boshqa analizatorlarga xos sezgining paydo bo‘lishidir. Ay-
da «rangli eshi tish» qobiliyati bo‘lgan. Kuchli, quloqni kar
tovushlar esa oshiradi. Badanning birdaniga sovutilishi va
qizdirilishi ko‘rishni xiralashtiradi.
117
SEZGILAR
SEZGI XUSUSIYATLARI
Eksterotseptiv (tashqi) sezgilar
Propriotseptiv (muskul-pay) sezgilari
Interotseptiv (ichki) sezgilar
Ko‘rish
Uyqu
Adaptatsiya
Tebranish
Hid bilish
Og‘riq
Sintesteziya
Eshitish
Harorat
Sensibilizatsiya
Statik harakat
Ta’m bilish
Teri-tuyish
Ochiq
Kompensatsiya
Mushak bo‘g‘ini
Sezgi analizatorlari:
– retseptorlar;
– afferent (markazga intiluv-
chi) va efferent (markazdan
qochuvchi) nerv yo‘llari;
– maxsus hujayralar.
Tegishli sezgi organlariga ta’sir etib turgan narsa va hodisalar ning ayrim
xususiyatlarini ongimizda aks ettirishdan iborat bo‘lgan eng sodda psixik
jarayon sezgi deb ataladi.
118
Bir sezgi o‘rnini ikkinchi sezgi analizatori egallashi kompen-
satsiya deyiladi. Masalan, ko‘zi ojizlarda eshitish, hid bilish
va tuyish sezgilari kuchli bo‘ladi. Xonaga kirgan kishining
qa dam tovushidan kimligini aytib berishadi, maxsus bo‘rtiq
yozuvli kitob o‘qiydilar. Ham kar, ham ko‘zi ojiz odamlar-
da hid bilish va vibratsiya sezgilarining ahamiyati katta. Ay-
rim karlar royalda chalin gan musiqani «tinglaydilar». Bun-
da ular royalga orqa o‘girib o‘tiradilar yoki royal qopqog‘i
ustiga qo‘llarini qo‘yib oladilar, bu holat ularga tebranishni
yaxshi roq idrok qilishga yordam beradi. Bolalarda sezgilarni
yaxshiroq rivojlantirishning shart-sha roitlarini yaratish uchun
peda gog avvalo turli yosh davrlarda analizatorlar rivojlanishi-
da sodir bo‘luvchi qonuniy o‘zgarishlarni yaxshi bilishi hamda
hisobga olishi, ikkinchidan analizatorlar ning normal ishlashi-
ni ta’minlovchi tegishli shart-sharoitdan xabardor bo‘lishi, bu
shart-sharoitlarni hisobga olishi va sharoit yaratishi, uchin-
chidan esa, har qaysi sezgini rivojlan tirishga imkon beruvchi
mashqlarni bilishi, binobarin, bunday mashqlarni uyushtira
olishi zarur. Maxsus treninglardan foydalanish, ularni yakka
va guruhiy tarzda o‘tkazish ham yaxshi natija beradi. Peda-
gog albatta sezgi organlarini avaylash haqida tushuncha beri-
shi zarur. Ayniqsa, hozirgi kunlarda bolalar ning kompyu ter
o‘yinlariga be rilib ketishi ko‘rish sezgisiga, uyali tele fonlar esa
eshitish sezgisiga salbiy ta’sir qilayotganini bilishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: