Bolalar temperamentiga tavsifnoma
Flegmatik mijozli bolalar
Harakatlari sust, kamgap, muayyan bir narsani kuzatib, uzoq
vaqt tinch o‘tira oladi. O‘z diqqatini bir narsaga qaratib, tevarak-
atrofdagilarga e’tiborsiz bo‘la oladi. Uning har bir ishi va faoli-
yatida qandaydir erinchoqlik holatlarini kuzatish mumkin. O‘ziga
berilgan topshiriq va vazifalarni sira shoshilmay bajaradi. Bun-
day bola ovqat tanlamaydi, bori bilan qanoatlanadi. U biror vazi-
fani bajarishda tengqurlaridan orqada qolib ketishi mumkin. Le-
kin siz amin bo‘lavering, ishi boshqalarnikiga nisbatan puxtaroq
va sifatliroq bo‘ladi. Bolaning xatti-harakatiga ko‘proq e’tibor
bersangiz, uning sustligi, savolingizga turib-turib javob berishi,
hozirjavob emasligi ma’qul tushmaydi. Bola o‘ylab ish ko‘radi, o‘z
faoliyatini rejalab, puxta bajaradi, u zehnli, xotirasi yaxshi. Uy-
ro‘zg‘or ishlariga pishiq. Yangi g‘oya va kashfiyotlardan yiroq-
dir. Murg‘aklik chog‘laridanoq uning tartibga, doimiy bir tizim-
ga intilishini sezasiz. O‘z narsalarini taxlab, belgilangan joyga
qo‘yishini, o‘yinchoqlariga ham nech kim tegmasligini, ular
saqlanadigan joyni o‘zgartirmasligini xohlaydi. Choy ichganga o‘z
piyolasini talab qilib, janjallashishi mumkin. Yangi joy, sharoit-
larga ko‘nikib ketishi qiyinroq bo‘lib, atrofdagilarni qiyin ahvolga
solib, qiynab qo‘yishi kuzatiladi. Tengdoshlari bilan tez kirishib
keta olmaydi. Hamma uni zerikarli bola deb biladi, chunki u
chopmaydi, to‘polon qilmaydi. «Zarur», «shuni qilish kerak» de-
gan so‘zlar uning uchun katta mohiyatga ega. Bu uning turmush
tarzi, burch va javobgarlik hissi unda yaxshi rivojlangan. Kel-
gusida bunday bolalar ota-onaning ishongan suyanchig‘i bo‘lib
qoladilar. Bunday bolalar ichida tasviriy san’atga qiziqadiganlari
ko‘p bo‘ladi.
Xolerik mijozli bolalar
Bunday bola o‘z istagi va maqsadini amalga oshirishi uchun
hech narsadan tap tortmaydi, erkalik qiladi, janjal ko‘taradi,
202
qaysarlik qiladi, lekin o‘z aytganini bajartiradi. Hamma narsa
uning irodasi va kayfiyatiga bog‘liq, uning yuz ifodasi jonli. U
goho qaysar, intiluvchan va tavakkalchi bo‘lsa, goho e’tiborsiz,
beixtiyor «bajaruvchi» va indamas bo‘lib qoladi. U «buyuk
xayolpa rast», O‘zi ta’sirlangan narsalarni oqizmay-tomizmay
san’atkorona va mahorat bilan so‘zlab bera oladi. Xolerik mijozli
bolani olov bilan qiyoslashingiz mumkin. Hattoki rasm solganda
qizil, to‘q ranglardan ko‘proq foydalanadi va voqea-hodisa larni
ifodali qilib aks ettiradi.
O‘zi yaxshi ko‘rgan odamlarga nisbatan oqibatli bo‘lib, ular ga
qo‘lidan kelgancha yordam beradi. Ta’lim jarayoni uni biroz qiy-
nasa ham o‘qish zarurligini sezgan holda, bor kuchini ayamay-
di. U kam uxlasada tetik yuradi, ishtaha bilan ovqatlanadi.
Uning fikr-mulohazalari o‘rinli ekani sizni hayratga soladi, bu
tabiiy hol. Uning fikrlash jarayonini ta’riflash va sharhlash qi-
yin bo‘ladi. U kuch ta’siri ostida o‘z tuyg‘ularini, kechinmalarini
va jahlini tizginlay bilmaydi. Lekin biroz vaqt o‘tgach so‘ngan
vulqondek osoyishta bo‘lib qoladi. Uni to‘g‘ri tushunish va sabr-
toqatli bo‘lish kerak. Kuch-g‘ayratini namoyon qilishiga imkoni-
yat yaratish va ma’lum natijaga erishish yo‘lini izlash lozim. Ar-
zimagan narsaga «pov» etib yonadigan bolaga uy ham ko‘cha
ham torlik qiladi unga miriqib o‘ynash, yugurish, o‘mbaloq
oshish uchun sharoit yaratish kerak. Kesatiqqa, masxaraomuz
gaplarga o‘ta sezgir bo‘lib, salbiy javob qaytaradi, o‘chakishadi.
Sangvinik mijozli bolalar
Bola harakatchan, epchil. Diqqati o‘zgaruvchan, bir narsaga
bir daqidadan ko‘p e’tiborini ushlab tura olmaydi. Uni kichkina
chumchuqqa o‘xshatish mumkin: u hamma joyda bo‘lishga ul-
guradi, hamma narsani bilishga intiladi. Kattalarga uning xatti-
harakati yoqavermaydi. Barcha uni birdek jiddiy emas, e’tiborsiz,
o‘z-o‘zini boshqara olmaydi deydilar-u, baribir yaxshi ko‘radilar,
ko‘rmasalar sog‘inadilar. Chuchuktomoq, tez-tez va oz-ozdan ta-
maddi qiladi. Mevalarga o‘ch, tuzlamalarni jon-jon deb yeydi.
Tez uxlab, erta uyg‘onadi. Uning ichki dunyosi tuyg‘ularga boy,
ammo bu munosabatlarda yaqqol namoyon bo‘lmaydi. Bunday
bolaga ta’sir ko‘rsatish uchun uning hurmatini, ijobiy munosa-
203
batini qozonish lozim. Kayfiyatining o‘zgaruvchanligini hisob-
ga olib, kun tartibini qiziqarli tashkil qilish kerak. Bunday bo-
la yangi ishga berilib kirishib ketadi, lekin ishdan tez sovushi
mumkin. Darsda parishonxotirligi bilan ajralib turadi. Tevarak-
atrofda ro‘y berayotgan hamma narsa uning diqqatini o‘ziga tor-
tadi. U qobiliyatli, kitob o‘qishni yaxshi ko‘radigan, hamma nar-
saga qizi qadigan bola bo‘lsada, unda yetarlicha matonat yo‘q.
Shoshqaloqligidan yozma ishda ko‘p xato qiladi. Yomon baho ol-
gandan keyin yig‘lab yuborishi mumkin, lekin 5 daqiqadan keyin
uning quvnoqligi tutib, kulib turganini ko‘rasiz. Bu bolalar hech
narsani o‘zlariga qattiq olmaydilar, bergan va’dalarini tez unutib
qo‘yadilar. Biror narsaga qiziqib ketsa, dunyodagi hamma narsani
unutadi va bu qiziqish barqaror xarakter kasb etadi. Bunday bo-
la o‘zining harakatchanligi, quvnoqligi, gapga kirishi, yuz ifoda-
sining jonliligi bilan yoqimlidir. Lekin unga ko‘proq tanbeh be-
rishga to‘g‘ri keladi.
Melanxolik mijozli bolalar
Bu tipdagi bolaning ichki dunyosini sirli olam deyish mum-
kin. Ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msab, o‘zini chetga tortadi, tinch
o‘yinlarni izlaydi. Kayfiyatiga moslashish juda qiyin. Qachon
qarasangiz g‘amgin bo‘lib yuradi, uni kuldirish amri mahol. O‘z
yoshiga nisbatan aqlli ko‘rinadi, uning mantiqan fikr yuritishlari
kishini hayratda qoldiradi. Lekin unda «kichkintoy» odatlarini
ham ko‘rish mumkin, barmoqlarini og‘ziga solishi, tirnoqlarini
tishlashi va boshqalar g‘ashingizga tegadi-ki, uni ko‘p koyiysiz.
Rasm solish, kitob o‘qish jonu dili, bema’ni hikoyalar, qo‘rqinchli
voqealar, turli ertaklarni yoqtiradi. Ma’qul ko‘rgan odamlari bi-
lan emin-erkin gaplashadi, aksincha uning diliga kalit topish juda
qiyin, u «indamaslar» qatoridan o‘rin olgan. Kam harakat eka-
ni, uyquga kech yotishi, kun bo‘yi yolg‘iz bo‘lib aqliy faoliyat bi-
lan shug‘ullanishi sababli boshi og‘rishi mumkin. Uyqusida be-
zovta bo‘lishi, ishtahasi bo‘g‘ilishi mumkin. Ohista yuradi, qaddi
bukchayadi, tez-tez charchoqni sezadi va yanada odamovi bo‘lib,
o‘zini chetga tortadi. Tabiatan nozik bo‘lib, kasalmand odam-
ga o‘xshaydi. U kattayu kichikka, tengdoshlariga doimo yordam-
ga tayyor.
204
Temperament ustida ishlash odamga o‘z temperamentining
quliga aylanib qolmaslik, balki uni idora qila bilish imkoniyat-
larini beradigan iroda va mustahkam xarakterni tarbiyalash bilan
uzviy ravishda bog‘lanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |