham noaniq bo‘lib qolmoqda. Bu atamalar-
ning ma’nosini o‘zgartirmagan holda biz «ongsizlik» va «ong
ostidagi ong» degan atamalardan foydalanamiz.
Ongsizlik bu shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarz da,
o‘zi bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amal-
ga oshiradi. Ongsizlik holatida voqealikning fakti va o‘rnini
mo‘ljal qilish yaxlitligi yo‘qoladi, xatti-harakatning nutq yor-
damida boshqarilishi buziladi, kishi o‘z harakatlarini nazorat
61
qila olmaydi, natijasini ham baholay olmaydi. Ongsizlikka quyi-
dagi psixik ho disalarni kiritish mumkun: uyqu holatidagi psixik
hodisalar (tush ko‘rish), sezilmaydigan, ilgari ongli bo‘lib, keyin
takrorlanave rishi natijasida avtomatlashib ketgan, anglanilmay-
digan harakatlar, faoliyatga undovchi, ammo maqsad anglan-
maydigan mayllar, kasal odam psixikasida yuzaga keladigan
ayrim patalogik holatlar (shaytonlash, alahsirash, ko‘zga yo‘q
narsalarning ko‘rinishi).
Ongsizlikni ongga qarama-qarshi deb hisoblash, uni hay-
vonlar psixikasiga tenglashtirish noto‘g‘ridir, ongsizlik kishi ha-
yotining shart-sharoitlari bilan bog‘liqdir. Ongsizlik kishining
xuddi ong kabi o‘ziga xos psixik qiyofasidirki, u kishi miyasida
borliqning yetarli darajada bir xil bo‘lmagan qismlar aksi tarzi-
da, inson hayotining ijtimoiy shart-sharoitlari bilan bog‘liq hol-
da paydo bo‘lgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |