Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismonan kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini, ularning maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olinishini ta’minlaydi



Download 0,62 Mb.
bet1/7
Sana16.03.2022
Hajmi0,62 Mb.
#498766
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
PQ-5144 10.06.2021




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Maktabgacha ta’lim]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga maktabgacha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda sohada nodavlat sektorning ulushini oshirish maqsadida:
1. Maktabgacha ta’lim vazirligida quyidagi yangi boshqaruv tizimi joriy etilsin, unga muvofiq:
a) maktabgacha ta’lim vaziri (Shin):
vazirlik tizimi va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ular ishi samarali tashkil etilishini ta’minlaydi, yuklatilgan vazifalar va funksiyalar to‘liq bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, mazkur tashkilotlar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha yangi muqobil modellarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismonan kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini, ularning maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich to‘liq qamrab olinishini ta’minlaydi;
ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bo‘yicha zarur choralar ko‘radi;
maktabgacha ta’lim sohasida “komplayens-nazorat” tizimini joriy qiladi hamda idoraviy mansub tashkilotlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim tizimida xalqaro aloqalarni kengaytirish va uning samaradorligini oshirish choralarini ko‘radi, maktabgacha ta’lim masalalari bo‘yicha xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatadi va hamkorlik qiladi, sohaga xorijiy investitsiyalarni jalb qiladi;
b) maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (Onorboyev):
hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha zarur choralarini ko‘radi, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish ustidan umumiy nazoratni amalga oshiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini ta’minlaydi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini rivojlantirish choralarini ko‘radi, bu borada mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
v) maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari (Begimqulov):
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etadi, ta’lim-tarbiya jarayoniga malakali va kasbiy jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni jalb qiladi;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyatini muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish ishlarini, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini tashkil etadi va boshqaradi;
sohada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘quv va metodik materiallar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash choralarini ko‘radi;
g) maktabgacha ta’lim vazirining o‘rinbosari:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bino va inshootlarini qurish, ta’mirlash, tiklash, joriy saqlash, shuningdek, ularni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ehtiyojlarini aniqlaydi va har yili ularni jihozlash (qayta jihozlash) dasturlarini ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturlariga kiritilgan maktabgacha ta’lim obyektlarida olib boriladigan qurilish-ta’mirlash ishlarining tizimli monitoringini olib boradi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xarajatlari o‘z vaqtida moliyalashtirilishini, ularda buxgalteriya hisobi va hisoboti belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi.
2. Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin) bir oy muddatda mazkur qarorning 1-bandida ko‘rsatilgan asosiy yo‘nalishlar hamda joriy etilayotgan yangi boshqaruv tizimidan kelib chiqib:
maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosarlarining aniq vazifalari va funksiyalari taqsimotini;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan birgalikda hududiy maktabgacha ta’lim organlarining aniq vazifalari va funksiyalari taqsimotini tasdiqlasin.
Maktabgacha ta’lim vaziriga, zarur hollarda, vazirlik rahbariyatining belgilangan asosiy faoliyat yo‘nalishlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin) hamda Moliya vazirligining (Ishmetov) ro‘yxati 1-ilovada belgilangan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan 53 ta tumanda 2021-2022-yillarda:
2 mingta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, buning hisobiga 50 ming nafar tarbiyalanuvchilar uchun yangi o‘rinlar yaratish;
umumiy quvvati 11,2 ming o‘rindan ziyod bo‘lgan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
quvvati 7,5 ming o‘ringa teng bo‘lgan 50 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish;
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish hisobiga ularning sonini 20 mingtaga yetkazish hamda 7,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
4. Quyidagilar:
Hududlarda maktabgacha ta’lim xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish dasturi 3-ilovaga muvofiq;
2021-yil yakuniga qadar hududlarda bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli ko‘rsatkichlar) 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Maqsadli ko‘rsatkichlarga belgilangan muddatlarda to‘liq erishish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mas’ul va javobgar etib belgilansin.
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin) hamda Moliya vazirligi (Ishmetov) tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlanayotgan “Yo‘l xaritasi” va Dasturda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlasin.
5. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ularning yanada rivojlanishiga qulay shart-sharoitlar yaratish uchun 2021-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mavjud quvvatiga qarab 50 nafargacha bolani tarbiyalashga hamda tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib 4 nafargacha tarbiyachi va yordamchilarni yollashga ruxsat beriladi;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan yollangan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2 nafargacha, boshqa hududlarda — 4 nafargacha) tarbiyachi va yordamchilarga tegishli toifa bo‘yicha qisqa muddatli yoki 9 soatlik davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlarida va hajmlarda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi to‘lanadi;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari orqali o‘quv materiallari bilan bepul ta’minlanadi;
2022-yil 1-yanvarga qadar AK “Xalq banki” tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun 30 million so‘mgacha miqdorda 3 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 5 foizli stavkada Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan resurslar hisobidan kreditlar ajratiladi;
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirish davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
ro‘yxati mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan tumanlarning ma’muriy markazlaridan tashqari joylarda yangi tashkil etiladigan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan jihozlash me’yorlariga muvofiq mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 30 million so‘mgacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Qurilish vazirligi (Zokirov) va Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Qo‘ldoshev) bilan birgalikda bir oy muddatda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etiladigan aholi xonadonlarining qurilish normalari, sanitariya qoidalari va me’yorlariga, yong‘in xavfsizligi talablariga mosligini, issiqlik tizimi barqaror ishlashini hamda kerakli jihozlar bilan ta’minlanganligini o‘rganib chiqsin;
ikki oy muddatda o‘rganish natijasida shakllantirilgan kafolatli tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini, ularning kredit resurslari, mebel, jihoz va asbob-uskunalarga bo‘lgan talabi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Maktabgacha ta’lim vazirligiga taqdim etsin.
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin, Onorboyev) oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini lozim darajada tashkil etish choralarini ko‘rsin, shu jumladan ularni o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar bilan ta’minlasin, zamonaviy o‘quv uskunalari, mebel va jihozlarni maqbul narxlarda sotib olishga ko‘maklashsin.
7. Belgilansinki, 2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning moliyaviy holatini yaxshilash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun:
a) ro‘yxati mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan tumanlarda Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklarida joylashtirilgan resurslar hisobidan 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratiladi;
b) ro‘yxati mazkur qarorga 5-ilovada belgilangan olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga:
har bir tarbiyalanuvchi bola uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi;
“Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun mazkur daftarlar jamg‘armalari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya to‘lanadi. Bunda, mazkur subsidiya ushbu kichik bandining ikkinchi xatboshidagi subsidiyaga qo‘shimcha ravishda to‘lanadi;
v) davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik kompensatsiyalar to‘lanadi;
g) 2018-2019-yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarga muvofiq avval berilgan kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2022-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi. Bunda, 2022-yil 1-yanvarga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan asosiy qarz to‘lovlari kredit davrining qolgan qismiga teng miqdorda taqsimlanadi.
Belgilansinki, mazkur qarorda “davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari” deganda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tashqari boshqa shakldagi davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tushuniladi.
8. Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin, Begimkulov) oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi kollejlarda o‘qitish va ularning malakasini oshirish choralarini ko‘rsin, shuningdek, ular uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etsin.
9. Qurilish vazirligi (Zakirov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish bo‘yicha tashabbuskor tadbirkorlik subyektlari tomonidan bugungi kunga qadar bajarilgan qurilish ishlari hajmini o‘rganib chiqsin hamda o‘rganish natijalarini Maktabgacha ta’lim vazirligiga taqdim etsin.
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin, Onorboyev) tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmidan kelib chiqqan holda, shakllangan mablag‘lar doirasida:
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarni o‘z vaqtida tuzish va amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rsin;
xususiy sheriklarga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashsin;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan bitim talablarining bajarilishi ustidan doimiy monitoring o‘rnatsin;
davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘z faoliyatini tashkil etishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatsin.
10. Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin, Onorboyev, Begimkulov):
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Boboyev) hamda Moliya vazirligi (Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda ro‘yxati mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan tumanlarda 2021-2022-yillarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish va jihozlashning manzilli dasturini tasdiqlasin;
yangidan tashkil etiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlar tarkibini yetarlicha pedagogik ish tajribasiga, yuksak kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan, zamonaviy fikrlovchi mutaxassislar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
Qurilish vazirligi (Zakirov) maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini va qurilish-montaj ishlari sifatli bajarilishi ustidan davlat nazorati amalga oshirilishini ta’minlasin.
11. Belgilansinki, mazkur qarorga muvofiq yangi quriladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish ishlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini tortish ishlari o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlasin hamda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘larni ajratib borsin.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
bir oy muddatda idoraviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha yirik sanoat korxonalari, xo‘jalik birlashmalari va klastyerlar bilan muzokaralar olib borsin;
ikki oy muddatda idoraviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yirik sanoat korxonalari, xo‘jalik birlashmalari va klastyerlar ro‘yxatini shakllantirsin hamda Maktabgacha ta’lim vazirligiga taqdim etsin.
Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin, Onorboyev, Begimkulov) yirik sanoat korxonalari, xo‘jalik birlashmalari va klastyerlarga idoraviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda uslubiy yordam ko‘rsatsin.
13. Moliya vazirligi (Ishmetov):
a) mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2021-yilda 900 milliard so‘mgacha, 2022-yilda 400 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratsin;
b) quyidagilarga:
oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan mebel, jihoz va asbob-uskunalar sotib olinishiga kreditlar berish uchun AK “Xalq banki”ga 3 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 2 foizli stavkada;
ro‘yxati mazkur qarorga 1-ilovada belgilangan tumanlarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etishga kreditlar berish uchun tijorat banklariga 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 2 foizlik stavkada zarur resurslar ajratib borsin.
Bosh prokuratura (Mavlonov) mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatsin.
14. Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov) bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xodimlarni ishga joylashtirish, bolalarni qabul qilish, sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish, mazkur tashkilotlarni mebel, jihoz va asbob-uskunalar bilan ta’minlash jarayonlarini real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beradigan hamda sohada amalga oshiriladigan davlat xaridlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydigan elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirsin hamda uning Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi bilan o‘zaro integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxonov) Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin) bilan birgalikda bir oy muddatda maktabgacha ta’lim tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va amalga oshirilishini ta’minlasin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
16. Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va javobgar etib maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin hamda moliya vaziri T.A. Ishmetov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-iyun,
PQ-5144-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qaroriga
1-ILOVA
Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi past bo‘lgan tumanlar
RO‘YXATI


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish