Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kamida 14 000 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi bilan ta’minlash.
1. “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini nashr qilish uchun tanlov e’lon qilish.
2021-yil avgust
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Moliya vazirligi (Ishmetov)
2. Tanlov g‘oliblari bilan shartnoma imzolash hamda nashr qilish.
2021-yil sentyabr
3. Nashr etilgan mahsulotlarni oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazish.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kamida 14 000 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar bilan ta’minlash.
1. Kamida 14 000 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun zamonaviy o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar yaratish bo‘yicha mualliflar guruhini shakllantirish.
2021-yil iyul
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Moliya vazirligi (Ishmetov)
2. O‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar maketlarini yaratish.
2021-yil avgust
3. O‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallarni nashr qilish uchun tanlov tashkil etish, tanlov g‘oliblari bilan shartnoma imzolash hamda nashr qilish.
4. Nashr etilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallarni barcha oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazish.
2021-2022-yillar davomida
13.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar bilan ta’minlash, shu jumladan:
har bir bola uchun ish daftari, shuningdek, matematika va ingliz tili fanlaridan 454 ming nusxada yozuv daftari;
30 mingta ko‘rgazmali jamlanmalar;
10 mingta tarqatma materiallar jamlanmasi;
20 ming nusxada o‘zbek tilidagi she’r va ertaklar to‘plami;
6 mingta elementar matematika bo‘yicha jamlanma;
6 mingta nutqni rivojlantirishga oid ta’limiy jamlanma;
20 mingta o‘zbek xalq ertaklari to‘plami bilan ta’minlash.
1. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga zamonaviy o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar yaratish bo‘yicha mualliflar guruhini shakllantirish.
2021-yil iyul
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Moliya vazirligi (Ishmetov)
2. O‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar maketini yaratish.
2021-yil avgust
3. O‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallarni nashr qilish uchun tanlov tashkil etish, tanlov g‘oliblari bilan shartnoma imzolash hamda nashr qilish.
2021-yil oktyabr
4. Nashr etilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallarni barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazish.
2021-2022-yillar davomida
14.
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 53 ta tumanda davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar bilan ta’minlash.
1. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga zamonaviy o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar yaratish bo‘yicha mualliflar guruhini shakllantirish.
2021-yil iyul
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Moliya vazirligi (Ishmetov)
2. O‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallar maketini yaratish.
2021-yil avgust
3. O‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallarni nashr qilish uchun tanlov tashkil etish, tanlov g‘oliblari bilan shartnoma imzolash hamda nashr qilish.
2021-yil oktyabr
4. Nashr etilgan o‘quv-metodik qo‘llanmalar va didaktik materiallarni davlat-xususiy sheriklik asosidagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazish.
2021-2022-yillar davomida
15.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 ming pedagoglarini qamrab olgan holda kaskad usulida pedagoglarning kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan uch bosqichli seminar-treninglar tashkil etish.
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan 24 soatga mo‘ljallangan trening o‘quv rejasi va dasturlarini tayyorlash.
2021-yil iyun
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloya�lar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida 24 soatlik seminar-treninglar orqali har bir hudud uchun trenyerlarni tayyorlash.
2021-yil iyul
3. Kaskad usulida tuman (shahar) maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun trenyerlar yordamida kasbiy kompetensiyalarni oshirish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil qilish.
2021-yil avgust — dekabr
16.
Pedagogika kollejlarining 300 nafar o‘qituvchisi uchun “Ilm yo‘li” variativ dasturi bo‘yicha qisqa muddatli 24 soatlik o‘quv kursini tashkil etish.
1. Qisqa muddatli o‘quv kursi tinglovchilariga beriladigan tarqatma materiallarni ishlab chiqish.
2021-yil avgust
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. “Ilm yo‘li” variativ dasturi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursini o‘tkazish grafigi va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish.
2021-yil sentyabr
3. “Ilm yo‘li” variativ dasturi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kursini o‘tkazish.
2021-yil sentyabr — dekabr
17.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 1 500 nafar psixologlari uchun “MTT psixolog faoliyatini tashkil etish” mavzusida 24 soatlik qisqa muddatli o‘quv kursini tashkil etish.
1. “MTT psixolog faoliyatini tashkil etish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi tinglovchil�riga beriladigan tarqatma materiallarni ishlab chiqish.
2021-yil sentyabr
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Qisqa muddatli o‘quv kursini o‘tkazish grafigi va ishtirokchilar ro‘yxatini shakllantirish.
2021-yil sentyabr
3. “MTT psixolog faoliyatini tashkil etish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursini o‘tkazish.
2021-yil sentyabr — dekabr
18.
Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari o‘rtasida amaliy va nazariy seminarlar tashkil etish orqali o‘zaro manfaatli tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish.
1. Seminarlar mavzularini tanlab olish.
2. Seminarlar ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantirish, grafigi va dasturini ishlab chiqish hamda o‘tkazish joylarini aniqlash.
3. Seminarlarni tashkil etish
2021-yil oktyabr
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
19.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘zbek xalq ertaklari, milliy qahramonlar, buyuk bobolarimiz, milliy me’morchilik obidalari, mamlakatimiz tabiati, Vatan timsollari asosidagi ko‘rgazmali vositalar bilan bezash va jihozlash.
1. Jihozlash tartibi va ko‘rgazmali vositalar namunalarini ishlab chiqish.
2021-yil sentyabr
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘zbek xalq ertaklari, milliy qahramonlar, buyuk bobolarimiz, milliy me’morchilik obidalari, mamlakatimiz tabiati, Vatan timsollari asosidagi ko‘rgazmali vositalar bilan bezash va jihozlash.
2022-yil mart
20.
Nodavlat, oilaviy, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari vakillarining Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uyushmasini (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlash.
1. Tashabbuskorlarga Uyushmani tashkil etish uchun talab etiladigan huquqiy hujjatlarni tayyorlashga hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olishga ko‘maklashish.
2021-yil avgust
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Adliya vazirligi (Davletov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2. Uyushmaga nodavlat, oilaviy, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jalb qilish.
2021-yil sentyabr
3. Uyushmaga vazifalarini amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashish, so‘ralgan zarur ma’lumotlarni taqdim etib borish.
Doimiy
21.
Toshkent shahrini maktabgacha ta’lim tizimi rivojlangan namunali hududga aylantirish.
1. Toshkent shahrini maktabgacha ta’lim tizimi rivojlangan namunali hududga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
2021-yil iyul
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev)
2. Chora-tadbirlar dasturi taqdimotini o‘tkazish.
2021-yil avgust
3. Toshkent shahrini maktabgacha ta’lim tizimi rivojlangan namunali hududga aylantirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2021-yil oktyabr
22.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli ovqatlantirishni ta’minlash.
1. Sog‘lom ovqatlanishni tashkil qilishga oid sanitariya qoidalari va me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish.
2021-yil avgust
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun taomnomalarning yangi namunalarini ishlab chiqish.
2021-yil noyabr
3. Maktabgacha ta’lim muassasalariga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilishni kuchaytirish.
Doimiy
4. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ovqatlantirish kombinatlarini tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga hisob-kitoblarga asoslangan taklif kiritish.
2021-yil iyul
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qaroriga
3-ILOVA
Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish
DASTURI*