Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Melanxolik
sentizivligi yuksak, tortinchoq, g‘ayratsiz, 
arazchan, xafaqon. Jimgina yig‘laydi, kam kuladi. Qat’iyligi va 
mustaqilligi zaif. Tez toladi, diqqati beqaror. His-tuyg‘usi sust 
o‘zgaradi. Rigid, interavertlashgan.
Oliy nerv faoliyati va temperament tiplari
I.P. Pavlov temperament xususiyatlarini belgilab beruvchi 3 ta 
oliy nerv tizimi xossalarini ajratgan:
1. Kuch: nerv tizimining kuchli qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga bar-
doshi, shunga ko‘ra odamlardagi chidam kabi sifatlar va ularga 
teskari sifatlarning namoyon bo‘lishi.
2. Muvozanatlashganlik: asabdagi tormozlanish va qo‘z-
g‘alishning o‘zaro mutanosibligi yoki o‘zini tuta bilishi, bosiqlik 
kabi sifatlarning namoyon bo‘lishi.
3. Harakatchanlik, ya’ni qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayo-
nidagi o‘zaro almashinish jarayonining tezligi va harakatchanli-
gi ma’nosida.
I.P. Pavlov kuchsiz tipdagi vazminlik va harakatchanlikni 
hisobga olmagan chunki bu xususiyatlar kamdan kam hollarda 
namoyon bo‘ladi. 
Oliy nerv faoliyatining individual xususiyatlari tadqiqotlarda 
qarab chiqilgan biron-bir xususiyati emas, balki doimo ular-
ning majmui bilan belgilanadi. Ko‘p sonli laboratoriya tajribalari 
ko‘rsatadiki, shunday birikmalar orasida ayrimlari boshqalarga 
qaraganda ko‘proq uchraydi yoki ancha yaqqol ko‘rinadi. Nati-
jada Pavlov oliy nerv faoliyatining asosiy tiplarini yaratdi. Nerv 
jarayonlarining kuchiga bog‘liq holda itlar kuchli va kuchsizlar-
ga bo‘linadi.


197
Nerv sistemasining tiplari
Kuchli 
muvozanatli 
harakatchan
Sangvinik
Kuchli 
muvozanatsiz 
behalovat
Xolerki
Kuchli
muvozanatli 
kamharakat
Flegmatik
Kuchsiz 
(sezgir,ziyrak) 
Melanxolik
Temperament turlari
Kuchsiz jonivorlar
– bir xil tipni tashkil qiladi, bu tipning 
vakillarida ikkala nerv jarayonida, ayniqsa tormozlanish jarayo-
ni ojiz hisoblanadi, bunday itlar besaronjom bo‘lishadi, to‘xtovsiz 
akillayveradi yoki bamisoli bir xil holatda turaveradi. Tashqi 
ta’sirlar hatto ba’zan arzimagan ta’sirlar ham ularga ortiqcha ta’sir 
ko‘rsatadi. Uzoq davom etgan qo‘zgatuvchilar ularda nerv siste-
masini tez ishdan chiqishini keltirib chiqaradi.
Kuchli hayvonlar
– muvozanatlashganlik bo‘yicha ajratiladi. 
Kuchli muvozanatsizlar alohida tipni tashkil etadi. Muvozanatsiz-
lik kuchli itlar o‘rtasida bir xil shaklda kuchli qo‘zg‘alish jarayo-
ni bilan muvozanatlashganligi sababli bu hayvonlarda faoliyat ju-
da zo‘riqqan, ko‘pincha nerv faoliyatida buzilish ro‘y beradi. Ko‘p 
hollarda bu urushqoq, haddan tashqari qo‘zg‘aluvchan hayvon-
lardir. Kuchli muvozanatlilar o‘z navbatida nerv jara yonlarining 
almashinuviga, harakatchanligiga qarab jonli va bosiq tiplar-
ga bo‘linadi. Xatti-harakatning tashqi xususiyatlariga qaraboq 
bu tiplarning vakillari bir-biridan farq qiladi. Bir xillari tez 
qo‘zg‘aluvchan va harakatchan, boshqalari sust qiyinchilik bilan 
qo‘zg‘aladi. Oliy nerv faoliyatning 4 asosiy tipi farqlangan:
1. Kuchli muvozanatli va tez (jonli).
2. Kuchli muvozanatsiz (behalovat).
3. Kuchli muvozanatli va sekin (osoyishta).
4. Kuchsiz tip.


198
Nerv faoliyatining tipi organizmning tabiiy xususiyatidir. U 
nasliy jihatdan bog‘liq, biron-bir darajada o‘zgarmas hisoblan-
maydi, u rivojlanadi va ma’lum darajada atrofdagi sharoitlar 
ta’siri ostida o‘zgaradi. Eksperimentlarda shu narsa aniqlanadiki 
qo‘zg‘alish ustun turgan kuchli tipda kuchli mashq qilish yo‘li bi-
lan tormozlanish jarayonini mustahkamlash mumkin. Yana shu 
narsa ma’lumki, nerv jarayoni xususiyatlari yoshga qarab o‘zgarishi 
mumkin. «Biz, – deb yozadi I.P. Pavlov, – itda aniqlangan nerv 
sistemasi tipini... odamga tatbiq qilishga to‘la haqlimiz».
Tepmerament va tarbiya
Temperament xususityatlarini yoshlikdan tarbiyalab borish 
kerak. Buning uchun bolaning qaysi temperament tipiga taalluq-
li ekanini aniqlash lozim. Masalan, chaqaloq yig‘loq, besaramjon 
bo‘lsa harakatchan tipga, tinch, kam yig‘laydigan bo‘lsa flegmatik 
bo‘lishi mumkin. Bolalar temperamentini maxsus o‘yinlar orqa-
li o‘rganish mumkin. Masalan, xonaning 2 tomoniga stol qo‘yib, 
20 ta kubik va kurakcha qo‘yib, kubiklarni kurakchaga taxlab 
2-stolga ko‘chirish taklif qilinadi. Xolerik tipdagi bola ishni bi-
rinchi bo‘lib bajaraman deb shoshilib kubiklarni to‘kib yubora-
di. Melanxonik men buni qila olmayman deydi, flegmatik shosh-
masdan sekin bajaradi.
Temperament odamga tug‘ma ravishda berilsa ham tarbiya-
ning ta’siri va hayot sharoiti davomida o‘zgartirish mumkin. Bun-
da o‘z-o‘zini tarbiyalashning ahamiyati kattadir. Kuchsiz tipda-
gi bolalar tez charchab qoladilar. Kuchli temperamentga ega bola 
esa ishga kirishish uchun biroz taraddudlanadi, ammo topshiriq-
ni uzoqroq bajaradi. Sport musobaqalarida ham kuchlilar yax-
shiroq natija ko‘rsatadi, kuchsizlari o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. 
Qo‘zg‘aluvchan bolaga o‘zini tuta bilish malakasini tarbiyalash 
ma’lum sharoitlarda o‘zini to‘xtata olishga o‘rgatish lozim. Kuch-
siz tipdagi bolalarga ko‘p harakat qilish, faollik ko‘rsatish im-
konini berish lozim. Mashg‘ulotlarda bunday bolalardan tez-tez 
so‘rab turish kerak, ularga faollik va chaqqonlikni talab qiladigan 
vazifalarni topshirish kerak. Kuchsiz tipdagi bolalar ishchanlik 
holatlarini kuchli tipdagilarga nisbatan tez yo‘qotadilar, shuning 
uchun ularni charchashlikkacha olib bormaslik kerak, aks hol-


199
da tormozlanish jarayoni boshlanishi mumkin. Muntazam olib 
boriladigan mashqlar kuchsiz nerv sistemasini mustahkamlaydi, 
ularning ishchanlik qobiliyatini oshiradi. Nerv sistemasi kuch-
siz bolalar yangi sharoitga qiyin ko‘nikadilar, yangiliklardan qo-
chadilar. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish