Interoretseptorlar.
Organik sezgilar qorin ochlik, chanqash,
ichki organlardagi og‘riqlar natijasida hosil bo‘ladi. Odatda ta-
namiz sog‘lom, qornimiz to‘q va hech narsa bizni bezovta qilma-
gan paytlarda bizda og‘riq sezgilari deyarli paydo bo‘lmaydi.
Propriotseptorlar.
Harakat yoki kinestetik sezgilar bizga
o‘zimiz qilgan harakatlar haqida xabar beradi. Har bir odam hatto
ko‘zlarini yumib olgan bo‘lsa ham o‘z qo‘li, oyog‘i tana qismlari
qanday holatdaligini sezib turadi. Harakat sezgilarining retsep-
torlari paylarda, bo‘g‘inlarda va asosan muskullarda joylashgan.
Shu sababdan ularni ba’zan muskul sezgilari deb ham yuritiladi.
Muvozanat sezgilari boshimizning, gavdamizning harakati ham-
da fazodagi holati haqida darak beradi. Muvozanat sezgilarining
retseptorlari ichki quloqqa joylashgan. Bu organlarning normal
holati izdan chiqqan paytda odam o‘zini noxush sezadi (masa-
lan, boshi aylanadi yoki «dengiz kasalligi»ga uchraydi). Vibratsiya
sezgilari boshqa sezgilar orasida alohida o‘rin egallaydi, bu sezgi-
lar narsalarning tebranishi haqida xabar beradi. Buyumlarning va
havoning tebranishi vibratsiya sezgilarining qo‘zg‘atuvchilaridir.
112
Tananing butun ustki yuzasi qo‘zg‘atuvchilarning ta’sirini qabul
qilib oladi.
Sezgi chegaralari va sezgirlik
Sezgilarning kuchi turli darajada bo‘lishi mimkin. Sezgilarning
kuchi avvalo qo‘zg‘atuvchining kuchiga bog‘liq. Qo‘zg‘alish qancha-
lik kuchli bo‘lsa, hosil bo‘ladigan sezgi ham shuncha kuchli bo‘ladi.
Har qanday ta’sirdan ham sezgi hosil bo‘lavermaydi. Qo‘zg‘atuvchi
hech qanday sezgi hosil bo‘lmaydigan darajada sust ta’sir etishi
mumkin. Masalan, 1 gramm qandni bir stakan suvda eritib ichil-
sa shirinlik sezilmaydi. Dastlabki bilinar-bilinmas sezgining pay-
do bo‘lishi uchun qo‘zg‘atuvchi muayyan kuchga ega bo‘lishi zarur.
Qo‘zg‘alishning salgina sezila boshlagan darajasi sezgining pastki
yoki absolut chegarasi deyiladi. Sezgilarni hosil qiladigan qo‘zg‘alish
kuchi ortishi va kamayishi mumkin. Agar uyda bitta lampochka
yonib turgan bo‘lsa muayyan darajada yorug‘lik sezamiz. Agar ya-
na bitta lampochka yoqib qo‘yilsa yorug‘lik sezgisi kuchayadi. Agar
bir stakan choyga 6 gramm qand qo‘shsak shirin mazani sezamiz,
unga yana 2 gramm qand qo‘shsak farqni kimdir sezadi, kimdir
sezmaydi. Qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasidagi sezilar-sezilmas farqni sezish
farq qilish chegarasi deyiladi. Qo‘zg‘alish kuchining og‘riq tomon
yoqimsiz darajada o‘zgarishi sezgining yuqori chegarasi deyiladi.
Masalan kuchli tovush quloqni, boshni og‘ritadi. Kuchli yorug‘lik
ko‘zni qamashtirib ko‘rish o‘tkirligini pasaytiradi. Sezgi chegarala-
rining darajasi sezgirlikning darajasini belgilab beradi. Bu sezgir-
lik sezgi chegaralarining darajasiga teskari nisbatda bo‘ladi. Sez-
gi chegarasining darajasi qancha yuqori bo‘lsa, sezgirlik shunchalik
past bo‘ladi va aksincha sezgi chegarasining darajasi qanchalik past
bo‘lsa, sezgirlik shuncha kuchli bo‘ladi. Sezgi chegaralariga qarab
absolut sezgirlik va farq qilish sezgirligi ajratiladi. Sezgi darajasi sez-
gi o‘tkirligi deb ham yuritiladi. Masalan ko‘rish, eshitish o‘tkirligi,
ta’m bilish nozikligi va boshqalar.
Sezgilarning umumiy xususiyatlari
Har bir odam o‘zining sezgi xususiyatlari, sezgirlik darajasi bi-
lan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi sezgi xususiyatlari farqlanadi:
adaptatsiya, sensibilizatsiya, sinesteziya, kompensatsiya.
113
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |