Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

So‘rov metodi
ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida bir-
lamchi ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan hisobla-
nadi. Unda tekshiriluvchi tomonidan qo‘yilgan qator savollarga 
javob qaytarish kerak bo‘ladi. So‘roq metodining og‘zaki, yoz-


29
ma (anketa), erkin (suhbat), usullari mavjud. Og‘zaki so‘roq yoki 
oddiygina qilib suhbat metodini o‘tkazadigan shaxs unga ma’lum 
darajada tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Agar professional mahora-
ti yoki tajribasi yetarli bo‘lmasa so‘rov natija bermasligi mum-
kin. Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yor-
damida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish 
mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan 
javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‘z fikrini bayon etish imkoni-
yatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda 
javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, 
shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi. So‘roqning 
ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo‘lib, birin-
chisida oldindan nimalar so‘ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ik-
kinchi shaklida esa, hattoki, kompyuterda dasturi ishlab chiqilib, 
minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so‘roq o‘tkazilishi 
nazarda tutiladi.
Bolalar psixologiyasida so‘rash-suhbat metodidan ancha chek-
langan holda foydalaniladi. Bu metodni bog‘cha yoshidagi bola-
larga nisbatan deyarli qo‘llab bo‘lmaydi, chunki bu yoshdagi 
bolalarda turmush tajribasi juda oz, tafakkurlari hali yaxshi rivoj-
lanmagan bo‘ladi. Shu sababli kichik yoshdagi bolalar kattalar-
ning bergan savollariga o‘ylamay-netmay javob qaytaraveradilar. 
So‘rash metodidan foydalanilganda odatda juda sodda ishlangan 
rasmlardan, predmetlardan foydalaniladi. 
Bu metodni 5–6 yoshli bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin. 
Bunda bolalarga turli mavzularga doir savollar beriladi va ular-
dan og‘zaki suhbatning mavzusi va suhbat paytida bolalarga be-
riladigan savollar oldindan yaxshilab o‘ylab olinadi. Suhbat jara-
yonida javoblarni yozib olib, keyinchalik javoblarni tahlil qilish 
mumkin. Suhbat metodini o‘tkazishda quyidagilarga rioya qilish 
talab etiladi:
1) suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot 
darajalariga va yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak;
2) savollar rejali va maqsad asosida tuzilishi kerak;
3) suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, to‘liq javob olish 
kerak;
4) suhbatni haddan tashqari cho‘zib yubormaslik kerak;


30
5) suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar ha-
qida tasavvurlari, qiziqishlari va odamlar bilan bo‘lgan munosa-
batlarini o‘rganish mumkin.
Testlar
hozirgi vaqtda keng qo‘llanilayotgan tekshiruv metod-
laridan biridir. Test inglizcha so‘z bo‘lib sinash, tekshirish de-
makdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini irodaviy sifatlari 
va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladi. Test-
lar ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, 
kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodli yoki iste’dodli 
emasligini, aqliy darajasini aniqlashda, kishilarni saralash-
da keng qo‘llaniladi. Hozirgi davrdagi mashhur psixologlardan 
biri E.I. Rogov o‘zining «Настольная книга практического 
психолога» kitobida (Москва ВЛАДОС nashriyoti, 1999-yil. 
1-tom) «Shaxs tipologik xususiyatlarini aniqlash», «O‘qituvchi 
o‘quvchi munosabatlari darajasini aniqlash», «Pedagogik tajo-
vuzkorlikni (so‘zini o‘tkaza olishni) baholash» singari test na-
munalarini berilgan. 
1905-yilda, ya’ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi 
A. Simon insonning aqliy o‘sishi va iste’dodi darajalarini o‘lchash 
imkoniyati borligi g‘oyasini ilgari surgandan keyin psixologiyada 
test metodining bir necha xillari qo‘llana boshlangan edi. 
Psixologlar K.M. Gurevich, V.A. Krutestkiy, E.I. Rogov va 
boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsipda tu-
zi l gan. Ular testlar tafakkur ko‘rsatkichi bo‘lishi uchun harakat 
qildilar va muayyan yutuqlarga ham erishdilar. Hozirgi vaqt-
da bolalarni maktabga olishda, kasb-hunarga yaroqliligini aniq-
lashda, ishga qabul qilishda va boshqalarda test sinovlari keng 
qo‘llanilmoqda. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlar 
Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, 
Agastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish 
mumkin. 
Test metodining quyidagi turlari mavjud; test-so‘rov, test-top-
shiriq, proyektiv testlar, intellektual testlar. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish