Maktabgacha yoshdagi


Yarimsharlar po‘stlog‘idagi nerv jarayonlari



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Yarimsharlar po‘stlog‘idagi nerv jarayonlari. Odam va hay-

vonlarning katta yarimsharlari po‘stlog‘ida ikki qarama-qarshi 

nerv jarayonlari, qo‘zg‘alish va tormozlanish sodir bo‘ladi. Bi-

ron-bir narsa yoki hodisalar sezgi organlariga ta’sir etib ular-

ni qo‘zg‘atadi, qo‘zg‘alish esa miyaga o‘tkaziladi, shundagi-

na yarimsharlarda qo‘zg‘alish (jonlanish) vujudga keladi. Bu 

qo‘zg‘alish o‘chog‘i o‘zgarmasdan va harakatsiz qolmaydi. 

Odatda qo‘zg‘alish katta yarimsharlar po‘stlog‘ida irradiatsi-



yalanadi (yoyiladi) va bir joydan ikkinchi joyga o‘tadi.

Po‘stloqda qo‘zg‘alish bilan bir vaqtning o‘zida unga zid ja-

rayon tormozlanish ham maydonga keladi, tormozlanish mi yada 

qo‘zg‘alish uchastkasini aktiv ravishda to‘xtatib turadi, tormoz-

laydi yoki cheklab qo‘yadi, qo‘zg‘alish uchastkasini markaz-

lashtiradi, tor doiraga to‘planishga olib keladi. Qo‘zg‘alish bilan 

tormozlanish o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Agar miyaning bi-

ror uchastkasida qo‘zg‘alish paydo bo‘lsa, shu uchastka atrofida 

tormozlanish maydonga kelishi manfiy induksiya, tormozla nish 

o‘chog‘i atrofida qo‘zg‘alish vujudga kelishi musbat induksiya 

deb ataladi. Tormozlanish charchash natijasida sodir bo‘ladi. 

I.P. 


Pavlovning uqtirishicha, agar tormozlanish po‘stloqning 

ko‘p qismiga yoyilib miyaning quyi qismlariga yetib borsa odam 

uyquga ketadi. Kuchlar, ya’ni miya nerv hujayralari qayta tikla-

nadi. Po‘stloqni to‘liq qamrab olmay ayrim uchastkalarining 

qo‘zg‘alish holatida bo‘lishini I.P. Pavlov soqchi punktlar deb 

ata gan. Masalan, o‘z bolasi yonida qattiq uyquga cho‘mgan ona 

atrofdagi tovushlarni eshitmasligi mumkin, lekin chaqaloq ning 

ozgina shitirlagan tovushiga uyg‘onadi. Demak, onada o‘z bola-

siga nisbatan miya po‘stlog‘ida ba’zi hujayralar qo‘zg‘algan holda 

bo‘ladi. Gipnoz holatida tormozlanish qisman bo‘lib po‘stloqni 

to‘liq qamrab olmaydi va odamga keraklicha ta’sir o‘tkaziladi. 

Bunday holat ni sun’iy ravishda vujudga keltirish mumkin. Bun-




42

da odamga so‘z orqali ta’sir o‘tkazish, ya’ni «Siz uxlamoqchisiz, 

siz uxlay boshladingiz» kabi. Shuningdek, gipnoz qilayotgan 

kishi ning yuzi oldida qo‘l bilan silash harakatlari (passlar) yor-

damida uxlatiladi. Gipnoz holatida bosh miya po‘stlog‘ining 

ko‘p qismi tormozlangan bo‘ladi, shu sababli odam o‘zi musta-

qil harakat qila olmaydi, uni uxlatgan kishiga itoat qiladi, nima 

buyurilsa shuni bajaradi.

Katta yarimsharlar po‘stlog‘ining shartli refleks tarzida-

gi faoliyatini I.P. Pavlov miyaning signal faoliyati deb atagan, 

chunki tashqi muhitdan ko‘rsatiluvchi ta’sirlar tevarak-atrof-

dagi narsa larning organizm uchun ahamiyati haqida darak be-

radi. Narsa va hodisalarning sezgi organlariga ta’sir ko‘rsatishi 

tufayli (bu 

ning natijasida sezgilar, idrok, tasavvurlar pay-

do bo‘ladi) miyaga keluvchi signallarni Pavlov birinchi signal-



lar sistemasi deb atagan: bunday sistema odamda ham, hay-

vonlarda ham bor. Ammo odamda, deb yozadi Pavlov faoliyat 

mexanizmlariga qo‘shimcha favqulodda ustunlik yuz bergan. 

Bu qo‘shimcha ustunlik inson nutqi va tafakkuridir. Demak, 

nutq ikkinchi signallar sistemasi hisoblanadi.

Bir xil izchillikdagi qo‘zg‘alishlar-

ning takrorlanib turishi, odamda 

shunga muvofiq ravishda, bir xilda-

gi reaksiyalar 

ning amalga oshishiga 

olib  keladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadi-

ki, qo‘z g‘atuvchilardan birinchisi ta’sir 

etishi bilan, shartli reflekslar sistemasi 

paydo bo‘ladi. Qo‘zg‘alishlarning takror-



lanib turishi natijasida miya po‘stlog‘ida 

mustahkam o‘rnashib qolgan o‘choqlari 


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish