intellektual test
lar kat-
ta ahamiyatga ega. Intellektual testlarda bolalarning umumiy
aqliy taraqqiyot darajalari aniqlanadi. Test vazifalari bolalar-
ning o‘yin faoliyatlari bilan bog‘lansa, bolalar bunday vazifalar-
ni bajon-u dil bajaradilar. Masalan: biron butun narsaning may-
da bo‘laklarga ajratib tashlangan qismlarini yig‘ib murakkab va
chiroyli annimatsiyalar yasay olish, turli labirintli suratlardan
to‘g‘ri yo‘lni topa bilish vazifalarini bajarishda foydalanish mum-
kin. Masalan: test metodida bolalarga topshiriladigan vazifalar
32
bir necha variantda bo‘lib, ular kuchlari yetgan variantlarda-
gi vazifalarni bajaradilar. Har bir bajarilgan vazifaga ball siste-
masida baho qo‘yib boriladi. Vazifalardan qanchasini bajargan-
ligi va to‘plangan baliga qarab, bolalarning o‘rtacha taraqqiyot
darajasi aniqlanadi.
Sotsiometriya metodi.
Bu metod guruhlarda shaxslararo afzal
ko‘rish, befarqliklarni aniqlash usulini va hissiy afzal ko‘rishlarni
qayd qilish texnikasini aniqlashda qo‘llaniladi. Unga amerikalik
sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida
muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatini aniq-
lash uchun uning qaysi faoliyatlarda kim bilan birga qatnashi-
shi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval
shaklida ifodalanadi. Odatda sinaluvchilardan quyidagicha savol-
larga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan birga
borishni xohlaysan?», «Imtihonga kim bilan birga tayyorlanish-
ni istaysan?», «Kim bilan qo‘shni bo‘lib yashashni yoqtirasan?»,
«Partada kim bilan yonma-yon o‘tirishni istar eding?» va hokazo.
Har bir savol sotsiometrik mezon (o‘lchov) vazifasini bajaradi va
turmush voqeligidan olinib turli yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Si-
naluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng maqbul»
deb tanlashi lozim.
Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta
«maydon»ga ajratiladi, qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar esa uch-
burchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni fa-
miliyalar soniga to‘gri keladi. Guruh a’zolarining o‘zaro munosa-
batlari doira va uchburchaklar strelkalar bilan biriktirilganda o‘z
ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatlarga ega bo‘lgan sinaluv-
chi doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruhning lideri, eng
yoqimtoyi («Yulduzi») hisoblanali. Sotsiometrik usul bilan shaxs-
lararo munosabatlarning darajasi va ko‘lami aniqlanadi. Qizlar va
o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar, yosh ko‘rsatkichlari xu-
susiyatlari bilan taqqoslanadi. Ko‘rsatkichlarga qarab guruhda-
gi munosabatlar, ularning o‘ziga xosligi, psixologik mexanizm-
lar haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga nazariy ahamiyatga
molik g‘oyalar olg‘a suriladi, amaliy ko‘rsatmalar beriladi, tavsi-
yalar bildiriladi.
33
1-rasm.
Sotsiogramma.
Kasb psixologiyasida tadqiqotning sotsiometrik metodi sha-
roitga muvofiqlashtirilgan kichik guruhdagi shaxslararo munosa-
batni o‘lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga be-
vosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish orqali
guruh a’zolarinig o‘zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi. Ay-
nan shu usul bilan mehnat jamoalari, kollej va oliy maktab tala-
balari, turli muassasalarning xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar-
ning xususi yatlari dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlarning sabablari
o‘rganiladi. Umuman aytganda, sotsiometriya metodidan turli
yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi
psixologik qonuniyatlarni tadqiq etishda unumli foydalanish mum-
kin. Hozir sotsiometriya usuli ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan
kundalik hayotdagi voqealarga odamlarning munosabatlarini, ja-
34
moatchilik fikrini o‘rganishda keng qo‘llanilmoqda. Odamlarning
sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati, turli ehtiyojlari, motiv-
lari, qiziqish, intilish, harakatlari va hokazolar muayyan tartib va
qoidalarga binoan tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy psixologik
hamda sof psixologik ildizlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.
Bolalar psixologiyasida esa sotsiometrik metod yordami bilan
har bir guruhda bolalarning o‘z tengqurlari o‘rtasida yuzaga ke-
layotgan o‘zaro munosabatlari va ularning guruhda tutgan mavqe-
lari o‘rganiladi. Sotsiometriya metodi yordami bilan bolalarning
guruhdagi o‘zaro munosabatlarini, ya’ni bir-birini yoqtirishlari
yoki yoqtirmasliklarini quyidagi uslubda o‘rganish mumkin. Gu-
ruhdagi bolalarning har birini yechinish xonasiga chaqirib, un-
ga 4–5 ta chiroyli qilib ishlangan o‘yinchoq ko‘rsatiladi (ma-
salan, chiroyli mashi na, toycha, ayiqcha, to‘pponcha, qayiqcha
kabi). Ana shu o‘yinchoqlardan bitta o‘zingga yoqqanini tanlab
olgin va uni guruhdagi eng yaxshi ko‘rgan o‘rtog‘ingning shkafi-
ga sovg‘a sifatida qo‘yib qo‘y, deyiladi. Bola biroz o‘ylab turgach,
yaxshi ko‘rgan bolalaridan birining shkafiga qo‘yib qo‘yadi. Gu-
ruhdagi hamma bolalar bu vazifani bajarib bo‘lganlaridan so‘ng
eng ko‘p sovg‘a kimning shkafiga qo‘yilganligi aniqlanadi. Ana
shu ma’lumotlar asosida bolalarning guruhdagi o‘zaro munosa-
batlariga doir sotsiogramma tuziladi. Shkafiga eng ko‘p sovg‘a
(o‘yinchoq) qo‘yilgan bola guruhning eng sevimlisi va shka figa
bironta ham sovg‘a qo‘yilmagan bola guruhning inkor qilgan,
ya’ni yoqtirmagan odami bo‘lib chiqadi va bu bola bilan korrek-
sion ishlar olib boriladi.
Shunday qilib, sotsiometrik metodni maktabgacha ta’lim muas-
sasasi yoshidagi bolalarga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Har
bir tarbiyachi o‘z guruhidagi bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy
rivojlanish xususiyatlarini, bolalar psixik taraqqiyotining umumiy
qonuniyatlarini kuzatib aniqlashi zarur. Shu bilan birgalikda tar-
biyachi bolalarga nisbatan individual munosabatda bo‘lishning
to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarini belgilash maqsadida har bir bolaning in-
dividual psixologik xususiyatlarini aniqlashga intilishi lozim. Ilk
yosh va kichik guruhlarda sotsiometriya metodini qo‘llash de-
yarli natija bermadi. Bu yoshdagi bolalarda faqat «o‘zim» degan
tushuncha ustun bo‘lgani sababli kichik guruhdagi bolalar bilan
35
o‘tkazilganda quyidagi natijaga erishildi. Vasila 3 yoshu 4 oylik.
Tajribada qizcha katta qo‘g‘irchoqni tanladi va o‘zining shkafiga
olib borib qo‘ydi. Sababi so‘ralganda «Bu meniki, u menga yoqa-
di» dedi. Mirjalol 3 yoshu 8 oylik. Marjalol katta mashinani tan-
ladi. «Shu yerdagi eng yaxshi ko‘rgan odamingga ber» deyilganda
u tarbiyachisiga olib borib berdi. Qolgan bolalar bilan ham shun-
ga o‘xshash natijalar ko‘rildi.
Katta guruhda sotsiometriya metodining qo‘llanishi quyidagi
natijalarni ko‘rsatdi. Tajriba 16 ta bola bilan o‘tkazildi. Avvaldan
tayyorlab kelgan turli rang-barang predmetlar, o‘yinchoqlar, gullar
tasvirlangan rasmli kartochkalarni stol ustiga o‘ng tomoni bilan
qo‘yildi. Bolalarni navbatma-navbat chaqirib «O‘zingga juda yoq-
gan rasmni tanlab ol!» deyildi. Hamma bolalar olib bo‘lgach,
«Rasmlarni ko‘rib bo‘ldingiz, endi shu rasmli kartochkani shu
yerdagi o‘zing eng yaxshi ko‘rgan o‘rtog‘ingga bergin», deb aytil-
ganda ba’zi bolalarda ko‘proq, ba’zilarida kamroq kartochka-
lar hosil bo‘lgan. Qolgan tajribalarda ham shunga o‘xshash nati-
jalarga erishilgan. Demak, sotsiometriya metodining natijalariga
ko‘ra tarbiyachi va psixolog bolalar bilan yakka tartibda ishlar
olib borishni bilishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |