Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


o‘yin o‘ynashlari, topshiriqlarni birga bajarishlari oqibatida suhbatga bo‘lgan ehtiyoj oshadi



Download 2,28 Mb.
bet186/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

o‘yin o‘ynashlari, topshiriqlarni birga bajarishlari oqibatida suhbatga bo‘lgan ehtiyoj oshadi.

Ijtimoiy maktabgacha ta’lim sharoitida bolalar jamoasi, bo­la boshqa bolalar bilan birgalikda va ular bilan har xil alo- qalar o‘rnatganda paydo bo‘ladi. Bu yerda bola jamoa ichida- gi ilk axloq ko‘nikmalarini, atrofdagilar bilan muomala qilish malakalarini orttiradi. Bolaning tengdoshlari bilan suhbatida shu paytgacha o‘zlashtirgan axloq qoidalarini amalda qo‘llash va bu qoidalarni turli xil konkret vaziyatlarga moslashtirish zaruriyati bilan to‘qnashishida, bolada shaxsning rivojlanishi- ga tengdoshlar guruhining ta’sirida namoyon bo‘ladi. Bola- larning birgalikdagi faoliyati harakatlarni muvofiqlashuvga olib kelish, tengdoshlarga xayrixoh munosabat ko‘rsatish, umumiy maqsadlarga erishish uchun shaxsiy xohish-istaklardan voz ke- chish kerak bo‘lgan vaziyatlar uzluksiz vujudga keladi. Bun- day vaziyatlarda bolalar har doim ham kerakli xulq, muoma- la usulini topa olmaydilar. Tengdoshlarining huquqini hisobga olmay, o‘z huquqlarini himoya qiladilar, ular orasida ko‘pincha janjal yuzaga keladi. Janjalga aralashib, uni bartaraf qila bo- rib, tarbiyachi bolalarga axloq qoidalarini ongli ravishda baja- rishni o‘rgatadi.

Suhbat va guruhdagi umumiy faoliyat bolalarda to‘g‘ri ha­rakat qilishga o‘rgatish vazifasini bajaradi. Bunday mashq bola­larga axloq qoidalarini faqat bilishi uchun emas, balki ularni amalda qo‘llash uchun ham zarurdir. Bolalar axloq qoidalari­ni o‘zlashtirishida guruhda umumiy fikr shakllanishi katta ahamiyatga ega. Bu ularda shaxsning rivojlanishi uchun bola­lar jamoasi ta’siri bo‘lib xizmat qiladi.

Uch yoshli bolalar guruhida u yoki bu predmetlar, hodisa- lar, harakatlar haqida hali umumiy fikr bo‘lmaydi. Bir bola­ning fikri odatda boshqa bolaning fikriga ta’sir qilmaydi. Lekin to‘rt-besh yoshdan boshlab bolalar tengdoshlari fikrini e’tiborga ola boshlaydilar va garchi u o‘z taassurot va bilimlariga to‘g‘ri kelmasada ko‘pchilik fikriga qo‘shiladi. Bunday ko‘pchilikning fikriga bo‘ysunish konformlik deb nomlanadi. Tajribada kon- formlikni aniqlashingiz mumkin. Masalan, bir nechta bolaga ataylab, stol ustida turgan qora va oq piramidachalarni ikkala-


376





si oq deyishga o‘rgatasiz. Kelishuvda qatnashmagan bola, ik- ki-uch tengdoshining fikrini eshitgach, «Piramidachalar qay­si rangda?» degan savolga «Ikkalasi ham oq» deb javob beradi.

Olti yoshda konformlik bolalarda ancha susayadi. Konform- lik maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘z fikrini muvofiqlashtira olishga erishishda o‘tish davri hisoblanadi. Lekin ba’zi bolalar- da u mustahkam o‘rnashib olib va shaxsning salbiy fazilatlari- ga aylanishi mumkin.

O‘ zaro baholar.
Bolalar o‘z tengdoshlariga berayotgan baholar dastlabki hollarda tarbiyachi bahosini oddiy takror- lanishidir. Uch-to‘rt yoshli bolalardan «Guruhda kim eng yaxshi bola?» deb so‘rashganda, «Lola, chunki u tez ovqatla- nadi» yoki «Vali, chunki u aytganni qiladi» degan javobni be­radi. Lekin sekin-asta baholar ma’noga ega bo‘lib boradi. Har xil o‘yin turlarini biladigan, o‘rtoqlari bilan o‘yinchoqlarini bo‘lishadigan, zaiflarni himoya qiladigan va hakozo bolalar ijobiy baholanadigan bo‘ladi.

To‘rt-besh yoshdan boshlab, bolalar uchun guruh bahosi ju­da muhim bo‘ladi. Ular o‘zlarini tengdoshlari ma’qul topmay- digan harakatlardan tiyishga va ijobiy munosabatga erishishga intiladilar. Bolalar bog‘cha guruhida har bir bola, tengdosh- larini unga bo‘lgan munosabatini bildiruvchi, aniq o‘ringa ega bo‘ladi. Katta shuhrat qozongan ikki-uch bola ajralib turadi: ular bilan ko‘plar do‘stlashishni, mashg‘ulotlarda birga o‘tirishni, ularga o‘xshashni xohlashadi, ularning iltimoslarini mamnunilat bilan bajarishadi, o‘yinchoqlarini bo‘lishishadi. Shu bilan bir qatorda tengdoshlari umuman suymaydigan bolalar ham topiladi. Ular bilan kam gaplashishadi, o‘yinga qo‘shishmaydi, ularga o‘yinchoqlarini berishni xohlashmaydi. Bolalarning qolgan qismi bu ikki «qutb» orasida joy topgan. Bolani qanday qabul qilishlariga sabab bo‘ladigan bir necha omillar mavjud: uning bilimi, aqliy rivoji, fazilatlari, boshqa bolalar bilan aloqa o‘rnata olishi, tashqi ko‘rinishi, jismoniy kuchi, chidamliligi va hokazo. Bolaning tengdoshlar guruhi- dagi o‘rni ular tomonidan qanchalar qabul qilinganini, qan- chalar e’tirof etilish xohishi amalga oshgan yoki oshmaganini ko‘rsatadi.


377



Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar va nutq- ning o‘rni. Maktabgacha yosh davri o‘z xulq-atvorini, ichki va tashqi harakatlarini ongli tarzda boshqarish qobiliyati sifatida irodaning tarkib topish davridir. Ta’lim-tarbiya jarayonida kat­talar va tengdoshlari ta’siri ostida bolada o‘z xatti-harakatlarini boshqarish, maqsadga erishish ko‘nikmalari shakllanadi. Bun- da bola yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat qiladi. Bola o‘z holatini, masalan, mashg‘ulotlarda tarbiyachi talab etganidek tinch o‘tirish, qimirlayvermaslik kabi harakat- larni nazorat qilish malakalarini egallaydi.

Bog‘cha yoshidagi bola o‘z idroki, xotirasi, tafakkurini boshqara boshlaydi. Agar 3 yoshli bolaga muzda sirpanchiq uchayotgan bolalar tasvirlangan rasmni ko‘rsatib, ulardan qaysi biri qo‘lqopini yo‘qotganligi so‘ralsa (bolalardan biri qo‘lqopsiz va qo‘lqop qor ustida yotgani tasvirlangan) bola bunga javob bermaydi. Masalani hal qilish uchun barcha rasmdagi figu- ralarni ketma-ket ko‘zdan kechirish lozim. Bolaning nigohi esa tartibsiz tarzda biridan ikkinchisiga sakrab ketadi, keyincha- lik bola kattalar yordamida ixtiyoriy idrok qilishga o‘rganadi va shunga o‘xshash masalalarni muvaffaqiyatli yecha bosh­laydi. Esda olib qolish va qayta esga tushirish boshqariladi- gan jarayonga aylana boradi. To‘rt yoshga yetganda bola o‘z oldiga kattalar topshirig‘ini yoki yoqimli she’rni esda olib qo­lish maqsadini qo‘ya oladi. To‘rt yoshli bolalarda aqliy faoli- yatni boshqarish qobiliyati kuzatiladi. Masalan, boshqotirmani hal qilishda ular qismlarni bir butun, yaxlit qilib birlashtirish- da sabr bilan turli xil variantlarni qo‘llab ko‘radilar, bunda ular bir variantdan izchil tarzda ikkinchisiga o‘ta oladilar.

Bu yoshda xulq-atvorni ongli ravishda boshqarish shakllana boshlaydi. Irodaviy harakatlar yuzaga kelishi bilan bir qatorda ixtiyorsiz, impulsiv harakatlar ham saqlanib qoladi. Irodaviy harakatlar genezisiga murojaat qiladigan bo‘lsak, maktabgacha davr mobaynida irodaviy harakatlar ham ularning umuman xulq-atvoridagi vazni ham o‘zgarib boradi. Kichik bog‘cha yo- shida bolaning xulq-atvori deyarli butunlay impulsiv xatti-ha- rakatlardan tashkil topsa, 4-5 yoshli bolalarda iroda namoyon qilish kuchayadi, biroq xulq-atvorda ular katta o‘rin egal-


378





lamaydi. Faqat katta bog‘cha yoshida bola nisbatan irodaviy zo‘riqishlarga qobil bo‘la boshlaydi. Shunday qilib, irodaviy harakatlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi xarakterli bo‘lib, xulq-atvorda ularni qo‘llash sohasi hamda egallagan o‘rni che- garalangan.

Bola irodasining rivojlanishi maktabgacha yosh davri- da yuz beradigan xulq-atvor motivlarining o‘zgarishi bilan uzviy bog‘langan. Bola uchun eng muhim bo‘lgan motivlar guruhining birinchi o‘rinda turishi shunga olib keladiki, bola qo‘yilgan maqsadga ongli tarzda erisha boshlaydi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish