Kattalarning bolaga nisbatan «yaxshi bola»ga bo‘lgandek emotsional munosabat tug‘ilgandan va o‘z jinsiga dastlabki ko‘nikishdan so‘ng, bolada yangi ijtimoiy muhit shakllanadi, ya’ni kattalar talablariga javob berishga va tan olinishga intilish paydo bo‘ladi. Ma’naviy his va vijdon hurmat qozonishga intilishning ijobiy tarafidir. Odamlarning kundalik munosa- batlarida vijdon «kerak» so‘zi bilan izohlanadi. Tarbiya orqa
insoniyat ma’naviy madaniyatini yuqori yutug‘i bo‘lgan mu- kammallik tuyg‘usi aniq bir shaxsning yutug‘iga aylanadi. Shaxsning axloqiy shakllanishini bola egallayotgan bilimlar; atrofdagi odamlar bilan muloqot paytida o‘zlashtirilgan ax- loqiy xulq odatlari, odamlar bilan o‘zaro aloqa paytida yu- tuq va yo‘qotishlarni birga emotsional boshdan kechirishlar tashkil qiladi. Maktabgacha bo‘lgan davr mobaynida ong darajasi o‘zgaradi va buning oqibatida bolalar axloq qoidalarini ba- jarishni boshlaydilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalar qoidalarga amal qilishga ko‘nikadilar va ba’zida hattoki «tartibga ortiqcha mehr» qo‘yadilar, qoidalarni kichik buzilishiga ham chiday ol- maydilar. Maktab yoshiga yaqinlashganda esa odatdagi qoida- ga rioya qilish ongli ravishda bajarishga aylanadi. Bu davrda bolalar nafaqat o‘zlari qoidalarga bo‘ysuna boshlaydilar, balki boshqa bolalar ham ularga amal qilishlarini nazorat qiladilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda g‘urur va uyatchanlik rivojlanishi axloq namunalari va qoidalarini o‘zlashtirishda katta ahamiyatga ega. Bola o‘z harakatlarini kattalarning bergan bahosi va maqtovlari bilan muvofiqlashti- rishga majbur bo‘ladi. Bu yoshdagi bola faqat kattalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanish uchun emas, balki o‘z ijobiy fazilat- lari (jasurlik, rostgo‘ylik, boshqalar bilan bo‘lishishga tayyorlik)
373
uchun ham, g‘urur hissini tuyadi. U o‘z harakatini ijobiy ba- holanadigan namuna bilan o‘lchaydi, u bilan o‘xshashlik unga o‘zi bilan g‘ururlanishga asos bo‘la olishini tushunadi.
Uyatchanlik bolada kattalarni bolalikning ilk davrida uning ishlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashishi tufayli orttiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolada uyatchanlik boshqalar kutgandan yomonroq, aniqrog‘i qoidani buzish, ijobiy baholanadigan na- munadan chetlashishdek, harakat qilganligini tushunib yetgan holda ham vujudga keladi. Bola o‘zida qo‘rqoqlik, qo‘pollik, qizg‘anchiqlik, qo‘rslik va hokazolar namoyon bo‘lishidan ham uyaladi. Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida avvalgidek bolani kat- talarga bog‘liqligi saqlanib qoladi. Katta odamning xulqi bola faoliyatining ham faollashishiga sabab bo‘ladi.
Aniqlanishicha, katta yoshdagi odam bolani o‘ziga moyil qilolsa, uning yutuqlariga sherik va yo‘qotishlariga qayg‘udosh bo‘lsa, bola har doim o‘zini ruhan tetik his qiladi va hattoki omadsiz damda ham harakatga va qarshiliklarni yengib o‘tishga tayyor bo‘ladi. U kattalar bilan ijobiy aloqalar o‘rnatganda, ularga ishonadi, boshqa bolalar va kattalar bilan oson aloqa- ga kirishadi.
Katta yoshdagi odamning bolaga begonalarcha muomala- si uning ijtimoiy faolligini pasaytiradi, buning oqibatida bo- la o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi, o‘zini erkin sezolmay- di, o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi, yig‘lashga doim tayyor bo‘lib, tengdoshlariga nisbatan tajovuzkor bo‘lib qoladi. Ak- sariyat kattalar tomonidan begonadek qabul qilingan bolalar boshlagan ishlarini to‘xtatadilar, sust va befarq bo‘lib qoladi- lar. Bolalarni boshqa qismi, aksincha ish sur’atini oshiradi, lekin bunga qaramay ishni samarasi past bo‘ladi. Katta yoshdagi odamning bolaga ochiq ko‘rsatayotgan salbiy munosabati unda odatiy reaksiyalarni keltirib chiqaradi: bola yo begonalik to‘sig‘ini buzishga, katta odam bilan aloqa o‘rnatishga intila- di, yo o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi va muloqotdan o‘zini olib qochishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |