Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik malakalarini shakllantirish



Download 16,27 Kb.
bet1/2
Sana18.04.2022
Hajmi16,27 Kb.
#561093
  1   2
Bog'liq
Muxammadiyeva L(1)


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ELEMENTAR MATEMATIK MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH
MUXAMMADIYEVA LOLA POʻLATOVNA
Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yoʻnalishi magistranti
maxammadiyevalola@gmail.com
+998335699393
Annotatsiya: maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonini rivojlantirish hamda ularda elementar matematik malakalarini shakllantirishning ahamiyatligi xususida fikrlar berilgan. Kalit soʻzlari: maktabgacha ta’lim, bilish jarayoni, bilim, matematik tasavvur, elementar matematika, malaka. Annotation: The article discusses the importance of developing the cognitive process in preschool children and the formation of basic mathematical skills in them. Keywords: preschool education, cognitive process, knowledge, mathematical imagination, elementary mathematics, skills. Аннотация: В статье рассматривается важность развития познавательного процесса у дошкольников и формирования у них основных математических навыков. Ключевые слова: дошкольное образование, познавательный процесс, знания, математическое воображение, элементарная математика, умения.
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan boʻlib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish koʻzda tutildi. Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari koʻrsatish tizimi isloh qilindi, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta koʻrib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’limning ikki pogʻonali tizimi joriy etildi. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi boʻgʻini hisoblangan maktabgacha ta’lim sohasi har tomonlama sogʻlom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari oʻz nutqlarida: “Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bogʻcha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga toʻliq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb ta’kidlagan edi. Qisqa vaqt ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmon va qarorlari, shuningdek, Oʻzbekistojn Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi asosida misli koʻrilmagan ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekistonning istiqboli koʻp jihatdan yosh avlodga, uning saviyasi, fidoiyligiga, yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash ishiga boʻlgan munosabatiga bogʻliq. Eng zamonaviy sharoitlarga ega boʻlgan ta’lim tashkilotlarida bolalarga puxta bilimlar berish va ularning bilishga jarayonlarini rivojlantirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish talab etilmoqda. Bilishga qiziqish – haqiqiy pedagogik ilm zarurligini isbotlaydi [2.:45]. Ushbu muammoning nazariy ishlanmalari va uning amaliyoti ta’limni amalga oshirishdir. Elementar matematik tushunchalarni rivojlantirish muammolari Bolalarga matematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi o’quv- tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri - bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir Bolalar matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o’rganiladigan xususiyatlar va konuniyatlarni bilish kerak. Bolalardagi matematik bilim xayotdan ajralmagan xolda dunyoni chuqurroq, o’rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo’lgan g’oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin g’oya paydo bo’ladi, keyin shu yangilik ham kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga1 mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo’ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Har bir mustaqil yechilgan masala, to’zilgan masala va masalani yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil yengishida matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi.Ruxshunoslarning fikriga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi murakkab va serqirralidir. O’zining mohiyati bo’yicha har bir fikr ijodiy, past yoki yuqori darajaning maxsulidir. Bilish jarayonini uygʻotish motivi turli xil boʻlishi mumkin. Ammo, bilim olishga boʻlgan hamma motivlar ichida eng haqiqatga yaqini bu – bolalarning biror voqealikka, narsaga boʻlgan qiziqishidir. Bolalarda biror narsaga boʻlgan qiziqish boshqalarga nisbatan ancha erta uygʻonadi. Bilish bu – katta kuch, gʻayrat, iroda, qunt talab qiluvchi mehnatdir. Shuning uchun bolalarda asta-sekinlik bilan, ularni qiziqishini hisobga olib, soʻndirmasdan, ularda irodani, qiyinchilik va toʻsiqlarni yengib oʻtish uchun zarur boʻlgan ilm-zakovatni, oʻzlarining burchlariga-vazifalariga boʻlgan javobgarlikni, vataniga boʻlgan sadoqatni oʻzlashtirib olishni shakllantirish talab qilinadi. Elementar matematik tushunchalarni rivojlantirish muammolariBolalarga matematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi o’quv- tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri - bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir.Bolalar matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o’rganiladigan xususiyatlar va konuniyatlarni bilish kerak. Bolalardagi matematik bilim xayotdan ajralmagan xolda dunyoni chuqurroq, o’rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo’lgan g’oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin g’oya paydo bo’ladi, keyin shu yangilik ham kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o’zining mohiyati bo’yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo’ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Har bir mustaqil yechilgan masala, to’zilgan masala va masalani yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil yengishida matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi.Ruxshunoslarning fikriga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi murakkab va serqirralidir. O’zining mohiyati bo’yicha har bir fikr ijodiy, past yoki yuqori darajaning maxsulidir. Har bir fikr - izlanish va yangilikni yaratish hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakatdan iborat. Adabiyotlar taxlillari shuni ko’rsatadiki, matematik tushunchalarni rivojlantirish maxsulining yuqori darajadagi yangiligi, unga erishish jarayonining o’ziga xosligi va aqliy rivojlanishga sezilarli ta’sir ko’rsatish bilan ifodalanadi. Ayrim mualliflar bolaning turli fikrlashlari ularning oldida to’rgan yangi muammolarni mustaqil yechishga, chuqur bilimlarni tez egallashga, qulay imkoniyatga yengil o’tishga undaydi, deb xisoblaydilar. S.L.Rubinshteynning birinchilardan bo’lib umumiy aqliy rivojlanish borasida qilgan izlanishlari maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning matematik tasavvurlar dunyosiga kirishi ilk va maktabgacha yoshida boshlanadi. Ular predmetlarni nomlashadi, shakli, rangini aniqlaydi, oʻlchamlari boʻyicha solishtiradi, miqdoriy va fazoviy nisbatini oʻrnatadi, geometrik figuralar va ularning oʻlchamlari bilan tanishadi, modellashtirish faoliyatini oʻzlashtiradi. Bolalarda matematik malakalarini shakllantirishning asosiy masalalari quyidagilardan iborat: bolalarda matematik malakalarini shakllantirish darajasi nuqtai-nazaridan kichik, oʻrta, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartli rejasini asoslash, yoʻllari va shartlarini ishlab chiqish, ushbu shakllantirishni ta’minlovchi uslubiy koʻrsatmalar berish [4.:32]. Maktabgacha ta’limga qoʻyiladigan davlat talablaridan kelib chiqib, bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish boʻyicha asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi: rang, shakl va oʻlcham kabi atrof-muhit ob’ektlarini va ularning modellarini tushunishga yordam berish, kuzatish va tajriba, tahlil va taqqoslash, klassifikatsiyalash va boʻlish kabilar orqali atrof-muhit ob’ektlarni hamda ularning modellari bilan oʻzaro munosabatida bolalarning faol bilish faoliyati uchun sharoit yaratish, vaziyat, topshiriq va ularni bajarish usullari, faoliyat va uning natijalarini tahlil qilishni bayon etish orqali bolalar lugʻatini oddiy matematik terminlar bilan boyitish, oʻrgatuvchi oʻyinlar, topshiriqlar, mashqlarni qoʻllash qoidalarini tushunish hamda keyinchalik qoʻllashga yordam berish hamda faoliyat turlari va usullarini tanlash boʻyicha tashabbuskorlik koʻrsatish uchun sharoit yaratish [5.: 45]. Maktabgacha ta’lim yoshidagi katta bolalarda elementar matematik malakalarini shakllantirishda bolalar tomonidan kattaliklar toʻgʻrisidagi tasavvurlarni egallashi katta oʻrin egallaydi. Bunda pedagog yosh xususiyatlariga tayanishi lozim. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari katta guruhlarga 5-6 yoshdagi bolalar boradi. Bu guruhda haftasiga 20-25 daqiqa davom etadigan bitta ta’limiy oʻyin faoliyati oʻtkaziladi. Oʻqitish, ilgari egallangan bilim va matematik muammolarni yechish tajribasi asosida koʻrgazmalikka tayangan holda oʻtkaziladi. Ya’ni, yangi tasavvurlar uni ilgari oʻzlashtirilgan tizimga kiritish asosida shakllanadi [6.:55]. Bolalarda matematik malakalarni shakllantirish bir qator shartlarga bogʻliq [4.:60]. Birinchidan, bola oldin egallagan bilim va koʻnikmalarga ega, ikkinchidan, matematik tasavvurlarning mazmuni ketma-ketlikda boʻlishi shart, uchinchidan, bola matematik malakalarini oʻzlashtirish jarayonini oʻrganib, kelib chiqadigan xulosalarni bilishi shart. Ushbu vazifalarning bajarilishi bolaning bilim hajmi va aqliy rivojlanganlik darajasiga bogʻliq. Shuning uchun birinchi bosqichda tarbiyachi aqliy kuch va tirishqoqlikni koʻp talab qilmaydigan masalalarni taklif etish kerak. Bunda bola sodda matematik tushunchani oʻzlashtirishi, keyin esa bora-bora oʻzi mustaqil ishlash koʻnikmasini hosil qilgunicha matematik tasavvurlarni shakllantirib, murakkablashtirish kerak. Elementar matematik malakani oʻzlashtirish jarayonidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi shu tasavvurning mazmuniga ham bogʻliq. Har bir tasavvurdagi ma’lumotlar, matematik tushunchalar va gʻoyalarning mantiqiy tugallangan doirasidir, bu esa tarbiyachi tomonidan faol oʻzlashtirilgan, qaytadan ishlab chiqilib oxirigacha oʻylangan boʻlishi kerak. Xulosa qilib aytganda Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik malakalarini shakllantirishning ilmiy asoslangan didaktik tizimi yaratilgan. Uning asosiy komponentlari maqsad va vazifalar, mazmun va mohiyati, metod va didaktik vositalar bolalarning matematik shakllanish hamda rivojlanish jarayonini tashkil etish shakllaridir. Elementar matematik tushunchalarni rivojlantirish muammolari Bolalarga matematikadan ta’lim berish va maktabgacha ta’limdagi o’quv- tarbiya jarayonini takomillashtirishning maqsadlaridan biri - bu bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishdir.Bolalar matematik tushunchalarini rivojlantirish uchun pedagogika, falsafa, mantiq, psixologiya va boshqa bir qator fundamental fanlarda o’rganiladigan xususiyatlar va konuniyatlarni bilish kerak. Bolalardagi matematik bilim xayotdan ajralmagan xolda dunyoni chuqurroq, o’rganishga imkon yaratadi. Bunda bolalarda matematik tushunchalardan oldin mavjud bo’lgan g’oya katta ahamiyatga egadir. Har bir yangilikdan oldin g’oya paydo bo’ladi, keyin shu yangilik ham kelib chiqqan natijalarni isbotlash uchun umumiy uslubni anglashga va shu natijani umumiy ifodalashga harakat qiladi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o’zining mohiyati bo’yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo’ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Har bir mustaqil yechilgan masala, to’zilgan masala va masalani yechish jarayonida uchragan qiyinchiliklarni mustaqil yengishida matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi.Ruxshunoslarning fikriga qaraganda, matematik tushunchalarni shakllantirish muammosi murakkab va serqirralidir. O’zining mohiyati bo’yicha har bir fikr ijodiy, past yoki yuqori darajaning maxsulidir. Har bir fikr - izlanish va yangilikni yaratish hamda uni ommalashtirishga qaratilgan mustaqil harakatdan iborat. Adabiyotlar taxlillari shuni ko’rsatadiki, matematik tushunchalarni rivojlantirish maxsulining yuqori darajadagi yangiligi, unga erishish jarayonining o’ziga xosligi va aqliy rivojlanishga sezilarli ta’sir ko’rsatish bilan ifodalanadi. Ayrim mualliflar bolaning turli fikrlashlari ularning oldida to’rgan yangi muammolarni mustaqil yechishga, chuqur bilimlarni tez egallashga, qulay imkoniyatga yengil o’tishga undaydi, deb xisoblaydilar. S.L.Rubinshteynning birinchilardan bo’lib umumiy aqliy rivojlanish borasida qilgan izlanishlari maqsadga muvofiqdir.Matematik tushunchalarni shakllantirish - inson ijodiy faoliyatining butun maqsadli amalga oshiriladigan pedagogik jarayonidir. Uning maqsadi - bolalarni faqat matematiqani bilishdan emas, balki ularni xayotga tayyorlash, o’zlarining xayotdagi o’rinlarini topa olishlariga yordam berishdan iborat.Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish fanining asosiy masalalari quyidagilardan iborat:
1 - bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi nuqtai nazaridan ikkinchi kichik, o’rta, katta va maktabga tayyorlov guruhlari uchun shartlar rejasini asoslash; 2 - matematik tushunchalarni rivojlantirish maktab matematikasini o’rganishga tayyorlashni rejalash; matematik tushunchalarning rivojlantirish yo’llari va shartlarini ishlab chiqish; 3- bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirishni ta’minlovchi metodik ko’rsatmalar berish

Download 16,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish