ot — 0 ball
it - (- 5 ball).
Ertalab biz nonushta qilamiz, tushda esa ...
tushlik qilamiz, sho‘rva ichamiz, go‘sht yeymiz — 1 ball;
kechki ovqatni yeymiz, uxlaymiz va h.k. — (3 ball).
Kunduzi yorug‘, kechqurun esa ...
429
qorong‘i — 0 ball;
noto‘g‘ri javob — (4 ball).
Osmon moviy (ko‘k), o‘t esa ...
yashil — 1 ball;
noto‘g‘ri javob — (4 ball).
Gilos, nok, olxo‘ri, olma — bular nima?
mevalar — 1 ball;
noto‘g‘ri javob — (1 ball).
Nima uchun poyezd o‘tishidan oldin shlagbaum tushiriladi?
avariya bo‘lmasligi, hech kim poezd tagiga tushib ketmasligi va h.k. uchun — 0 ball;
noto‘g‘ri javob — (1 ball).
Moskva, Toshkent, Chirchiq (tanish shaharlar) nima?
shaharlar — 1 ball;
stansiyalar — 0;
noto‘g‘ri javob — (1 ball).
Soat necha (soatdan 18, 15, 19, 11, 5 daqiqani ko‘rsating)? Bola soatni o‘zi belgilaydi.
agar barcha javoblar to‘g‘ri bo‘lsa — 4 ball;
1 ta javob to‘g‘ri bo‘lsa — 3 ball;
noto‘g‘ri javob — (0 ball).
Sigirning bolasi — buzoqcha, itning bolasi — ..., qo‘yning bolasi — ...
kuchukcha, qo‘zichoq — 4 ball;
ikkitadan bittasi — 0 ball;
noto‘g‘ri javob — (1 ball).
Kuchuk ko‘proq mushukka o‘xshaydimi yoki tovuqqa?
mushukka — (nimasi bilan o‘xshash?) — 4 ta oyog‘i, yun- gi, tirnoqlari va shu kabi o‘xshashlik tomonlari aytilsa — 0 ball;
o‘xshashlik belgilarisiz — (1 ball);
noto‘g‘ri javob — (3 ball).
Nima uchun barcha avtomobillarda tormoz bo‘ladi?
tog‘liklar, burilishlarda (2 ta sabab) yoki boshqa joylarda tormoz berish uchun — 1 ball;
bitta sabab ko‘rsatilsa — 0 ball;
noto‘g‘ri javob — (1 ball).
Bolta bilan bolg‘a nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi?
430
agar 2 ta umumiy belgi ko‘rsatilsa (yog‘och-temir, mix qoqish mumkin, asboblar orasi tekis) — 3 ball;
bitta belgi ko‘rsatilsa — 2 ball;
noto‘g‘ri javob — 0 ball.
Olmaxon bilan mushuk nimasi bilan bir-biriga o‘x- shaydi?
sutemizuvchilar ekanligi yoki 2 ta umumiy belgisi (pan- jasi, mo‘ynasi, daraxtlarga chiqa olishi) ko‘rsatilsa — 3 ball;
bitta o‘xshashligi ko‘rsatilsa — 2 ball;
noto‘g‘ri javob — 0 ball.
Mix vintdan nimasi bilan farq qiladi? Agar ular stol usti- da turgan bo‘lsa, ularni qanday ajratgan bo‘lar eding?
rezbasidan — 3 ball;
vint buraladi, mix qoqiladi, vintning gaykasi, mixning shapkachasi bo‘ladi — 2 ball;
noto‘g‘ri javob — 0 ball.
Futbol, suvga sakrash, tennis, suzish, gimnastika — bu...?
sport, fizkultura — 3 ball;
o‘yinlar, mashqlar, musobaqalar — 2 ball;
noto‘g‘ri javob — 0 ball.
Transport vositalaridan qaysilarini bilasan?
Agar bola «U nima?» deb so‘rasa, «Transport — bu harkatla- nish vositasi», deb tushuntiriladi.
agar 3 ta — yerda yuruvchi transportni, samolyot yoki kemani aytsa — 4 ball;
faqat yerda yuruvchi taransportni aytsa — 2 ball;
noto‘g‘ri javob — 0 ball.
Qari odam yosh odamdan nimasi bilan farq qiladi?
3 ta belgi (ajinlari, yomon eshitishi, ko‘rishi bilan) — 4 ball;
bitta yoki ikkita belgi aytsa — 2 ball;
noto‘g‘ri javob — 0 ball.
Nima uchun odamlar sport bilan shug‘ullanishadi?
ikkita sabab ko‘rsatsa — 4 ball;
bitta sabab ko‘rsatsa — 2 ball;
noto‘g‘ri javob — 0 ball.
Agar biror odam ishlashdan bosh tortsa, nima uchun bu xat- ti-harakat yomon, noto‘g‘ri, axloqqa qarshi harakat hisoblanadi?
431
boshqa odamlar u uchun ishlashi kerak bo‘ladi (yoki kimdir jabr chekadi) yoki dangasalik qiladi va hech narsa sotib ololmaydi — 5 ball;
noto‘g‘ri javob — 0 ball.
Nima uchun xatning ustiga marka yopishtiriladi?
xatni jo‘natish uchun — 5 ball;
noto‘g‘ri javob — (2 ball).
TEST SAVOLLAR BLOKI (J.G. SAIDNAZAROVA).
Testni baholash ko‘rsatkichlari
Agar bola hamma savollarga to‘liq javob bersa, bu 100% deb baholanadi va (H) belgisi bilan qayd etiladi.
Agar bola savollarning yarmisiga javob bersa 50% deb baholanadi va (X) belgisi bilan qayd etiladi.
Agar bola savollarning yarmisidan kamiga javob bersa 25% deb baholanadi va (-) belgisi bilan qayd etiladi.
Izoh: Agar bola testda berilgan savollarga javob bera olma- sa, lekin nazariy jihatdan bu savollarni bilsa, bunday holatlar- da javob hisobga olinmaydi. M.; bolaga xonadagi kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi predmetlarni aytish taklif qili- nadi. Agar bola predmet va to‘g‘ri to‘rtburchak deb nimaga ay- tilishini bilsa, ammo ularni ko‘rsatib bera olmasa, bolaning bergan javobi hisoblanmaydi.
Bolaning aqliy taraqqiyotini aqliy jihatdan ortda qolgan, deb qaramaslik kerak. Aqliy rivojlanishning ortda qolish sabablarini shu bola bilan olib boriladigan korreksion ishlarda aniqlash zarur. Bunday bolalar tenglashtirish sinflarida o‘qitilishi va psixik jara- yonlarini rivojlantiruvchi o‘yin va mashqlar o‘tkazish lozim.
Bolalarni maktabga qanday tayyorlash lozim.
(Ota-onalar uchun tavsiyalar)
Kichkintoyingizning maktabgacha ta’lim muassasasiga jonu dili bilan borishiga g‘amxo‘rlik qiling.
Bolangizga yoshiga xos me’yorlar va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda talab qo‘ying.
Bola xatti-harakatlar va so‘zlar orqali sizning mehringizni sezishiga intiling.
Oilada uning uchun sharoit yarating.
432
Har doim bir xilda, balki undan ham ortiq qo‘llab-quv- vatlang, chunki uni maktabga moslashuv davrining qiyinchi- liklari kutmoqda.
Maktab yoshiga xos yetuklik darajasini biling va ularni o‘z vaqtida shakllantirishga harakat qiling.
Aqliy rivojlanishi uchun sharoit yarating, uning orqada qolmasligiga harakat qiling.
Ertak va she’rlar o‘qib bering. Rasm chizing. U bilan iloji bo- richa ko‘proq suhbatlashing, turli mavzularni muhokama qiling.
Qo‘shiq o‘rgating, birga musiqa eshiting, multfilm, bolalar uchun filmlarni ko‘ring.
Muzey, teatr, sirk, hayvonot bog‘lariga olib boring.
Yoshiga xos o‘yinchoqlarni tez-tez olib bering va iloji boricha birga o‘ynang.
Mazmunli-rolli o‘yinlar va rejissyorlik o‘yinlarini ma’qullang. Tengdoshlari bilan munosabatini qo‘llab-quvvatlang.
Hissiy dunyosiga e’tibor qarating. O‘zingiz va farzandin- giz hislarini muhokama qiling.
Bolaga his-tuyg‘ularni jilovlay olishni o‘rgating, Sizdan emotsional jihatdan mustaqil bo‘lsin.
Sog‘lig‘i va kayfiyatini muntazam kuzatib boring.
Tarbiyachidan kamida bir yil ilgari bolaning maktabga yetuklik darajasini so‘rab biling yoki mutaxassislar ishtirokida test o‘tkazing.
Agar bolangiz maktab ta’limiga tayyor bo‘lmasa uni Sizning iltimosingizga ko‘ra maktabga qabul qilishlariga urinmang. Siz farzandingizni faqatgina tibbiy-pedagogik hay’at tomonidan tavsiya etilgan maktabga olib borishingiz lozim.
Nazorat savollari:
Bolalarning maktabga o‘tishlari ularning hayotida qan- day o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda ularning qiziqishlaridan qanday foydalanish kerak?
Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi qanday tekshiriladi?
433
Do'stlaringiz bilan baham: |