11. Farg‘ona viloyati
195.
|
Farg‘ona tumani
|
“Boy-mahalla” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
196.
|
“Yuqori Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
197.
|
“Gulshan” qishloq fuqarolar yig‘ini (QFY)
|
198.
|
“Guzar” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
199.
|
“Sharq Haqiqati” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
200.
|
“Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
201.
|
“Soy bo‘yi” qishloq fuqarolar yig‘ini (QFY)
|
202.
|
“Yuqori Archa” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
203.
|
“Qurilish” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
204.
|
“Langar” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
205.
|
“Chimyon” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
206.
|
“Shifokor” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
207.
|
“Mindon” qishloq fuqarolar yig‘ini (QFY)
|
208.
|
“Qo‘riq” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
209.
|
“Farg‘ona” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
210.
|
“Xonqiz” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
211.
|
“Yangi yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
212.
|
“Maydon” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
213.
|
“Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
214.
|
So‘x tumani
|
“Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
215.
|
“Yangiariq” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
216.
|
“Sarikanda” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
217.
|
“Saribozorcha” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
218.
|
“Qal’a” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
219.
|
“Oftobru” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
220.
|
“Navobod” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
221.
|
“Mulgon” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
222.
|
“Chumoqcha” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
223.
|
“Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
224.
|
“Demursad” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
225.
|
“Chashma” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
226.
|
“Zangat” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
227.
|
“Qizilqiyoq” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
228.
|
Tariq qishlog‘i (Chashma MFY tarkibida)
|
229.
|
“Hushyor” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
230.
|
“Sharqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
231.
|
Umabara qishlog‘i (Devayron MFY tarkibida)
|
232.
|
“Devayron” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
233.
|
“Lenbur” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
234.
|
“Tul” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
235.
|
“Qal’acha” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
236.
|
“G‘aznob” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
237.
|
“Sohibkor” qishloq fuqarolar yig‘ini (QFY)
|
12. Xorazm viloyati
|
238.
|
Tuproqqal’a tumani
|
“Nukus maskani” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
239.
|
“Hazorasp” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
240.
|
“Tupraqqal’a maskani” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY)
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1252-son qarori 2-bandning beshinchi xatboshisidan “(ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama bundan mustasno)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-son qarorida:
a) 5-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tashqari) foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oylik kompensatsiyalar to‘lash;
2021-yil 1-iyuldan boshlab olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tashqari) har bir tarbiyalanuvchi bola uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya to‘lash;
olis va chekka hududlardan tashqari boshqa hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga (oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tashqari) har bir tarbiyalanuvchi bola uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 50 foizi miqdorida subsidiya to‘lash tartibini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin”;
b) 10-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi — yettinchi xatboshilari bilan to‘ldirilsin:
“2021-yil 1-iyuldan boshlab oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga mavjud quvvatiga qarab 50 nafargacha bolalarni tarbiyalashga hamda tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib 4 nafargacha tarbiyachi va yordamchilarni yollashga ruxsat beriladi;
2021-yil 1-iyuldan boshlab oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari orqali o‘quv materiallar bilan bepul ta’minlanadi;
2021-yil 1-iyuldan boshlab oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining rahbarlari va xodimlarining malakasini oshirish davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
v) 1-ilovada:
31-bandning oltinchi xatboshisidagi “bir yildan keyin” so‘zlari “sud orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin;
34-bandning o‘n ikkinchi xatboshisidagi “qiladigan muddat tugamay turib xususiy sherik mulki bo‘lgan obyektning u tomonidan musodara qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi” so‘zlari “qilish muddati davomida xususiy sherik tomonidan unga tegishli bo‘lgan mulkni tasarruf etish, shu jumladan garovga qo‘yish man etiladi (ushbu nizomning 12-13-boblarida ko‘rsatilgan shakllardan tashqari)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
46, 57, 65, 75, 90, 97 bandlari “50 foizi” so‘zlaridan keyin “(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144-son qarori bilan tasdiqlangan olis va chekka hududlarda 75 foizi)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
99-bandida “25” raqami “50” raqami bilan almashtirilsin;
102-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bitim imzolangan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini boshlash yoki tugatish Davlat xizmatlari markaziga xabarnoma berish orqali amalga oshiriladi”;
103-band quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini hududiy maktabgacha ta’lim boshqarmalari orqali o‘quv materiallar bilan bepul ta’minlash”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4797-son qarorida:
a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “egasi va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 4-ilovaning 7-pozitsiyasidagi “martgacha” so‘zlari “noyabrgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatining 60-ustundagi “sherikchilikning”, “muassasalarini” “muassasalari” so‘zlari tegishincha “sheriklikning” “tashkilotlarini” “tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovada:
a) Xodimlarni yollagan holda xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlarining ro‘yxati quyidagi mazmundagi 3
1 pozitsiya bilan to‘ldirilsin:
“
|
Davlat-xususiy sheriklikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati
(Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatining 60-bandi)
|
4
|
”;
|
b) Izohdan “60” raqami chiqarib tashlansin.
Izoh: mazkur ilovaning 2 va 5-bandlari 2021-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 07/21/5144/0548-son)