Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi



Download 2,28 Mb.
bet183/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Yosh

davr-

lari

Bilishi

Harakatlari

Muloqoti

1 hafta

Harakatlarni kuzatish.







2 hafta

Onasining tovushi- dan boshqa tovushlarni farqlashi, shaqildoq to- vushiga reaksiya.

Ko‘ruv diqqati.




1-2

oylik

Ko‘rish, eshitish, ta’m, hid bilish reseptorlari- ga nisbatan shartli ref- lekslar hosil bo‘ladi.

Eshitish diqqati. Jonlanish kom- pleksi.

Guvranish.

3 oylik

Ko‘rish qobiliyatining shakllanishi, obyektni ko‘zi bilan qidirish.

Yon tomon- ga o‘girilish, qo‘llarni ma’lum maqsad bilan harakatlantirish.

Jilmayish va ovozga javob qay- tarish, mulo- qotga intilish. Emotsional reak- siyalarning paydo bo‘lishi.

5 oylik

Dinamik stereotiplar- ning dastlabki ko‘rinishi. Rangli ma- tolarni ezg‘ilash, to- vush kelgan tomonga tez va to‘g‘ri qarash.

Dastlabki emak- lash harakatlari. Yordam bilan o‘tirish.

Kattalarga muno- sabatning paydo bo‘lishi. Kulish, qiyqirish, yotsi- rash, gap ohan- gidan tushunish, javob reaksiyalari.

7 oylik

Taqlidiy harakatlar.

Yordam bilan turishi.

So‘zlar bilan bu- yumlar aloqa- sini anglash, ko‘z bilan so‘ralgan buyumga qarash.

8 oylik

Sensomotor intellekt- ning yuzaga kelishi. Paypaslash, ushlash, og‘ziga solish.

Tayanib yurish, tanish ohangga mos harakatlar qilish.

Noverbal mulo- qot.


368




9-10

oylik

Nutqni tushunish.

Emaklash, yu- rish harakatlari.

Kattalarga bog‘liqlik, begona muhit va begona kishilardan xa- votirlanish, yot- sirash. Bolalarga qarab kulish.

1 yosh

Kubik, piramidalarni taxlash, yorqin ranglar- ga intilish.

Mustaqil hol- da tik turish va yurish.

Nutqdan foyda- lanishning dast- labki belgilari, birinchi so‘zlar. Predmetlarning nomlarini aytish- ni so‘rash.

1,5-2

yosh

Oriyentirovka reflek­si, ko‘rgazmali-harakat tafakkurining rivojla- nishi.

Mayda muskul harakatlarini bajarish, ip bog‘lash, tug- macha taqish va h.k..

Nutqning jadal rivojlanishi. Be- gonalardan qoch- maslik.

2-2,5

yosh

Sensor rivojlanishning senzitiv davri. Qizi­qishlarning kuchayishi. «Bu nima?» savolining paydo bo‘lishi.

Serharakat va ermak o‘yinlar.

300-400 so‘zni ishlatish, 3-4 ta so‘zdan iborat gap tuzish, aktiv muloqot.

3 yosh

O‘z-o‘zini ijtimoiy muhitda anglash, ba- holash, taqqoslash. Ilk layoqat nishonala- rining ko‘rinishi.

3 yoshli inqiroz.

O‘z harakat- larini irodaviy boshqarish, predmetlar bilan harakatlar ba- jarish.

Nutqdan mu- omalada ak- tiv foydalanish, tengdoshlar bilan muloqot.


Nazorat savollari:

  1. Ilk yoshda mustaqil harakatlar va muloqotga kirishishda qanday xususiyatlar ko‘zga tashlanadi?


369



  1. 1 yoshli inqiroz qanday kechadi?

  2. Ehtiyojlarni qondirilishi asosida qanday hissiy holatlar yuzaga keladi?

  3. Ilk yoshdagi bolalar shaxsi shakllanishining zaruriy shart-sharoitlari nimalardan iborat?

  4. Uch yoshli inqiroz haqida so‘zlab bering.

  1. Kichik maktabgacha yoshda (3—5 yosh) shaxsning shakllanishi

Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy

muhitning o‘rni

Bola jismoniy taraqqiyotining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan davrini qamrab oluvchi maktabgacha ta’lim yoshida psixik rivoj- lanishda ham katta o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu davr mobaynida bola shaxsini belgilab beruvchi xususiyatlar shakllanadi. Bola- ning shaxs sifatida shakllanish nuqtayi nazaridan qaraganda maktabgacha yoshdagi davrini uch bosqichga ajratish mumkin:

Birinchi bosqich - 3-4 yoshni o‘z ichiga oladi va ushbu bosqich bolada emotsional jihatdan o‘z-o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liq.

Ikkinchi bosqich - 4-5 yoshgacha bo‘lgan davr asosan ax- loqiy jihatdan o‘zini-o‘zi boshqarishi kuchayadi.

Uchinchi bosqich - 6-7 yoshni qamrab olib bolada ishbi- larmonlik, o‘z-o‘zini anglash, shaxs xususiyatlarining shaklla- nishi bilan xarakterlanadi.

Bu davrlashtirish jihatidan qaralganda birinchi va ikkinchi bosqichlar kichik va o‘rta bog‘cha yoshiga, 3-bosqich esa katta bog‘cha yoshiga to‘g‘ri keladi.

Bola shaxsining rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sha- roitlar. Bola rivojlanib borar ekan yangi psixik sifatlarni va xulq-atvor ko‘rinishlarini o‘zlashtiradi. Shu tariqa u shaxsga, jamiyatning kichik bir a’zosiga aylanadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola butunlay shakllanib ulgurmagan va keyinchalik kamol topishga qodir bo‘lgan shaxs hisoblanadi, lekin bunga qaramay bolada nisbatan barqaror ichki dunyo shakllanadi-ki, u bolani ilk bora shaxs deb atashga asos bo‘la oladi.


370





Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish sharoitlari avvalgi yosh bosqichidan jiddiy farq qiladi. Kattalar tomonidan bolaning xulqiga bo‘lgan talablar sezilarli darajada oshadi. Jamiyatda barcha uchun majburiy bo‘lgan axloq qoidalariga, ijtimoiy odob normalariga amal qilish asosiy talabga aylanadi. Atrof-muhitni bilish imkoniyatlarining o‘sishi, bolani yaqinlari tashkil qilgan tor doiradan olib chiqadi va o‘zaro munosabat- lar shaklini ilk bora o‘zlashtira boshlaydi. Bola o‘zaro munosa­batlar shaklini ilk bora kattalarning ta’lim, mehnat kabi asosiy faoliyati turlarida o‘zlashtirib boradi. Bola tengdoshlari bilan birga o‘ynaydi, o‘z harakatlarini tengdoshlarining harakatlari bilan muvofiqlashtirishni, o‘rtoqlarining qiziqishlari va fikrlari bilan hisoblashishni faoliyat jarayonida o‘rganadi. Maktabgacha bo‘lgan bolalik davri davomida bola harakatlarida o‘zgarishlar va qiyinchiliklar ro‘y beradi. Ular bolaning idroki, fikrlashini, xotirasinigina emas, o‘zining xulqini yo‘lga qo‘yishini ham ta- lab qiladi. Shaxslararo munosabatlardagi axloq-odob namuna- larini o‘zlashtirish kattalar ta’siri ostida boshqariladi. Bu katta­larning bola shaxsini shakllanishiga ko‘rsatgan asosiy ta’siridir.

Bola shaxsining rivojlanishi ikki jihatni o‘z ichiga oladi. Ulardan biri bolani atrof-muhitni asta-sekin anglab borishini va unda o‘z o‘rnini his qilishini bildiradi. Bular sababli bola xulqi- da o‘zgarishlar ro‘y beradi va ular ta’siri ostida bola u yoki bu harakatlarni sodir qiladi. Boshqa jihat esa his-tuyg‘u va irodani rivojlanishini taqozo etadi. Ular yuqorida aytilgan o‘zgarishlar ta’sirini, xulq-atvorni mustahkamligini, uning tashqi sharoitlar- ga bog‘lanib qolmasligini ta’minlaydi. Bolalar uchun odob na- munasi sifatida kattalarni o‘zi avvalo ularning harakatlari, o‘zaro munosabatlari xizmat qiladi. Bola atrofidagi yaqin insonlarning xulqi unga bevosita jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. U ularga taqlid qi­lishga, odatlarini o‘xshatishga, odamlarga, hodisalarga, narsa­larga bo‘lgan fikrlarini o‘zlashtirishga moyildir. Lekin yaqinlari bilan ish cheklanib qolmaydi. Maktabgacha yoshdagi bola katta- lar hayoti bilan har xil yo‘llar orqali tanishadi: ularning mehnati- ni kuzatadi, hikoya, she’r va ertaklarni tinglaydi. Boshqalarning mehr, hurmat va maqtovlariga sazovor bo‘lgan odamlar bola uchun namuna vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga bolalar guru-


371





hida ijobiy baholangan va mashhur bo‘lgan tengdoshlarining harakatlari ham u uchun namuna bo‘la oladi. Va nihoyat, er- taklarda aks ettirilgan personajlarning harakatlari ham na- munalikda katta ahamiyatga ega. Bunday personajlar u yoki bu odob fazilatlariga ega bo‘ladi. Bolaning yaqinlari doirasiga kirmaydigan, shunday bo‘lsa ham uning e’tiborini qozona ol- gan odamlar fikri uning namunali xulqni o‘zlashtirishida kat- ta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bola bu odamlarga qattiq bog‘lanib qolganligi sababli, ularning kattalarga, bolalarga, hikoya va er- tak qahramonlariga bergan bahosi u uchun boshqalarnikidan ishonarli tuyiladi.

Kichik va o‘rta guruhdagi bolalar axloq namunalariga kat­ta qiziqish bildiradilar. Masalan, ertak yoki hikoya eshitayotib, ular kim yaxshi va kim yomon ekanligini aniqlashga tusha- dilar. Bu ma’noda noaniqlikka chiday olmaydilar va hattoki o‘z nuqtayi nazarlaridan jonsiz predmetlarni ham baholamoq- chi bo‘ladilar. O‘rmonda adashib qolgan va daraxt kesuvchi tomonidan qutqarib qolingan bola haqidagi ertakni tinglab bo‘lgach besh yoshli bola: «Bolani topib olgan amaki yaxshi ekan, o‘rmon esa yomon, u bolani adashtirib qo‘ydi», dedi. To‘rt yoshli bola bo‘lsa, tentak haqidagi bir qator ertaklarni eshitib bo‘lgach: «Oyijon tentaklar yaxshi bo‘ladimi yo yomon- mi?» - degan savolni berdi (Muxina tadqiqotlari). Bolalarning o‘zi ham, atrofdagilar ulardan kutayotgan xulq haqidagi tasav- vurdan kelib chiqqan holda, sekin-asta o‘z harakatlarini ba- holay boshlaydilar.

Kichik va o‘rta guruhdagi bolalar madaniy-gigiyenik ko‘nikma qoidalarini, tartibga rioya qilish va o‘yinchoqlar bi­lan muomala qilish qoidalarini o‘zlashtiradilar. Ular kattalar talablariga bo‘ysunish bilan birga, qoidalarga ham ega bo‘lishga harakat qiladilar. Tengdoshlari axloq qoidalarini buzganli- gi haqida bog‘cha tarbiyachisiga arz va shikoyat bilan muro- jaat qiladilar. Aksariyat hollarda bunday shikoyatlar chaqim- chilik emas, balki o‘ziga xos bo‘lgan iltimosni, qoidaga rioya qilish hamma uchun majburiy ekanligini bildiradi. Kichik va o‘rta yosh davrida boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabat qoi- dalarini o‘zlashtirish birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘ladi.


372





Do‘stining fikrini, uning huquqlarini va xohishini hisobga olish majburiyati ko‘pincha bolalar faoliyatini murakkablashti- radi. O‘zaro munosabat qoidalarini o‘zlashtirish bolalar uchun oson kechmaydi, aniq bir holat xususiyatini tushunmay, bola- lar bu qoidalarni dastlab rasman qabul qiladilar. Ular tomo- nidan muomala qoidalarining amalda o‘zgartirilishi, buzilishi va tiklanishi orqali bolalarda tajriba paydo bo‘ladi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish