His-tuyg‘ularning nerv-fiziologik asoslari
Eng oddiy emotsiyalar asosida murakkab shartsiz reflekslar, mi-
ya po‘stlog‘i ostida ro‘y beradigan jarayonlar yotadi. Lekin miya
po‘stlog‘i ostining faoliyati, miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining
ishi bilan nazorat qilib turiladi. U I.P. Pavlovning so‘zlari bilan ayt-
ganda, «...badanda ro‘y beradigan hamma hodisalarni o‘z ixti yorida
ushlab turadi». Bunda II signallar sistemasi katta o‘rin egallaydi.
Aynan so‘z, fikr, noma’qul hislarni vujudga keltiruvchi biror hodi-
saga ongli munosabatda bo‘lish, kishiga ularni yechgish uchun,
umuman his-tuyg‘ularni boshqarish uchun kuch bag‘ishlaydi.
Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi shartli reflekslarning mu-
vaqqat aloqalari sistemasi murakkab his-tuyg‘ularning fiziologik
asosidir.
His-tuyg‘ularning paydo bo‘lishi uchun dinamik stereotiplar
katta ahamiyatga ega. «Meningcha odatdagi yashash sharoiti
o‘zgarganga, odat bo‘lib qolgan mashg‘ulotlar to‘xtab qolganda,
yaqin kishilardan judo bo‘lganda ko‘pincha kechiriladigan og‘ir
his-tuyg‘ular, aynan eski dinamik stereotipining o‘zgarishida,
buzilishida va yangi stereotipni vujudga keltirishning qiyinli-
174
gida ma’lum darajada o‘zining fiziologik asosiga ega bo‘ladi».
I.P. Pavlov to‘qnashuvlar, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari-
ning «turtkilari» yoqimsiz kechinmalarning sababi bo‘ladi. Agar
men biror narsa bilan band bo‘lib turganimda, meni muayyan
qo‘zg‘atuvchi jarayon yo‘lga solib turadi. Agar mana shu vaqt-
da menga «falon narsani qil!» desalar men o‘zimni noqulay se-
zaman. Bu meni band qilib turgan kuchli qo‘zg‘atuvchi jarayon-
ni to‘xtatishim, so‘ngra boshqasiga o‘tishim kerak, degan gapdir.
Injiq bolalar deb ataluvchi bolalar bu jihatdan klassik misol bo‘la
oladi. Siz ularga biron narsa qilishni buyurasiz, ya’ni boladan bir
qo‘zg‘atuvchi jarayonni to‘xtatib, boshqasini boshlashni talab qi-
lasiz. Ahvol shu darajaga borib yetadiki bola o‘zini polga otib,
oyoqlari bilan uni tepa boshlaydi va h.k.».
Katta yarimsharlar po‘stlog‘i tomonidan nazorat qilinadi-
gan qo‘zg‘alishlar po‘stloq ostining, xususan ko‘rish bo‘rtmasi
deb ataluvchi joyidan boshlanadi. Agar miya po‘stlogi tomoni-
dan qi linadigan ana shu nazorat va tormozlanish zaiflashib qolsa,
(kasallanish yoki boshqa sabablarga ko‘ra) kishi har qanday sa-
bablarga ko‘ra affekt holatiga keladi va o‘zini to‘xtatib qololmaydi.
Sinpatik nerv sistemasi (ichki sekretsiya ishlarini boshqaradi) ham
emotsiyalar uchun muhim ahamiyatga ega. Kuchli ta’sirlangan
(qo‘rqqan, kuchli to‘lqinlangan, g‘azablangan) kishida buyrak
usti bezlaridan alohida bir modda – adrenalin ajralib chiqadi.
Uning ta’sirida qonga ko‘proq qand moddasi kela boshlaydi. Bu-
larning hammasi qo‘zg‘alish vaqtida faol harakat qilish uchun
zarur muskullar ishini kuchaytiradi.
Hal etilmagan hissiy raqobatlar tomirlarning qisqarishiga va tana
haroratining pasayishiga olib kеladi, hissiyotlarning erkin namo-
yon bo‘lishi, ya’ni ijobiy his-tuyg‘ular, to mirlarning kеngayishi bi-
lan tavsiflanadi. Og‘riq turganda va qo‘rquvda ko‘z qorachig‘ining
kеngayishi simpatik asab sistеmasining qo‘zg‘alishiga bog‘liqdir.
«Tovuq tеrisi»ning paydo bo‘lishi, kutish, qo‘rquv, g‘azab paytida
og‘iz qurishi ham shular jumlasidandir.
Hissiyot shakllari
His-tuyg‘ular ko‘pincha kishining xulq-atvoriga alohida bir
hissiy ohang bag‘ishlaydi, ma’lum darajada davom etadigan, an-
175
cha mustahkam kechinmalarni vujudga keltiradi. Ba’zan his-
tuyg‘ular birdaniga paydo bo‘lib, shiddatli va nisbatan tez o‘tadi.
Ana shu uzoq davom etadigan yoki qizqa muddatli kechinma-
lar hissiy holatlar deb ataladi. Ular jumlasiga hissiy ton, (stenik
va astenik holatlar), kayfiyatlar, affektlar, ehtiroslar, stressli ho-
latlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |