7-rasm. Gidro meduza, chuvalchang va asalarining nerv sistemasi.
Evolutsion taraqqiyot bosqichlari
Harakatning
instinktiv shakli
Harakatning
individual shakli
Harakatning
intellektual shakli
48
Ana shu bosqichlardan so‘ng psixik taraqqiyotning eng yuk-
sak formasi bo‘lgan inson ongi maydonga keldi.
Hayvonot olamidagi aqliy harakatlar
Harakatning instinktiv shakli ana shunday muhitga mos-
lashuvining alohida shakllaridandir. Biz ayrim organizmlar-
ning hasharotlarning, qushlarning xatti-harakatlarini, qiliqla-
rini kuzatadigan bo‘lsak, ularning harakatlari go‘yoki ongli
harakatdek bo‘lib ko‘rinadi. Masalan: oddiy cho‘l chumolila-
rining yoki termit deb ataluvchi chumolilarning «jamoa» bo‘lib
yashashlari, qishga ovqat g‘amlashlari, asalarilarning kollek-
tiv bo‘lib yashashlari, asal to‘plashlarini Karl Fon Frish tad-
qiqotlarida ko‘rish mumkin. K. Frish asalarilarda bir-birlariga
informatsiya, ya’ni ma’lumot berish qobiliyati borligini aniq-
lagan.
Ma’lum bo‘lishicha, asalarilar qayerda ko‘proq shira (asal)
borligi haqida bir-birlariga ma’lumot berar ekanlar, bun-
day ma’lumotlar qandaydir bir uslubda raqsga tushish orqa-
li beriladi. Asalarilarning instinktlari nihoyatda mu
rakkab
bo‘lishidan qat’i nazar bunday harakatlarda ong yo‘qligi ju-
da osonlik bilan isbot qilingan. Ishchi asalarilarning asosiy
vazifasi gul lardan shira yig‘ib, mumdan yasalgan indagi ka-
taklarga solib to‘ldirishdan iborat. Asal bilan to‘ldirilgan ka-
taklar yupqa qobiq bilan suvab berkitib qo‘yiladi. Agar asal-
arilar inining (kataklarning) tagi qirqib teshib qo‘yilsa, buni
ular mutlaqo sezmaydi va bir necha oylar mobaynida tagi te-
shik katakka shira olib kelib to‘kaveradi. Bunda nima sabab-
dan katakning shiraga to‘lmayotganligini tekshirib ko‘rish na
ishchi arining va na ona arining «xayoliga» kelmaydi. Mana
shundan ko‘rinib turibdiki, asalarilarning tashqaridan go‘yo
onglidek bo‘lib ko‘ringan murakkab instinktiv harakatlarida
mutlaqo ong bo‘lmaydi.
Rus zoopsixologiyasining asoschisi V.A. Vagner (1849–1934)
hasharotlar va qushlarning instinktiv harakatlarini o‘rganib,
bunday harakatlarda tabiiy maqsadga muvofiqlik borligi-
ni, lekin biron maqsadga qaratilgan ongning yo‘qligini eks-
perimental faktlar asosida ko‘rsatib bergan. Masalan, oddiy
49
o‘rgimchaklar isdan to‘qilgan to‘rga o‘xshagan in yasab, is-
ga pashsha yoki biron boshqa hasharot ilinishini bir chek-
kada poylab o‘tiradilar. Isga pashsha qo‘ngach, is tebra-
nadi. Shu ondayoq o‘rgimchak yugurib kelib, isga qo‘ngan
pashshani is bilan o‘rab, qocha olmaydigan holatga keltira-
di. V.A.
Vagner bunday instinktiv hara
katda mutlaqo ong
yo‘qligini ko‘rsatish uchun shunday tajriba o‘tkazgan. Is-
dan to‘rsimon in qurib, pashshaning qo‘nishini poylab turgan
o‘rgimchakning oldiga isni tebratmay, pashsha qo‘yib qo‘yilsa,
o‘rgimchak bu tayyor pashshaga hech qanday reak
siya qil-
magan. O‘rgimchakning instinktiv harakati uchun isning teb-
ranishi (vibratsiyasi) zarur bo‘lgan. V.A. Vag ner qushlar usti da
ham juda ajoyib tajriba o‘tkazgan. Shimoliy muz okeanidagi
orollarda millionlab qushlar bahor paytida in qurib, tuxumdan
bola ochadilar. Gagarka qushining inidan tuxumini olib, sal
na riroqqa (xuddi tumshug‘ining tagiga) surib qo‘yib, tuxum-
ning o‘rniga xuddi tuxumga o‘xshash oq tosh qo‘yib qo‘ygan.
Gagarka qushi o‘zining tuxumiga (tumshug‘i ostidagi) qarab,
toshni bosib yotavergan. Boshqa qo‘shni indagi qushlarning
bolasi tuxumdan ochilib, katta bo‘lib qolgan. Ammo gagarka
qushi hamon toshni bosib yotavergan.
Go‘yo ongli harakatlardek bo‘lib ko‘rinadigan bunday
hara katlar ongli bo‘lmay, balki instinktiv harakatlardir. Ins-
tinktiv hara
kat deganda biz hayvonlarga tug‘ma yo‘l bilan
(shartsiz ref lekslar) va ularning tashqi olamga muvofiqlashu-
vini ta’minlaydigan hara katlar shaklini tushunamiz. Instinkt
tushun chasi psixologi yaga birinchi marta Ch. Darvin tomo-
nidan kiritilgan bo‘lib, bizga hayvonlarning juda ko‘p murak-
kab harakatlari va qiliqlarini ilmiy tarzda tushunish imkoni-
ni beradi. Instinkt tushunchasi
ning psixologik va fiziologik
mexa nizmlari mashhur rus fiziologi akademik I.P. Pavlov to-
monidan tushuntirib berildi. Demak, hayvonlarning instinktiv
harakatlarini 4 guruhga bo‘lish mumkin:
1. Ovqatlanish instinkti – o‘zi va o‘z bolasi uchun ovqat
qidi rib topish, g‘amlash harakatlari.
2. Himoyalanish instinkti – o‘zini himoya qilish, dushman-
ga hujum qilishda ko‘rinadi. Har bir hayvon o‘zining biron-
50
ta organidan foydalanadi. Masalan: afrika kobrasi o‘z zaharini
3,5 metr masofaga ota oladi.
3. Nasl qoldirish instinkti – bu ota-onalik instinkti sifatida
ko‘rinib ma’lum vaqtgacha bolalariga g‘amxo‘rlik qiladi.
4. To‘da bo‘lib yashash instinkti – turli xil shaklda birlashib
poda-poda, gala bo‘lib yashashlarida ko‘rinadi.
Evolutsion taraqqiyot davomida murakkab taraqqiy etgan
hayvonlarda, ya’ni umurtqa suyakli va sut emizuvchi hayvon-
larda harakatning individual shakllari yuzaga keldi. Har bir
organizm o‘zicha individual hayot kechiradi va tashqi olam-
da ma’lum muddat davomida yashaydi. Vaholanki, hayvonlar
olamda bir xilda umr ko‘rmas ekanlar, ularning necha yosh-
ga kirishlariga qarab individual hayotlarida harakatning tur-
li xil individual shakllari yuzaga keladi. Demak, hayvonlar
harakatning individual shakl larini o‘zlarining individual ha-
yotlari mobaynida egallab boradilar. Harakatning individual
shakllari xuddi harakatning ins tinktiv shakllari kabi hayvon-
larning doimo o‘zgarib turuvchi tashqi muhitga moslashuvini
ta’minlovchi mexanizmlardandir. Bu ha rakatlar hayvonlarda
paydo bo‘ladigan shartli reflekslar bilan bog‘liqdir. Hayvonlar
harakatning individual shaklini o‘z hayot lari davomida egallab
boradilar. Harakatning individual shakllari asosida hayvon-
larda turli-tuman ko‘nikmalar yuzaga keladi. Bunday olib qa-
rasak bu ko‘nikmalar dressirovkadan boshqa narsa emas (mas.
o‘rgatilgan it, mushuk va boshqa hayvonlarning ha rakatlari).
Tabiiy hayot sharoitlarida ham ko‘nikmalar hosil qi
linadi.
Masalan, xo‘roz o‘n yil, qarg‘a esa yuz yilga yaqin yashay-
di. Albatta, qarg‘a uzoq hayoti davomida juda ko‘p narsalarga,
vaziyatlarga to‘qnash keladi va murak kab ko‘nikmalarni tabi-
iy sharoitda yuzaga keltiradi. Xo‘roz bilan qarg‘a ustida shun-
day bir tajriba o‘tkazilgan: qorni och xo‘rozga kichik bir ariq
bo‘yida jo‘xori tashlab borilgan. Xo‘roz har bir jo‘xorini bir-
ma-bir terib yeb kelavergan. Jo‘xori donlari ariqchadagi suv-
ga ham tashlangan. Xo‘roz suvdan tutib olib yeb kelavergan.
Ariqdagi suv ikki metrlar chamasi uzunlikdagi quvurga kirib,
quvurning narigi tomonidan chiqib ketgan. Ariqchadagi suv-
ga tashlangan jo‘xori donlari suv bilan quvurga kirib ketganda
51
xo‘roz «hayron» bo‘lib, donni qidirmay, orqasiga qarab ketaver-
gan. Xuddi shu tajriba qarg‘a bilan o‘tkazilganda, qarg‘a jo‘xori
doni quvurga kirib ketishi bilan quvurning narigi boshiga bo-
rib, don oqib kelishini poylab turgan va don quvurdan chiqishi
bilan tutib olib yegan. Demak, qarg‘a tabiiy hayot jarayonida
bunday vaziyatga ko‘p martalab duch kelgan va unda murak-
kab ko‘nikma hosil bo‘lgan. Harakatning individual shakllari
yoki ko‘nikmalar bilan bog‘liq bo‘lgan murak kab harakatlarga
ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Evolutsion taraqqiyotning yuksak bosqichidagi ayrim hay-
vonlarda harakatning intellektual shakli paydo bo‘ldi. Bu yuk-
sak taraqqiyotga erishgan maymunlar, itlar va delfinlar
dagi
odam ongiga o‘xshash farosat bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakat
shakllaridir. Harakatning intellektual shakli ham hayvonlar-
ning tashqi olamga muvofiqlashuvidan iboratdir. Harakatning
intellektual shakliga ega bo‘lgan hayvonlar ma’lum vaziyatda
bir qadar farosat bilan bog‘liq muammolarni, masalalarni hal
qila oladilar. Lekin yuksak taraqqiyotga erishgan hayvonlar-
ning intellektual ha ra katlari odamning ongli harakatlaridan
keskin farq qiladi.
Odamsimon maymunlar ustida o‘tkazilgan tajribalardan
E.G. Vatsuroning «Rafael» ismli shimpanze maymuni bilan
o‘tkazgan tajribalari juda ibratlidir. E.G. Vatsuro maymunlarda
ong, tafakkur yo‘qligini, ular o‘rtasidagi munosabatlarni ang-
lay olmasligini isbotlab bergan. Ularda farosat uchqunlari bor
xolos.
E.G.
Vatsuro maymunlarda ong, tafakkur yo‘qligini, ular
narsa lar o‘rtasidagi munosabatlarni anglay olmasliklarini isbot-
lab bergan. U Rafael ismli shimpanze maymuni bilan shun day
tajriba o‘tkazgan. Unchalik katta bo‘lmagan bir ko‘lga ikkita sol
yasatgan. Sollardan biriga suv to‘ldirilgan bak va bakning usti-
ga bitta bo‘sh shisha banka qo‘yib qo‘yilgan. Bakdan nariroqda
maxsus apparatda olov yonib turgan va olovning tagida apelsin
ko‘rinib turgan. Shimpanze maymuni qayiqda solga olib kelin-
gan. Maymunning qorni och bo‘lgan. Uning ko‘z oldida bak-
dan bankaga suv olib olovga sepib o‘chirilgan va maymun dar-
hol apelsinni olib yegan.
52
8-rasm. Maymunlarning intellektual harakatlari.
Ana shu tajriba ikkinchi marta takrorlanganda, maymunning o‘zi
bakdan bankaga suv olib, olovni o‘chirgan va apelsinni olib yegan.
Bundan keyingi tajriba birmuncha murakkablashtirilgan. Endi bak
bilan banka qo‘yilgan solga olov yoqilgan apparat qo‘yilmay, balki
apparat boshqa solga qo‘yilgan. Sollarning bir-biridan uzoqligi 3–4
metrlar chamasida bo‘lgan. Bak qo‘yilgan solga bitta uzun bam-
buk yog‘och tashlab qo‘yilgan. Maymun odatdagidek kelib, bak-
53
dan bankaga suv quyib olgan, ammo olov narigi solda ancha uzoq-
da yonib turganini ko‘rgan. Qo‘lida suv quyilgan bankani ushlab,
bambukni ikkinchi solga ko‘prik qilib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Banka-
ni qo‘lidan oyog‘iga, oyog‘idan qo‘liga olib, bir amallab bambukni
ikkinchi solga ko‘prik qilib qo‘ygan. Undan so‘ng bambukdan dar-
boz bo‘lib, ikkinchi solga o‘ta boshlagan. Bambuk qimirlab ketib,
qo‘lidagi suv to‘kilib ketgan. U bak qo‘yilgan solga qaytib kelib,
bakdan bankaga suv olib, yana bambukdan ikkinchi solga o‘tib, bir
amallab olovni o‘chirgan va apelsinni olib yegan.
Bu tajribada shu narsa xarakterliki, maymun bakdan banka-
ga suv olib, soldan solga o‘tib (suv to‘kilib ketib) qiynalib ol-
gan. Ammo soldagi olovni ko‘ldan qo‘li bilan suv olib o‘chirishi
ham mumkinligiga uning «aqli» yetmagan. Demak, odamsi-
mon shimpanze maymunlarida ham odamdagiga o‘xshagan
ong, aql yo‘q. Shimpanze maymunining soldan solga bambuk-
ni ko‘prik qilib o‘tishga «aqli» yetdi, lekin hamma suv ham bir
xil xususiyatga ega ekanligiga aqli yetmadi.
G.Z. Roginskiy shimpanze maymuni ustida shunday tajri-
ba o‘tkazgan: maymun oldiga turli tomonga qaratib bir necha
uzun arqonlar tashlab qo‘yilgan. Ana shu bir xildagi arqon-
lardan ba’zilarining uchiga apelsin yoki banan bog‘lab qo‘yilgan.
Maymun o‘z oldiga tashlab qo‘yilgan bir xildagi arqonlarni ush-
lab ko‘rgandan so‘ng, hech bir yanglishmay uchiga apelsin yoki
banan bog‘lab qo‘yilgan arqonlarni ajratib tortib olgan.
N.N.
Ladigina-Kotsning tekshirishlari shimpanzeda
boshlan g‘ich abstraksiya qobiliyatlari borligini ko‘rsatadi. May-
mun o‘zi idrok qiladigan narsaning rangi, shakli va hajmidan
ajrata oladi, unda murakkab tanlash qobiliyati bor. Tajribalar-
da shimpanze maymuni geometrik shakllarni rangi va turiga
qarab ajrata olgani isbotlangan.
Nemis fiziologi M. Tideman delfin miyasining faoliyatiga
odam va orangutandan keyingi o‘rinni beradi. Delfinning mi-
ya og‘irligi 1700 gramm, miyaning po‘stloq qismi esa odam
miyasi po‘stlog‘iga nisbatan ikki baravar ko‘pdir. Olimlarning
kuzatishlari shuni ko‘rsatdi-ki, delfin katta tezlikda idrok qi-
54
lish va fikrlash qobiliyatiga ega. Delfin miyasi faoliyatini kiber-
netik tekshirishlar orqaligina o‘rganish mumkin. Shveysariya-
lik professor A. Portmannin tadqiqotlarida odam va hayvonlar
intellekt darajasini o‘rganadi va bunda odam 215 ball, delfin
190 ball, fil va maymun keyingi o‘rinlarni egallagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |