day tu tishiga baho bering. Nima uchun Madina uyda o‘zini
raman» – deydi ona bir marta. Odiljon yig‘lab, yo‘q deb be-
rishni talab qiladi. «Mumkin emas!» – deydi ona. Odiljon yana
marta takrorlanadi. Beshinchi martada ona taslim bo‘ladi:
nimga tegaverma!» – deydi. Endi Odiljon «Mumkin emas!»
441
28. 5 yoshli Ma’sud otasining soati qanday tuzilganini bi-
lishga qiziqib qoldi. U soatni astagina olib, qulog‘ini bura-
di. Keyin soatning ichini ochib, undagi g‘ildirakchalarni ush-
lab ko‘rdi; g‘ildirakchalar ko‘p edi… soat to‘xtab qoldi. Ma’sud
yig‘lay boshladi. Onasi soatni yurgiza olmadi.
– Endi menga dadam nima deydilar? – qo‘rqib ketib so‘radi
Ma’sud.
– Qo‘rqma bolajonim, dadangga soatni mushugimiz yerga
tushi rib yubordi, – deymiz, deb yupatdi o‘g‘lini ko‘ngli g‘ash
bo‘l gan ona.
Savol: Ma’sudning onasi va otasi o‘rtasidagi munosabat ha-
qida nima deyish mumkin? Bu munosabat bolaga qanday ta’sir
qiladi?
29. «Agar hozir xonangni yig‘ishtirmasang senga multfilm
ko‘rishga ham, o‘ynagani chiqishga ham ruxsat bermayman!»
– deydi 6 yoshli Saidaning onasi. Bu hamma oiladagi odatiy
holat.
Savol: Bolada ozodalik, batartiblik ko‘nikmasini hosil qilish
uchun yana qanday usullarni tavsiya qilasiz? Ona bolasini qil-
gan ishi uchun maqtashi kerakmi, nima uchun? Agar bola yu-
mushni bajarmasa ona qanday yo‘l tutishi kerak?
30. Bolasining qilgan o‘g‘irligi haqida birinchi marotaba
onaga tarbiyachisi yoki uning o‘rtog‘i aytib qoldi. Ona bun-
dan nomus qilib bolasini urishdi, urdi. Tarbiyachi bu xa-
barni onani ayblash, yomon ona ekanligini bildirish uchun
emas, balki bolani tarbiyalash uchun imkoniyat hisoblab ayt-
gan edi.
Savol: Bunday xabarni eshitgach bolani urish kerakmi? 6
yosh
dan kichik bolalar hali o‘g‘rilikning nimaligini, uning
oqibatini kattalar o‘ylaganchalik tushunmaydilar. Bolaning
o‘g‘rilik qilgan yoki qilmaganligini bilish uchun boladan qan-
day so‘ragan ma’ qul?
31. 2 yoshli bola kechirim so‘rashning mazmun-mohiyatini
tushu nib yetmaydi. 3 yoshli bola esa «kechiring» deb ayta oli-
shi mum kin. 4 yoshga yetib bolalar kechirim so‘rashga odatla-
nadilar va ma’lum bir qiliqlaridan voz kechishlari lozimligini
tushuna boradilar.
442
Savol: Kechirim so‘rash xohlagan qilig‘ini qilaverish uchun
imkoniyatmi? Qanday hollarda kechirim so‘raladi? Tarbiyachi,
ota-ona, umuman kattalar boladan qilgan yoki aytgan nojo‘ya
harakatlari uchun kechirim so‘rashlari kerakmi? Nima uchun?
32. Ba’zi bolalar ota-onasi aytganini qilishmasa polga yotib
olib yig‘lashadi.
Savol: Bunday hollarda nima qilgan ma’qul? Bu hol meh-
monda, bog‘chada, do‘konda tez-tez yuz berib tursa ota-ona-
ga qanday maslahat berar edingiz? O‘jar va qaysar bolalar bilan
ishlash tarbiyachiga qanday qiyinchilik tug‘diradi?
Do'stlaringiz bilan baham: