Savol: Bu bolalarning individual-psixologik xususiyatlari
ha qida gapirib bering. Tarbiyachi bunday bolalar bilan ishlash-
da nimalarni hisobga olishi kerak?
18. 2–3 yoshli bolalar guruhida ishlovchi bir tarbiyachi
shunday deydi: «Mening guruhimda 14 ta bolam bor. Qayer-
ga yursam orqamdan ergashishadi. Yotoqqa kirsam ham, yuvi-
nish xonasiga kirsam ham orqamdan qatorlashib kirib kelisha-
di. Tashqariga-ku chiqolmayman, yig‘lab qolishadi. Nimadir
yesam, menga ham deb turishadi».
Savol: Bu yoshdagi bolalarning psixikasiga xos xususiyatlar-
ni aytib bering.
Bu tarbiyachiga «Tarbiyachiga qo‘yilgan talablar» bo‘yicha
izohlar bering.
19. a) Surayyo 3–4 yoshli nogiron (tayanch-harakat appara-
ti buzilgan) bolalar guruhida tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. Guruh-
dagi bolalarni navbati bilan ko‘tarib, ovutib yurishiga, pampers-
larini ham almashtirishiga to‘g‘ri keladi. Har kuni bolalar bilan
shug‘ullanish uchun logoped keladi. Oyligi ham yuqori.
b) Umida oddiy 3–4 yoshli bolalar guruhida tarbiyachi
bo‘lib ishlaydi. Guruhda 36 ta bola. Har kungi reja asosida o‘z
vazifa sini bajaradi. Oyligi Surayyoga nisbatan pastroq.
Savol: Qaysi tarbiyachining ishi og‘irroq, nima uchun? Siz
qaysi guruhda ishlashni xohlar edingiz, nima uchun?
20. 5 yoshli Shuhrat bog‘chaga bormaydi. Oilada guvernyor-
tarbiyachi nazoratida shug‘ullanadi. Soat 16.00 dan so‘ng
kompyu
ter oldidan turmaydi. Kompyuter o‘chirilsa, DVD-
da multfilm ko‘rishga shoshadi. Ishdan charchab kelgan ota-
onaning ham gapiga quloq solmaydi. Kompyuter yoki DVD
majburan o‘chirilsa yig‘i-sig‘i, dod-faryod, uyqusi ham notinch
o‘tadi. Bunday hollarda ota-ona qanday yo‘l tutishga hayron.
Savol: Agar Siz bu oilada guvernyor-tarbiyachi bo‘lsangiz bola-
ning 16.00 dan keyingi holati uchun ota-onasiga nima ta vsiya qi-
lar edingiz? Bolaning oiladagi (yolg‘iz o‘zi) ta’lim-tarbiyasi bi-
lan bolalar bog‘chasidagi ta’lim-tarbiyaviy jarayon o‘rtasidagi farq
nimada?
439
21. Ko‘pchilik bolalar bog‘chadan uylariga borib kompyu ter
oldidan turishmaydi. Ko‘chalarda ochilgan kompyuter xona-
lari ham bolalar bilan to‘lgan. Qizig‘i shundaki ular asosan
kompyu ter o‘yinlarini o‘ynashadi.
Savol: Bolalarning kompyuter bilan muloqotining ijobiy va
salbiy tomonlarini sanab bering. Bola necha yoshdan boshlab
kompyuter bilan shug‘ullanishi mumkin, necha yoshda necha
soatdan, qanday mavzularda?
22. «Mening katta farzandlarim qo‘rqinchli kinoli disklarni
olib kelib tomosha qilishadi. Goho televizorda ham bunday
kinolar qo‘yiladi. 4 yoshli o‘g‘lim ham ko‘raman deb xarxa sha
qiladi. Bir-ikki ruxsat berdim qo‘rqmayapti, o‘rganib qoldi» –
deydi ona.
Savol: Necha yoshdan boshlab bolalarga qo‘rqinchli «Ujas»,
«Vampir»lar haqidagi kinolarni ko‘rishga ruxsat berish mum-
kin? Kunning qaysi vaqtlarida? Bu mazmundagi kinolarni
ko‘rish nati
jasida bolada qanday xarakter xislatlari paydo
bo‘lishi mumkin?
23. Bir ona shunday deydi: «O‘g‘lim endi 4 yoshga kir-
gan, lekin u bola emas bir balo. Haddan tashqari sho‘x va
to‘polonchi. U qo‘pol so‘zli emas, yumshoq muomalali bola,
ba’zi vaqtda juda qobil bo‘ladi, ba’zan esa to‘nini teskari ki-
yib oladi. Hech qanday pand-nasihat foyda bermaydi: kechirim
so‘rab, endi qilmayman deydi-yu, darrov yana avvalgi qilig‘ini
qilaveradi. Unga tanbeh bersang, kulimsirab turadida: «Oyi-
jon achchiqlanmang» – deydi. Uning bu gapiga beixtiyor kul-
ging ham keladi. Yana bir odati o‘yinchoqlarni saqlay olmaydi.
Ularni bog‘chasiga olib boradi-da yo‘qotib keladi yoki bolalar-
ga ulashib beradi. Men uni qizg‘anchiq bo‘lmasin deyman, le-
kin o‘yinchoqlarni ehtiyot qilib tutish kerak-ku axir!»
Do'stlaringiz bilan baham: |