yati bilan ham bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Nutq apparatning
lari kiradi. Nafas olish organlari (o‘pka, bronxlar, nafas oli-
halqum) nutq organlari hisoblanadi. Eshitish organi nutq-
158
ni, ko‘rish organi yozma nutqni, shuningdek, og‘zaki nutqni
to‘ldiruvchi imo-ishoralarni idrok etishni ta’minlaydi. Yozish-
da (ko‘zi ko‘rmaydigan kishilarni o‘qitishda) nutq apparatiga
qo‘lning muskul-harakat sezgilari ham qo‘shiladi. Bola dastlab
nutqni egallayotgan davrida uning nutq tovushlariga bo‘lgan
rеaksiyasi juda umumlashgan xaraktеrga ega bo‘ladi. Masalan,
agar soatni bolaga «chiq-chiq» dеb tushuntirilgan bo‘lsa u «tik-
tik» dеgan so‘zga ham baribir soatni ko‘rsatavеradi. Bolalarda
hali nutq tovushlari yaxshi diffеrеnsirovka qilinmagan bo‘ladi.
Bosh miya po‘stlog‘ining nutq-eshitish, nutq-ko‘rish va
nutq-harakat markazlari deb ataluvchi qismlari nutq appa-
ratining markaziy qismi hisoblanadi. Nutqning eshitish marka-
zi bosh miya po‘stlog‘ining chap chakka tomonidagi nutqning
orqaroq qismida joylashgan. Nutqning harakat markazi chap
yarimshar ning manglay qismida joylashgan. Bu markazning
ishi buzilsa, ha rakat affaziyasi paydo bo‘ladi, ya’ni kishi ga-
pira olmaydigan bo‘lib qoladi. Bola qo‘lida qo‘ng‘iroq ushlab
turibdi deb faraz qilaylik. Bu holda bolada muskul harakat
sezgilari paydo bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida, qo‘ngiroqni
ushlash paytida u chiqargan ovoz, bolaning eshitish nervini
ham qo‘zg‘atadi, shundan so‘ng harakat vujudga keladi va ni-
hoyat harakat bolaning ongida ancha kengroq aks ettiriladi:
yuqoridagi uch refleksga to‘rtinchisi qo‘shiladi.
I.P.
Pavlov ta’limotiga ko‘ra, odamda muaffaqiyatli nerv
bog‘lanishlari qo‘zg‘atuvchilarning faqat bevosita ta’sir ko‘rsatishi
natijasiga emas, balki ana shu bevosita qo‘zg‘atuvchilar o‘rniga
keluvchi so‘z ta’sirida ham paydo bo‘ladi. Bunda so‘z bevosita
qo‘zg‘ovchilar bilan, voqelikning birinchi signallari bilan uzviy
bog‘lanishi tufayli, ya’ni o‘zining ma’nosiga ko‘ra qimmati tufay-
ligina voqelikning signali bo‘lib xizmat qiladi. Odam so‘zni voqe-
lik bilan bog‘lay olgan taqdirdagina uning ma’nosiga tushunadi.
Nutq turlari
Ovoz chiqarib talaffiiz etiladigan nutq tashqi nutq deb ataladi.
Lekin biz yuqorida aytib o‘tdik-ki, o‘ylayotgan paytimizda ovoz
chiqarmasdan ham nutqdan foydalanamiz. Tashqi nutq og‘zaki
va yozma bo‘ladi. Og‘zaki nutq monologik va dialogik nutq
159
bo‘lishi mumkin. Monologik nutq, nomining o‘zi ko‘rsatib tur-
ganidek bitta odamning nutqidir. U ko‘pincha boshqa kishilar-
ga, tinglovchilarga (ma’ruza, hikoya, majlisda so‘zga chiqish
va hokazolar tarzida) qaratilgan bo‘ladi, lekin tinglash pay tida
ham o‘zi uchun ovoz chiqarib talaffuz etilishi mumkin. Mono-
logik nutq tinglovchilarga qarata aytilayotgan vaqtda ular uchun
tushu
narli bo‘lishi kerak. Shuning uchun boshqalarga qarata
gapirayotgan odam o‘zining nutqi qanday idrok etilayotganini
hisobga olib borishi zarur. Shuni aytish kerak-ki boshlang‘ich
sinfda nutqning monologik shaklini suiiste’mol qilmaslik lo-
zim, kichik yoshdagi o‘quvchilar jonli suhbat jarayonida aytilgan
matnni ma’ruza tarzida bayon etilgan matnga qaraganda ancha
durustroq idrok etadilar, tushunadilar va o‘zlashtirib oladilar.
Dialogik nutq ikki yoki undan ko‘proq kishining suhbatidan
iborat bo‘ladi. Har bir so‘zlovchining fikrlari odatda almashinib
turadi va monologik nutqdek ancha davomli bo‘lmaydi. Ba’zan
dialogik nutq biror masala aniqlab beriladigan disput, munozara
formasini kasb etadi. Yozma nutqqa alohida talablar qo‘yiladi.
Kitobxon, odatda avtor yo‘qligida nutq mazmuni bilan tani-
shadi, shuning uchun nutq juda tushunarli, aniq bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari yozma nutqda nutqni aniqroq qilishga yordam
beradigan tegishli intonatsiya, mimika, imo-ishoralardan foyda-
lanish imkonini bermaydi. Shu munosabat bilan yozma nutq an-
cha qiyinchilik tug‘diradi. Og‘zaki nutq ancha qiziqroq bo‘lishi
mumkin, tinglovchi suhbatdoshidan tushunarsiz narsani hami-
sha aniqlab olish imkoniga ega bo‘ladi, yozma nutqni esa to‘liq,
kengaygan holda tuzish zarur. Og‘zaki yoki yozma nutq odamga
har xil talablar qo‘yadi. Bir xil kishilar yaxshi gapira oladilar-u
yomon yozadilar, boshqalari o‘z fikrlarini yozma ra vishda yax-
shi bayon qiladilar-u, lekin ularning og‘zaki nutqla rida (ayniq-
sa ko‘pchilik oldida gapirishga to‘g‘ri kelsa) nuqsonlar bo‘ladi.
Nutqning aytib o‘tilgan hamma turlari faol nutq tu shunchasiga
kiradi. Ammo passiv nutq ham bo‘ladi, bunda odam gapirmay
(yozmay) faqat tinglaydi. Passiv nutq boshqa kishi ning nutqi-
ni idrok etish va tushunishini o‘z icniga oladi. Buning uchun til
vositalarini (tovushlar, so‘zlar, ularning birikmalarini), ana shu
vositalar bilan ifodalanadigan fikrlarni ham aniqlab olish zarur.
160
VERBAL NUTQ
NOVERBAL NUTQ
TOVUSHSIZ
TOVUSHLI
NUTQ – kishilarning til vositasida
o‘zaro munosabatda bo‘lish jarayonidir
AKTIV NUTQ
Ichki
Monolog
Tashqi
Dialog
Og‘zaki
Yozma
REJALASHTIRISH
INTERAKTIV
PASSIV NUTQ
NUTQ VAZIFALARI
KOMMUNIKATIV
EKSPRESSIV
SIGNIFIKATIV
PERSEPTIV
Affektiv
epik
lakonik
impressiv
ekspressiv
ichki
tashqi
poliologik
dialogik
monologik
yozma
og‘zaki
Signifikatsiya
exologik (aks-sado)
Signifikatsiya
exologik (aks-sado)
verbal
noverbal
intonatsiya
pauza
temp
tembr
ish faoliyati
xulq-atvor
verbal ta’sir
noverbal ta’sit
paralingvistik ta’sir
identifikatsiya
refleksiya
stereotiplashtirish