Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

intellektual test
lar kat-
ta ahamiyatga ega. Intellektual testlarda bolalarning umumiy 
aqliy taraqqiyot darajalari aniqlanadi. Test vazifalari bolalar-
ning o‘yin faoliyatlari bilan bog‘lansa, bolalar bunday vazifalar-
ni bajon-u dil bajaradilar. Masalan: biron butun narsaning may-
da bo‘laklarga ajratib tashlangan qismlarini yig‘ib murakkab va 
chiroyli annimatsiyalar yasay olish, turli labirintli suratlardan 
to‘g‘ri yo‘lni topa bilish vazifalarini bajarishda foydalanish mum-
kin. Masalan: test metodida bolalarga topshiriladigan vazifalar 


32
bir necha variantda bo‘lib, ular kuchlari yetgan variantlarda-
gi vazifalarni bajaradilar. Har bir bajarilgan vazifaga ball siste-
masida baho qo‘yib boriladi. Vazifalardan qanchasini bajargan-
ligi va to‘plangan baliga qarab, bolalarning o‘rtacha taraqqiyot 
darajasi aniqlanadi.
Sotsiometriya metodi.
Bu metod guruhlarda shaxslararo afzal 
ko‘rish, befarqliklarni aniqlash usulini va hissiy afzal ko‘rishlarni 
qayd qilish texnikasini aniqlashda qo‘llaniladi. Unga amerikalik 
sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida 
muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatini aniq-
lash uchun uning qaysi faoliyatlarda kim bilan birga qatnashi-
shi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval 
shaklida ifodalanadi. Odatda sinaluvchilardan quyidagicha savol-
larga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan birga 
borishni xohlaysan?», «Imtihonga kim bilan birga tayyorlanish-
ni istaysan?», «Kim bilan qo‘shni bo‘lib yashashni yoqtirasan?», 
«Partada kim bilan yonma-yon o‘tirishni istar eding?» va hokazo. 
Har bir savol sotsiometrik mezon (o‘lchov) vazifasini bajaradi va 
turmush voqeligidan olinib turli yo‘nalishda bo‘lishi mumkin. Si-
naluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng maqbul» 
deb tanlashi lozim. 
Guruhiy tabaqalanishni ko‘rsatish uchun sotsiogramma to‘rtta 
«maydon»ga ajratiladi, qizlar doiracha bilan, o‘g‘il bolalar esa uch-
burchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni fa-
miliyalar soniga to‘gri keladi. Guruh a’zolarining o‘zaro munosa-
batlari doira va uchburchaklar strelkalar bilan biriktirilganda o‘z 
ifodasini topadi. Eng ko‘p munosabatlarga ega bo‘lgan sinaluv-
chi doiraning markazidan o‘rin oladi. U guruhning lideri, eng 
yoqimtoyi («Yulduzi») hisoblanali. Sotsiometrik usul bilan shaxs-
lararo munosabatlarning darajasi va ko‘lami aniqlanadi. Qizlar va 
o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar, yosh ko‘rsatkichlari xu-
susiyatlari bilan taqqoslanadi. Ko‘rsatkichlarga qarab guruhda-
gi munosabatlar, ularning o‘ziga xosligi, psixologik mexanizm-
lar haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga nazariy ahamiyatga 
molik g‘oyalar olg‘a suriladi, amaliy ko‘rsatmalar beriladi, tavsi-
yalar bildiriladi.


33
1-rasm.
Sotsiogramma.
Kasb psixologiyasida tadqiqotning sotsiometrik metodi sha-
roitga muvofiqlashtirilgan kichik guruhdagi shaxslararo munosa-
batni o‘lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga be-
vosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish orqali 
guruh a’zolarinig o‘zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi. Ay-
nan shu usul bilan mehnat jamoalari, kollej va oliy maktab tala-
balari, turli muassasalarning xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar-
ning xususi yatlari dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlarning sabablari 
o‘rganiladi. Umuman aytganda, sotsiometriya metodidan turli 
yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruhlaridagi 
psixologik qonuniyatlarni tadqiq etishda unumli foydalanish mum-
kin. Hozir sotsiometriya usuli ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan 
kundalik hayotdagi voqealarga odamlarning munosabatlarini, ja-


34
moatchilik fikrini o‘rganishda keng qo‘llanilmoqda. Odamlarning 
sodir bo‘layotgan voqealarga munosabati, turli ehtiyojlari, motiv-
lari, qiziqish, intilish, harakatlari va hokazolar muayyan tartib va 
qoidalarga binoan tizimlashtiriladi, ularning ijtimoiy psixologik 
hamda sof psixologik ildizlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi. 
Bolalar psixologiyasida esa sotsiometrik metod yordami bilan 
har bir guruhda bolalarning o‘z tengqurlari o‘rtasida yuzaga ke-
layotgan o‘zaro munosabatlari va ularning guruhda tutgan mavqe-
lari o‘rganiladi. Sotsiometriya metodi yordami bilan bolalarning 
guruhdagi o‘zaro munosabatlarini, ya’ni bir-birini yoqtirishlari 
yoki yoqtirmasliklarini quyidagi uslubda o‘rganish mumkin. Gu-
ruhdagi bolalarning har birini yechinish xonasiga chaqirib, un-
ga 4–5 ta chiroyli qilib ishlangan o‘yinchoq ko‘rsatiladi (ma-
salan, chiroyli mashi na, toycha, ayiqcha, to‘pponcha, qayiqcha 
kabi). Ana shu o‘yinchoqlardan bitta o‘zingga yoqqanini tanlab 
olgin va uni guruhdagi eng yaxshi ko‘rgan o‘rtog‘ingning shkafi-
ga sovg‘a sifatida qo‘yib qo‘y, deyiladi. Bola biroz o‘ylab turgach, 
yaxshi ko‘rgan bolalaridan birining shkafiga qo‘yib qo‘yadi. Gu-
ruhdagi hamma bolalar bu vazifani bajarib bo‘lganlaridan so‘ng 
eng ko‘p sovg‘a kimning shkafiga qo‘yilganligi aniqlanadi. Ana 
shu ma’lumotlar asosida bolalarning guruhdagi o‘zaro munosa-
batlariga doir sotsiogramma tuziladi. Shkafiga eng ko‘p sovg‘a 
(o‘yinchoq) qo‘yilgan bola guruhning eng sevimlisi va shka figa 
bironta ham sovg‘a qo‘yilmagan bola guruhning inkor qilgan, 
ya’ni yoqtirmagan odami bo‘lib chiqadi va bu bola bilan korrek-
sion ishlar olib boriladi.
Shunday qilib, sotsiometrik metodni maktabgacha ta’lim muas-
sasasi yoshidagi bolalarga nisbatan ham qo‘llash mumkin. Har 
bir tarbiyachi o‘z guruhidagi bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy 
rivojlanish xususiyatlarini, bolalar psixik taraqqiyotining umumiy 
qonuniyatlarini kuzatib aniqlashi zarur. Shu bilan birgalikda tar-
biyachi bolalarga nisbatan individual munosabatda bo‘lishning 
to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarini belgilash maqsadida har bir bolaning in-
dividual psixologik xususiyatlarini aniqlashga intilishi lozim. Ilk 
yosh va kichik guruhlarda sotsiometriya metodini qo‘llash de-
yarli natija bermadi. Bu yoshdagi bolalarda faqat «o‘zim» degan 
tushuncha ustun bo‘lgani sababli kichik guruhdagi bolalar bilan 


35
o‘tkazilganda quyidagi natijaga erishildi. Vasila 3 yoshu 4 oylik. 
Tajribada qizcha katta qo‘g‘irchoqni tanladi va o‘zining shkafiga 
olib borib qo‘ydi. Sababi so‘ralganda «Bu meniki, u menga yoqa-
di» dedi. Mirjalol 3 yoshu 8 oylik. Marjalol katta mashinani tan-
ladi. «Shu yerdagi eng yaxshi ko‘rgan odamingga ber» deyilganda 
u tarbiyachisiga olib borib berdi. Qolgan bolalar bilan ham shun-
ga o‘xshash natijalar ko‘rildi.
Katta guruhda sotsiometriya metodining qo‘llanishi quyidagi 
natijalarni ko‘rsatdi. Tajriba 16 ta bola bilan o‘tkazildi. Avvaldan 
tayyorlab kelgan turli rang-barang predmetlar, o‘yinchoqlar, gullar 
tasvirlangan rasmli kartochkalarni stol ustiga o‘ng tomoni bilan 
qo‘yildi. Bolalarni navbatma-navbat chaqirib «O‘zingga juda yoq-
gan rasmni tanlab ol!» deyildi. Hamma bolalar olib bo‘lgach, 
«Rasmlarni ko‘rib bo‘ldingiz, endi shu rasmli kartochkani shu 
yerdagi o‘zing eng yaxshi ko‘rgan o‘rtog‘ingga bergin», deb aytil-
ganda ba’zi bolalarda ko‘proq, ba’zilarida kamroq kartochka-
lar hosil bo‘lgan. Qolgan tajribalarda ham shunga o‘xshash nati-
jalarga erishilgan. Demak, sotsiometriya metodining natijalariga 
ko‘ra tarbiyachi va psixolog bolalar bilan yakka tartibda ishlar
olib borishni bilishlari zarur.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish