Sayt test rejimida ishlamoqda
O‘z
Ўз Руc En Kz Tj
Qidirish
“Yashil” energetika istiqbollari
Energetika
20 Oktabr 2020
1851
Mamlakatimiz oʻzining toʻrt faslli betakror tabiati, yer osti va usti nodir boyliklari bilan yetti iqlimga maʼlumu
mashhur boʻlib kelgan boʻlsa, endilikda uning yangi noyob xususiyatlari — oftobli osmoni, shamolli
kengliklari, tezoqar daryolari, biologik manbalari ham shuhratini yana-da oshirishga xizmat qilishi mumkin.
Qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarishning 97 foizi quyosh energiyasi ulushiga toʻgʻri
keladi. Xususan, oftobli kunlar yiliga oʻrtacha 320 kunni va faol quyosh nurlari tushishi davomiyligi 3 000
soatni tashkil etishi bois, yurtimizda uning quvvati yiliga 525-760 milliard kVt. soatgacha yetadi. Shamol
energetikasiniki esa 500 GVt.ni yoki amaldagi energotizimdan 30 barobar koʻp boʻlgan muqobil qurilmalarni
joylashtirish imkonini beradi.
Tarixga bir nazar
Maʼlumotlarga qaraganda, quyosh batareyalari, yaʼni yorugʻlikni elektrga aylantirish dastlab fransuz fizigi
Aleksandr
Edmond
Bekerel
tomonidan
1842-yilda
kashf
etilgan.
1883-yilda
amerikalik
ixtirochi Charlz Fritts oftob nurini elektrga aylantirish uchun kimyoviy unsur — selendan foydalanishni taklif
qildi. Selen asos boʻlgan qurilmaning usti oʻta yupqa oltin bilan qoplandi. 1984-yilda dunyoda dastlabki
quyosh batareyasi Nyu-Yorkdagi binolardan birining tomiga oʻrnatildi.
1948-yilga kelib “Bell Laboratories” firmasi tomonidan elektr tokini ishlab chiqarishga moʻljallangan birinchi
quyosh batareyalari yaratilgani eʼlon qilindi. 10 yildan soʻng, yaʼni 1958-yil 17-martda AQSHda quyosh
panellaridan foydalanadigan sunʼiy yoʻldosh — “Vanguard I” fazoga koʻtarildi. 1958-yil 15-mayda sobiq ittifoq
ham shunday qurilmalar bilan ishlaydigan “Sputnik-3” sunʼiy yoʻldoshini uchirdi.
1963-yilda Yaponiyaning “Sharp” kompaniyasi sanoat asosidagi quyosh batareyalarini ishlab chiqarishga
ʻti hi bil
d
i ki k
h id
b lki ddi i t ʼ
l hil
i
f d l
i hl i
h
h
ʻl
o tishi bilan undan nainki kosmos sohasida, balki oddiy isteʼmolchilarning foydalanishlari uchun ham yo l
ochildi. Oradan yigirma yil oʻtib, AQSHning “Pacific Gas & Electric” konserni markazlashgan tarmoq orqali
500 kVt yetkazib beradigan ilk elektr stansiyasini ishga tushirdi.
2010-yilda jahon boʻyicha muqobil energiya ishlab chiqarish 10 ming megavattni tashkil etib, 1984-yildagi 1
megavattga nisbatan oʻn ming baravar ortgan boʻlsa, 2020-yilga kelib bu miqdor 206 ming megavattga yetdi.
Ayni kezda quyosh nuri energiyasini elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmalar yildan-yilga takomillashib
bormoqda. Misol uchun, 2009-yilda ishlab chiqarilgan quyosh panelidan samarali foydalanish koeffitsiyenti 39
foiz boʻlsa, 2019-yildan ularning samaradorligi 66 foizdan ortdi.
Shamol elektr stansiyalariga kelganda, uning tarixiga 1887-yilda Shotlandiyada Jeyms Blit asos solgan boʻlsa,
zamonaviy shamol energetikasi vatani AQSHning Kaliforniya shtati hisoblanadi. Bu yerda 1980-yillarda keng
koʻlamda boshlangan ishlar oradan 40 yil oʻtib, 100 gigavattga yetdi. Ayni vaqtda dunyodagi barcha shamol
qurilmalarining yillik quvvati 651 GVt.dan oshadi. Endilikda bu raqam yana yiliga 10-15 foiz ortib borishi
bashorat qilinmoqda. Oʻzbekiston ham tez orada ushbu soha rivojiga oʻz hissasini qoʻsha boshlaydi.
Yaqin kelajakning ustuvor yoʻnalishlari
Prezidentimizning 2019-yil 22-avgustdagi qarorida Oʻzbekistonda 2030-yilda qayta tiklanadigan energiya
manbalarining elektr energiyasi ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi 25 foizga yetkazilishi belgilab
berilgan. Hozirgi paytda bu koʻrsatkich
10-12 foizni tashkil etadi. Belgilangan muddatda koʻzlangan natijaga erishish uchun esa Energetika vazirligi
qayta tiklanadigan energiya manbalariga bogʻliq yirik loyihalarni amaliyotga tatbiq etish choralarini
koʻrmoqda. Ularga muvofiq, oʻn yil ichida umumiy quvvati 5000 MVt boʻlgan quyosh elektr stansiyalari va
3000 MVt.ga teng boʻlgan shamol elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilgan.
— Shu maqsadda vazirligimiz tomonidan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) hamda Yevropa tiklanish
va taraqqiyot banki (YETTB) koʻmagida ushbu loyihalarni toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga
amalga oshirish uchun sarmoyadorlarni tanlab olish ishlari olib borilmoqda, — deydi energetika vaziri
oʻrinbosari Sherzod Xodjayev. — 2021-yil oxirigacha mamlakatimizda har birining quvvati 100 MVt boʻlgan
ikkita quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish moʻljallangan. Ayni yoʻnalishda Energetika vazirligi davlat-
xususiy sheriklik dasturiga asosan, Jahon banki guruhi tarkibiga kiruvchi Xalqaro moliyaviy korporatsiya (IFC)
ishtirokida fotoelektrik stansiyalarni qurish uchun “Scaling Solar II” loyihasini amalga oshiryapti. IFC quyosh
energiyasiga daxldor loyihalar boʻyicha tenderlarni tarkiblashga va oʻtkazishga yordamlashadigan yetakchi
maslahatchi sifatida jalb etilgan.
2019-yilda yurtimizda IFC koʻmagida xalqaro tender savdolarining birinchi bosqichi tashkil etilib, shu yilning
4-oktyabr kuni uning natijalari eʼlon qilindi. Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatli ilk fotoelektr stansiya qurilishi
boʻyicha oʻtkazilgan ushbu tadbirda Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Hindiston,‐
Janubiy Afrika, Rossiya, Ispaniya, Norvegiya va Fransiyadan 23 ta kompaniya qatnashdi. Ularning 11 tasi
dastlabki saralashdan oʻtdi. Tijorat takliflari beshta kompaniya, yaʼni “AcwaPower” (Saudiya Arabistoni), “Jinko
Power” va “Aljoimah Energy&Water Consortium” (XXR/Saudiya Arabistoni), “Masdar” (BAA), “TBEA Xinjianing
Sunoasis CoLtd” (XXR) va “Total Eren” (Fransiya) tomonidan taqdim etildi. Talabgorlarning texnik va tijorat
takliflarini oʻrganish hamda baholash natijalariga koʻra, 1 kVt/soat ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun
2,679 AQSH senti tarifi bilan qurilish muddatini 12 oy etib belgilagan “Masdar” (BAA) kompaniyasi birinchi
bosqich gʻolibi, deb topildi. BAA ekspertlari fikricha, bu quyosh elektr stansiyasi yiliga 260 million kVt/soat
elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻladi.
— Joriy yilda mazkur loyiha tenderlarining navbatdagi bosqichi oʻtkazilmoqda, — deydi Sherzod Xodjayev. —
“Scaling Solar II” doirasida Samarqand va Jizzax viloyatlarida har biri 200 MVt quvvatga ega ikkita quyosh
elektr stansiyasi qurilishi uchun tender eʼlon qilindi. Unda qatnashish uchun 83 ta kompaniya va konsorsium
ariza topshirdi. Bu investorlarda Oʻzbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalariga doir loyihalarni
amalga oshirishga qiziqish kuchayganidan dalolat beradi. Eng muhimi, keyingi vaqtlarda tanlov
ishtirokchilarining geografik qamrovi doirasi kengaydi, ular safiga yangi, xususan, Yevropa kompaniyalari ham
qoʻshildi. Birinchi tender muvaffaqiyatli oʻtganini hisobga olsak, ikkinchisida ishtirokchilar soni sezilarli
darajada oshishi kutilmoqda. Bu tariflar yana-da pasaytirilishiga erishish imkonini yaratadi.
Ayni kezlarda Navoiy viloyatining Tomdi tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi ishtirokida umumiy
quvvati 500 MVt.ga teng shamol elektr stansiyasi qurilmoqda. U 2023-yili foydalanishga topshiriladi. “Masdar”
Abu Dabi amirligining “Mubadala Investment Company” investitsiyaviy xolding shoʻba kompaniyasi va qayta
tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha dunyodagi yetakchi xalqaro birlashmalardan biri
hisoblanadi. U amalga oshirgan investitsiya loyihalari portfeli qayta tiklanadigan manbalardan elektr
energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha 4000 MVt.dan ortiq quvvatni oʻz ichiga oladi.
YETTB Oʻzbekistonni umumiy quvvati 1000 MVt boʻlgan shamol energiyasi loyihalarini rivojlantirish borasida
ham qoʻllab-quvvatlamoqda. Hozir Qoraqalpogʻistonda 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasi barpo etish
uchun dastlabki loyiha boʻyicha tender eʼlon qilingan. Loyihada ishtirok etishga 70 ta kompaniya va
konsorsium qiziqish bildiryapti.
Energetika vazirligi joriy yilning 1-fevralida Sherobod tumanida Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida fotoelektrik
stansiya qad rostlashi boʻyicha dastlabki loyiha ishga tushirilganini maʼlum qildi. Bu loyiha hukumatimiz
tomonidan ushbu bank hamkorligida ishlab chiqilgan 1 GVt quyosh energiyasi hosil qilish dasturining bir
qismidir. Loyihaga binoan, kamida 200 MVt oʻzgaruvchan tok quvvatiga ega quyosh elektr stansiyasi, shu
jumladan, yangi 220 kVt kuchlanishli podstansiya va «Surxon — 500 kVt» podstansiyasiga ulanish uchun jami
uzunligi 52 kilometrlik elektr uzatish tarmogʻi tortiladi. Tenderda ishtirok etish uchun 50 dan ortiq kompaniya
ariza berdi.
— OTB ham Oʻzbekistonning energetika sektorida tub islohotlar amalga oshirilishini amaliy jihatdan
maʼqullamoqda, — deydi energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xodjayev. — Jumladan, 2013-yili Quyosh
energiyasi instituti ochilishiga, 2014-yili quyosh energetikasini rivojlantirishga oid “yoʻl xaritasi” qabul
qilinishiga oʻz vakolati doirasida hissa qoʻshdi. Endilikda esa respublikamizning quyosh energiyasi salohiyatini
baholash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazishda, ushbu energetikani diyorimizda ravnaq toptirishga qaratilgan
izlanishlar olib borishda moliyaviy madad bermoqda.
Mamlakatimiz qayta tiklanadigan energiya manbalari loyihalarida qatnashish boʻyicha yaxshi shartlarni taklif
qilgan yirik kompaniyalar bilan bevosita muzokaralarni faol davom ettirmoqda. Masalan, “Tota Eren”
(Fransiya) kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyatining Nurobod tumanida fotoelektrik stansiya tiklanadi.
Jami quvvati 100 MVt.li bu inshootni barpo etish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi bitim oʻtgan yili kuzda
imzolandi. Prezidentimizning 2018-yil oktyabr oyida Fransiyaga rasmiy tashrifi chogʻi erishilgan kelishuv va
tegishli qaror ushbu loyiha uchun huquqiy asos vazifasini oʻtadi.
2004-yili Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod shahrida tashkil topgan “ACWA Power” kompaniyasi suvni
shoʻrsizlantiruvchi qurilmalar va elektr stansiyalari ishlab chiqaruvchisi, investori va operatori sifatida dunyoga
dong taratgan. Hozirgi kunda Yaqin Sharq, Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyodagi 12 ta mamlakatda samarali
faoliyat yuritmoqda. Kompaniya portfeli 45,5 milliard dollarlik investitsiya qiymatiga ega boʻlgan 31 GVt elektr
energiyasi va kuniga 5,2 million kub metr shoʻrsizlantirilgan suv ishlab chiqaruvchi 56 ta aktivdan iborat.
Qolaversa, u Saudiya Arabistonining toʻqqizta konglomerati, jumladan, “Vision” xalqaro investitsiya
kompaniyasi, Davlat investitsiyalari fondi, Davlat pensiya agentligining ham mulkdori sanaladi.
— Yana bir eʼtiborli jihati, hozir Buxoro viloyatining Gʻijduvon va Peshku tumanlarida har biri 500 MVt
quvvatga ega shamol elektr stansiyalarini bunyod etish loyihasi boʻyicha “ACWA Power” bilan kelishuv
imzolanish bosqichida turibdi, — deydi Sherzod Xodjayev. — Unda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hajmi 1,3
milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Yangi inshootlar 2023-2024-yillardan eʼtiboran ishlay boshlaydi.
Auksion savdolar reglamenti
Prezidentimizning 2019-yil 8-yanvardagi farmoni va shundan keyin qabul qilgan qarorlari asosida
Oʻzbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari asosida elektr energiyasini generatsiya qilish sohasida
davlat-xususiy sherikchiligi (DXSH) shartlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida auksion
savdolar reglamenti tasdiqlandi.
— Uning shartlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida boshlangʻich bahoni pasaytirish
boʻyicha auksion savdolar mexanizmini joriy etish zarurati, birinchi navbatda, respublika iqtisodiy manfaatlari
bilan izohlanadi, — deydi energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xodjayev. — Mazkur raqobat tanlovi mexanizmi
tanlov jarayonini raqamlashtirish va soʻnggi qaror qabul qilishda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etgan holda
inson omilini kamaytirishga qaratilgan boʻlib, bu pirovardida qayta tiklanadigan energiya uchun yana-da
minimal tariflarni olishga imkon beradi.
Xalqaro agentlik (IRENA) maʼlumotlariga koʻra, dunyodagi 100 dan ziyod mamlakat tomonidan qayta
tiklanadigan energiya manbalari bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish uchun onlayn auksion mexanizmi
joriy etilgan. 2010-2018-yillarda uning natijalariga koʻra, quyosh elektr stansiyalari uchun oʻrtacha elektr
energiyasi narxi 74 foiz, shamol elektr stansiyalari uchun 30 foiz kamaygan boʻlib, bu, oʻz navbatida, “yashil
tariflar” (davlat byudjeti) hisobidan sohadagi yirik obyektlarning subsidiya olishni rad etishlariga xizmat qildi.
Xalqaro energetika agentligi (IEA) maʼlumotlariga koʻra, 2012-2017-yillar davomida auksion savdolar asnosida
umumiy quvvati 152 GVt boʻlgan loyihalarni amalga oshirish uchun gʻoliblar aniqlangan boʻlsa, 2018-2023-
yillarda esa bu koʻrsatkich qariyb 500 GVt.ni tashkil etadi.
Mamlakatimizda qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan
loyihalar soni tobora ortib bormoqda va hech biri davlat kafolatlari taqdim etilishini nazarda tutmaydi. Bu, oʻz
navbatida, sohada davlat-xususiy sherikchiligining vujudga kelishiga ham imkoniyat yaratadi. Sarmoyadorlar
kiritayotgan takliflar esa energetika bozorining yirik ishtirokchilarida mamlakatimizda ishlashga boʻlgan
qiziqish tobora ortib borayotganini, buning uchun qulay investiyaviy muhit yuzaga kelayotganini yaqqol
koʻrsatib turibdi.
Abdurauf QORJOVOV,
iqtisodiy sharhlovchi
Nashr etmoq
# Energetika vazirligi
# Tiklanuvchi energiya
Do'stlaringiz bilan baham: |