zarur taqdirda uni qayta qurish imkoniyatini yaratadi. Nerv
45
6-rasm. Miya vazni ortishi o‘rtasidagi farq.
Nazorat savollari:
1. Odamning nerv sistemasi qanday tuzilishga ega?
2. Miyaning signal faoliyati deganda nimani tushunasiz?
3. Yarimsharlar po‘stlog‘idagi nerv jarayonlari faoliyati ni-
madan iborat?
4. Refleks yoyi qanday tuzilgan?
46
1.5. Psixika va ong taraqqiyoti.
Psixikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
Psixikaning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti juda uzoq tarixga
egadir. Tabiatda va jamiyatda hamma narsa har doim o‘zgarib
turadi. Lekin har qanday o‘zgarishni ham biz taraqqiyot deb
ayta olmaymiz. Taraqqiyot chirish va yemirilishning teskari-
si bo‘lib, oldinga tomon rivojlanishdan iboratdir. Bundan ml-
rd yillar muqaddam yerda hayot paydo bo‘lgan, ya’ni materi-
ya yuzaga kelgan. Organik, ya’ni tirik materiya dastavval juda
sodda bir hujayrali organizm tariqasida yuzaga kelib, juda uzoq
taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan.
Tirik organizmlarning dastlab paydo bo‘lgan davridan bosh-
lab hozirgi eng yuksak organizm, ya’ni odamgacha rivojlanish
yo‘li evolutsion taraqqiyot deb yuritiladi. Biz psixika taraqqi-
yoti haqida fikr yuritar ekanmiz, psixika organik, ya’ni tirik
olamdagi hamma organizmlarga xos xususiyatmi, degan savol
tug‘iladi. Psixika, ya’ni aks ettirish xususiyati eng avval pay-
do bo‘lgan ju da sodda organizmlarda bo‘lmagan, ularda oddiy
ta’sirlanuvchan lik xususiyati bo‘lgan xolos.
Ta’sirlanuvchanlik bir hujayrali organizmlarga (amyobalar-
ga, tufelkalarga) xos xususiyat bo‘lgan. Evolutsion taraqqiyot
jarayoni da organizmlar murakkablashgan sari ularning tash-
qi olamni aks ettirishlari ham takomillasha borgan. Evolut-
sion taraqqiyotning ma’lum bosqichiga kelib organizmlarda ju-
da sodda tuzilishga ega bo‘lgan nerv sistemasi paydo bo‘lgan.
Dastlab yuzaga kelgan nerv sistemasi juda sodda bo‘lib, markaz-
lashmagan organizmlarning hamma tomoniga to‘rsimon holda
tarqalib ketgan ko‘rinishga ega bo‘lgan. Bunday nerv sistemasi-
ni suvda yashovchi meduzalarda ko‘rishimiz mumkin (5-rasm).
Keyinchalik evolutsion taraqqiyot davomida ko‘p markazli
nerv sistemasiga ega bo‘lgan organizmlar paydo bo‘ldi. Masa-
lan: tugunchasimon markazlarga ega nerv sistemasini asala-
rilarda, yomg‘ir chuvalchanglarida ko‘rishimiz mumkin. Ana
shu tariqa organizmlarning nerv sistemalari murakkablash-
gan sari, ularning tashqi olamni aks ettirish qobiliyatlari ham
tobora murakkablashib bordi. Evolutsion taraqqiyot davomida
47
psixikaning eng sodda ko‘rinishidan inson ongigacha bo‘lgan
taraqqiyoti bir qancha bosqichlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: