Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Kuzatuvchanlik – shaxs sifati ekanligi

Odamlar tashqi olamni idrok qilish qobiliyatlariga ko‘ra bir-

birlaridan farq qiladilar. Ayrim kishilar yaxshi kuzata oladi-

lar, ular ning bu fazilati kuzatuvchanlik deb ataladi. Boshqa 

kishilar bu sifatga ega bo‘lmaydi. Odatda qiziquvchan odamlar 

kuzatuv chan bo‘ladilar. Kuzatuvchanlik qobiliyati odamda bi-

ron-bir narsani kuzatishni avvaldan o‘z oldiga maxsus ravish-

da maqsad qilib qo‘yishdangina emas, balki odatdagi kunda-

lik sharoitlarda, kuzatish niyati bo‘lmagan sharoitlarda ham 

ko‘zga tashlanadi. Bunda kuzatuvchan odam narsalarni ancha 

aniq idrok qiladi, aksincha bu qobiliyatga ega bo‘lmagan kishi 

ko‘pgina narsalarni payqamaydi, idrokda esa ko‘pgina xatoga 

yo‘l qo‘yadi. Shaxsning xislati bo‘lgan kuzatuvchanlik faoliyat-

ning hamma turlari uchun zarurdir. I.P. Pavlov shaxsning ku-

zatuvchanlik fazilatini yuksak darajada qadrlagan. Rassom va 

yozuvchining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ularning ana shunday 

shaxsiy fazilatga ega bo‘lishlariga bog‘liqdir, ular o‘zlarining 

ijodiy ishlari uchun doimo kuzatib, ma’lumot to‘playdilar.

Ayrim kishilarning kuzatuvchanligi moddiy narsalar bi-

lan ko‘proq aloqador bo‘ladi. Ular buyumning sifatiga, uning 

qanday materialdan tayyorlanganligiga ko‘proq e’tibor bera-

di, buyum ning afzal tomonlarini yaxshiroq ko‘radi. Bu xilda-

gi zehni o‘tkirlik narsalarga nisbatan kuzatuvchanlik deb ata-

ladi. Boshqa odamlar shaxsning psixik xususiyatlarini yaxshi 

payqab oladi, odamning ichki dunyosini yaxshi biladi. Bu oda-

mlarda psixologik kuzatuv chanlik o‘sgan bo‘ladi. Ayrim kishi-

lar kuzatuvchanlikning ikki turiga ham ega bo‘ladilar.

Odamlar idrok qilish sohasida bir-birlaridan yana shuni-

si bilan farq qiladilarki, kuzatuvchan kishilarning ayrimlari 

narsani o‘rganishda unga obyektiv ravishda yondashib, idrok 

etilayotgan narsaga xolisona munosabatda bo‘lishga harakat 



126

qiladi. Ularning idroki aniq bo‘ladi, voqelikka muvofiq kela-

di, ular idrok jarayonida o‘zlaridan hech narsa qo‘shmaydilar. 

Boshqalarda esa idroklari mazmuniga, ehtimol his-tuyg‘ulari va 

boshqa shu kabilar ta’sirida ko‘pgina shaxsiy subyektiv munosa-

batlari qo‘shilib ketadi. Bunday odamlar hodisalarni ko‘pincha 

yorqin, rangdor qilib tasvirlaydilar-u, ammo ular ning tasviri 

ko‘pincha noto‘g‘ri bo‘ladi, unchalik aniq bo‘lmaydi.

Narsa va hodisalarni rejali, izchil, ma’lum bir maqsad-

ni ko‘zlab idrok qilish kuzatish deb ataladi. Kuzata olish qo-

biliyati kishiga vaziyatni yaxshiroq fahmlab olishga, narsalarni 

yanada aniqroq idrok etishga, odamlarni durustroq tushunishga, 

ular ning tashqi xususiyatlari va ichki psixik sifatlarini puxtaroq 

bilib olishga imkon beradi. Ularning barchasi odamga yanada 

to‘g‘riroq ish ko‘rish, tevarak-atrofimizni qurshab olgan olam to-

monidan ko‘rsatuvchi ta’sirlarga oqilona javob qayta rish imkoni-

yatini yaratadi. Kuzatishni hamma odam ham uddalayvermaydi. 

Quyidagi shartlarga rioya qilingan taqdirda kuzatish to‘g‘ri 

o‘tkazilishi mumkin:

1.  Kuzatishdan ko‘zlangan maqsadni odam tushunib yetgan 

bo‘lishi zarur. Bordi-yu biror kimsaga: «Kuzating!» – desak-

u,  nimani va nima maqsadda kuzatish lozimligini tushuntirib 

bermasak uning kuzata olmasligi muqarrardir.

2. Kuzatish o‘tkazuvchi odam o‘zi kuzatmoqchi bo‘lgan 

narsasi haqida ozmi-ko‘pmi bilimga ega bo‘lishi zarur. Kuza-

tishimiz lozim bo‘lgan narsa haqida avvaldan hech narsani bil-

masak, kuzatish jarayonida ancha qiynalishimizga to‘g‘ri keladi.

3. Kuzatishni izchil ravishda, reja bo‘yicha o‘tkazish talab 

etiladi. Kuzatiladigan obyektni tartibsiz ravishda ko‘zdan ke-

chirish kamdan kam holdagina zarur natijalarga erishtiradi.

4. Kuzatish mumkin qadar mukammal, chuqur bo‘lmog‘i 

kerak. Kuzatiladigan obyektdagi eng muhim tomonlarni topish 

va narsani to‘g‘ri tushunishda ahamiyatli qismlarni sinchiklab 

ko‘zdan kechirish zarur.

5. Odamlarning tevarak-atrofidagi barcha narsalarga nis-

batan qanchalik o‘tkir mushohadaliligi ham idrokning sifat-

lariga bog‘liq. O‘tkir mushohadalilik shaxsning muhim xususi-

yati bo‘lib, ta’lim jarayonida uning ahamiyati kattadir.




127

Ko‘rgazmalilik – o‘zlashtirishning asosiy sharti ekanligi

Bolalarning kuzatishini uyushtirgan va yangi bilimning an-

cha samaraliroq o‘zlashtirilishini ta’minlash ishiga pedagogika-

da ko‘pdan buyon ishlab chiqilayotgan ta’limning ko‘rgazmalilik 

prinsipi ham xizmat qiladi. K.D. 

Ushinskiy (1824–1870) 

ham ta’lim berishdagi ko‘rgazmalilik haqida so‘z yuritgan: 

«Ko‘rgazmali tarzda ta’lim berish bu shunday ta’limki, u mav-

hum tasavvurlar va so‘zlar negizida emas balki bola bevosita 

idrok etgan kon kret obraz lar (bu obrazlar o‘qish davomida yo-

ki murabbiyning rahbarligi ostida idrok etiladimi yoxud ular 

oldinroq, bolaning mustaqil kuzatishi natijasida idrok etilgan-

mi, bundan mustasno holda) negizi da tashkil etiladigan bo‘lishi 

kerak...». Ta’limning ko‘rgazmaliligi tarbiyachining so‘zi bilan 

uyg‘unlashtirilgan tarzda maxsus vositalar (ko‘rgazmali qurol-

lar, texnik vositalar, namoyish qilinadigan tajribalar, turli eks-

kursiyalar va hokazo)dan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Bu 

vositalar bilimlarning o‘zlashtirilishini osonlashti 

radigan va 

bolalarda o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otishga yordam 

beradigan vositalar sifatida ishlatiladi. Hozirgi paytda ta’limda 

qo‘llanilayotgan ilg‘or innovatsion texnologiyalardan foydalanish, 

ta’lim berishning turli metodlari bunga yaqqol misoldir. Tad-

qiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, ko‘rgazmalilik prinsi-

pi ushbu metodlar jarayonida uyg‘unlashib ketadi, ta’lim jarayo-

niga boshqacha yondashish imkonini beradi. Inson idrokining 

eng muhim va o‘ziga xos bo‘lgan xusu siyatlaridan yana biri nutq 

matеriallarini idrok qila bilishdir. Ma’lumki, odamga til tug‘ma 

ravishda bеrilmaydi. Har bir bola yoshlik chog‘idan boshlab o‘z 

ona tilini o‘zlashtira boshlaydi. Bu jarayonda til matеriallarini, 

ya’ni tovushlarni, urg‘ularni, bo‘g‘inlarni, so‘zlarni, gaplarni, 

intonatsiyalarni to‘g‘ri idrok qila bilish juda katta ahamiyat-

ga egadir. Bolalar har bir tovushni, har bir so‘zni o‘zlarining 

o‘yin faoliyatlarida juda ko‘p martalab takrorlash orqali ularning 

to‘g‘ri aytilishini  (ya’ni to‘g‘ri talaffuz qilinishini), mazmunini 

o‘zlashtirib boradilar. Shu tarzda bolalarda nutq matеriallarini 

idrok qilish davomida har bir so‘zga nisbatan murakkab dina-

mik stеrеotip tarzidagi muvaqqat aloqalar yuzaga kеladi. Ana 




128

shu dinamik stеrеotip tarzidagi muvaqqat aloqalar hosil bo‘lgani 

tufayli bolalar har bir murakkab iborani yеngillik bilan idrok qi-

la oladigan bo‘ladilar. Nutqni idrok qilish bolalarning dunyoni 

bilish imkoniyatlarini kеngaytirib boradi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish