Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Xarakterda munosabatning ifodalanishi



Download 2,28 Mb.
bet93/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Xarakterda munosabatning ifodalanishi

Kishining atrofdagi voqelikka munosabati nuqtayi nazaridan xarakter xususiyatlarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

  1. Shaxsning jamoadagi boshqa kishilarga munosabati- ni ifodalovchi xususiyatlar: mehribonlik, saxiylik, samimiylik, hurmat-ehtirom, talabchanlik kabilar. Pismiqlik, takabburlik, beparvolik, toshbag‘irlik, ichidan pishganlik, dag‘allik kishilar­ga nafrat bilan qarash kabi qarama-qarshi xususiyatlar bo‘ladi.

  2. Shaxsning mehnatga, o‘z ishiga munosabatini ifodalov- chi xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlik va aksi.

  3. Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususi­yatlar: ozodalik, tejamkorlik, sarishtalik va aksi.

  4. Shaxsning o‘z-o‘ziga munosabatini aks ettiruvchi xususiyatlar: o‘z qadr-qimmatini bilish tuyg‘usi, kamtarlik, mag‘rurlik, uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, egotsentrizm (o‘z-o‘zini hamisha o‘z diqqat markazida tutish) va h.k.

Xarakter xususiyatlari. Shaxsning ijobiy va salbiy xususiyat­lari farqlanadi. Xarakter xususiyatlariga baho berganda ulardan


215





har birining axloqiy mazmunini hisobga olish kerak. Masalan, mehnatsevarlik xarakterning ijobiy xususiyatidir, lekin agar u xudbinlik maqsadlarila, chunonchi, shaxsning boshqalar hisobi- ga boyishiga xizmat qilsa, bu shaxsning salbiy xususiyati bo‘ladi. O‘z vatani uchun faxrlanish yaxshi xususiyatdir, lekin kishi o‘z- o‘zidan haddan tashqari mag‘rurlansa, manmanligi bilan ajralib tursa bunday faxrlanish xarakterning salbiy xususiyatidir.

Xarakterning ijobiy xususiyatlari orasida axloqiy xususiyatlar muhim o‘rin egallaydi. Axloqiy xususiyatlar axloqiy tuyg‘ularga asoslangan bo‘lib, kishining jamiyat talablariga javob beradigan ma’naviy xulq-atvorini belgilab beradi. Odamdagi xarakter xu­susiyatlari uning o‘zi uchun ham, atrofdagi kishilar uchun ham juda katta ahamiyatga ega. Biror kishi haqida: «Uning yaramas xarakteri bor» deganlarida, odatda bunday kishidan o‘zlarini olib qochadilar, uning do‘stlari bo‘lmaydi, oilada ko‘pincha u bilan birgalikda hayot kechirish mumkin bo‘lmay qoladi. Ijobiy xarakter xususiyatlariga ega kishi esa odatda atrofdagi kishilar- ning, do‘stlarining mehri va izzatiga sazovor bo‘ladi. Ayrim kishilar xarakterni yaxshi tomonga o‘zgartirib bo‘lmaydi deb hisoblaydilar. Salbiy xususiyatlarga ega kishi ba’zan o‘zi haqida; «Xarakterim shunday bo‘lgandan keyin nima qilishim kerak? O‘z xarakterimdan o‘zim ham rozi emasman, lekin hech nar­sa qilolmayman», — deydi. Bu noto‘g‘ri. Darhaqiqat, o‘z xarak- terini o‘zgartirish, salbiy xususiyatlardan xalos bo‘lish va o‘zida ijobiy xususiyatlarni tarbiyalash murakkab vazifa bo‘lsa ham, lekin amalga oshirib bo‘ladigan vazifadir. Buning uchun avvalo o‘z ustida ishlashni, xarakterni tarbiyalash va qayta tarbiyalash ustida ishlashni qat’iy va keskin maqsad qilib qo‘yish kerak, or- tiqcha manmanlikdan qutulish, o‘z kamchiliklarini aniq ko‘rish uchun o‘ziga tanqidiy jihatdan qarashga, xulqiga jiddiy muno­sabatda bo‘lishga harakat qilishi kerak.

Xarakterni tarbiyalash. O‘z xatolarini sezmaydigan yoki se- zishni istamaydigan kishi hech mahal o‘z ustida muvaffaqiyat- li ish olib bora olmaydi. Ko‘pincha kishining o‘zi o‘z sifatlariga xolis baho berishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham boshqalar- ning fikriga quloq solish, to‘g‘ri tanqiddan xafa bo‘lmaslik, ko‘p narsaning chetdan yaxshiroq ko‘rinishini esda tutish lozim.


216





Boshqalarda mavjud salbiy sifatlarni sezgach, hamisha o‘zingga ham qarashing, o‘zingda shunday kamchiliklar bor-yo‘qligini bitishing kerak. Ba’zan bu sifatlar o‘zingga yomon bo‘lib tu- yilmaydi, bu sifatlarni boshqalarda ko‘rganingda esa, ular kam- chiliklar ekanligi, ulardan qutulish lozimligi aniq bo‘ladi.

O‘z ustida muvaffaqiyatli ish olib borishning asosiy shartlari- dan biri yaxshi tomonga o‘zgarishga ahd qilishdangina iborat bo‘lmasdan, balki shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan konkret ishlarni ham bajarishdir. O‘zida zarur xulq-atvorni tar- biyalash uchun ko‘p marta mashq qilish zarur, toki shu tak- rorlashlar natijasida miya po‘stlog‘idagi tegishli bog‘lanishlar mustahkamlansin va kishi hamisha lozim harakatlarni qilish ehtiyojiga ega bo‘lsin.

Xarakter ko‘p jihatdan o‘z-o‘zini tarbiyalash natijasidir. Xa- rakterda kishining odatlari jamlanadi. Xarakter xususiyat- lari o‘zgaruvchan bo‘lishiga qaramay, har bir shaxs va millat- ning o‘ziga xosligini ifodalovchi shunday barqaror sifatlar ham bo‘ladiki, ular yillar, hatto asrlarga ham dosh beradi. Masa­lan, bu milliy xarakterga taalluqlidir. O‘zbeklar xarakterida asrtar davomida saqlanib kelayotgan samimiylik, mehmonna- vozlik, ibo, sharm-hayo, takaltuf, mehnatsevarlik kabi sifatlar avloddan avlodga o‘tib, ma’naviy qadriyatlarga aylanib qolgan, o‘zbekning o‘zligini namoyon qiluvchi barqaror xususiyatlardir. Xarakter odamlar faoliyatida namoyon bo‘ladi, ammo shu faoli- yatida shakllanadi. Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalashda intizom, kun tartibiga rioya qilish katta ahamiyatga egadir.

O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘spirinlik yoshida ayniqsa samara- li bo‘lishini ta’kidlab o‘tish zarur. Xuddi ana shu vaqtda kishi­da o‘zini anglash rivojlanadi. Yigit va qiz hayotdan ko‘zlagan maqsadlari to‘g‘risida bosh qotiradilar, o‘zlariga va boshqalar- ga tanqidiy tomondan yondasha oladilar, ularda o‘z ustilari- da ishlash, jamiyat uchun foydali kishilar bo‘lib yetishish ista- gi tug‘iladi.

Lekin bu narsa kishi katta bo‘lgach, o‘zini yaxshi tomonga qarab o‘zgartira olmaydi, degan gap emas. Kishi o‘zining odat bo‘lib qolgan xatti-harakatlari, ishlari bilan o‘z xarakterini bu­tun hayoti davomida tarkib toptirib boradi.


217






Nazorat savollari:

  1. Xarakter deb nimaga aytiladi?

  2. Xarakterning fiziologik asoslari nimalardan iborat?

  3. Kishi munosabatlari xarakterda qanday ifodalanadi?

  4. Xarakter xususiyatlarini farqlab bering.

  5. O‘z-o‘zini tarbiyalash to‘g‘risida so‘zlab bering.

Karl Gustav Yungning xarakter tipini
aniqlash metodikasi


Berilgan savollarga javob variant-
laridan birini tanlash kerak:


  1. Qaysi biri siz uchun muhimroq?

  1. kichikkina do‘stlar davrasi;

  2. ko‘pgina o‘rtoqlar davrasi.

  1. Qanday kitoblar sizga ko‘proq
    yoqadi?


  1. qiziqarli, sujetli;

b) odamlarning ruhiy kechinmalari aks ettirilgan.

  1. Ishda nimaga yo‘l qo‘yishingiz mumkin?

  1. kechikish;

  2. xatoliklar.

  1. Agar yomon ish qilib qo‘ysangiz...

  1. juda qayg‘urasiz;

  2. unchalik gayg‘urmaysiz.

  1. Odamlar bilan qanday chiqishasiz?

  1. juda tez va oson;

  2. sekin, ehtiyokorlik bilan.

  1. O‘zingizni arazkash deb hisoblaysizmi?

  1. ha;

  2. yo‘q.

  1. Chin dildan kulishga moyilmisiz?

  1. ha;

  2. yo‘q.

  1. Siz qandaysiz?

  1. kamgap;

  2. sergap.

  1. Siz ochiqmisiz yoki hislaringizni birovlardan yashirasizmi?


218



  1. ochiqman;

  2. yashiraman.

  1. O‘z his-kechinmalaringizni tahlil qilishni yoqtirasizmi?

  1. ha;

  2. yo‘q.

  1. Ko‘pchilik davrasida siz...

  1. tinmay gapirasiz;

  2. boshqalarni tinglaysiz.

  1. Tez-tez o‘zingizdan norozi bo‘lasizmi?

  1. ha;

  2. yo‘q.

  1. Biror nimalarni tashkil qilishni yoqtirasizmi?

  1. ha;

  2. yo‘q.

  1. Sirlaringiz yozilgan kundalik tutishni xohlaysizmi?

  1. ha;

  2. yo‘q.

  1. Biror narsaga qaror qilsangiz uni bajarishga tez o‘tasizmi?

  1. ha;

  2. yo‘q.

  1. Kayfiyatingizni tez o‘zgartira olasizmi?

  1. ha;

  2. yo‘q.

  1. O‘zgalarni ishontirib, ularga o‘z fikringizni o‘tkazishni yaxshi ko‘rasizmi?

  1. ha;

  2. yo‘q.

  1. Sizning harakatlaringiz...

  1. tez;

  2. sekin.

  1. Siz bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalardan tash- vishlanasizmi?

  1. tez-tez;

  2. ba’zan.

  1. Qiyin holatlarda siz...

  1. yordam so‘rashga shoshilasiz;

  2. hech kimga murojaat qilmaysiz.


219



Endi javoblaringizni hisoblab chiqing.

Metodikaning kaliti:



  1. b, 2-a, 3-b, 5-a, 6-b, 7-a, 8-b, 9-a, 10-b, 11-a, 12- b, 13-a, 14-b. 15-a, 16-a, 17-a, 18-a, 19-b, 20-a.

Mos kelgan javoblar sonini 5 ga ko‘paytiring. 0-35 ballar - introversiya, 36-65 ballar - ambiversiya, 66-100 ballar - eks- troversiya.

Introvert tip - uning uchun odamovilik, muomalada va atrofdagilar bilan aloqa o‘rnatishda qiynalish, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qolish xos; ekstrovert tip - bunga his-hayajonga tamo- mila berilganlik, ba’zan muomala va faoliyatning zarurligi va qimmatidan qat’i nazar unga intilish, ko‘p gapirish, qiziqish- larning doimiy emasligi, ba’zan maqtanchoqlik, yuzakichilik, konformlilik xos; ambivert tip obyektning o‘ziga nisbatan bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ladigan qarama-qarshi holat, masa­lan, sevgi va nafrat.

  1. Qobiliyatlar. Qobiliyat haqida umumiy tushuncha

Pedagog bolalarni kuzatib ulardan ba’zilari qobiliyatli, boshqalari kamroq qobiliyatli bo‘ladi deb hisoblar ekan, bu gapda jon bor. Shunday bo‘ladiki, ba’zi bolalar ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib she’r va ertaklarni, sahnalashtiril- gan rollarni tez va oson yodlab oladilar.

Qobiliyatlar deb, shunday psixik sifatlarga aytiladiki, kishi ular yordamida bilim, ko‘nikma va malakalarni nisbatan oson- lik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyatl i shug‘ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. Idrok etish paytida, masalan, ranglarning tovlanishdagi nozik farqlari, predmetlarning aniq ko‘rinishi, proporsional nisbat- larni tushunish, kuzatuvchanlik, absolut eshitish (musiqa bi­lan shug‘ullanishida) va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ayrim qobiliyatlar xotirani yaxshi ishlashi bilan bog‘liqdir. Qobiliyat- lar bilim, malaka va ko‘nikmalardangina iborat emas, garchi ular asosida paydo bo‘lib rivojlanib borsada. Shuning uchun o‘quvchilarning qobiliyatlarini aniqlashda bolaning biror nar- sani sust bilishi, unda qobiliyatning yo‘qligidan deb hisobla-


220





masdan, juda ehtiyot bo‘lish va xushmuomalalik bilan ish ko‘rishi kerak. Bunday xatolar ba’zan biror sabab bilan mak- tabda yaxshi o‘qimagan bo‘lajak yirik olimlarga nisbatan ham yo‘l qo‘yilgan. Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrof- muhitdagi odamlar tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli jahonda munosib shon- shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan juda ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albert Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy (yangi geometriya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishiga qaraganda genial olim bo‘lib voyaga yetishishida hech qanday asos yo‘q edi.

Har turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristika- sini o‘rganar ekanmiz, bu qobiliyatlarda birgina emas, balki juda ko‘p turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiy- roq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatni birmuncha torroq doiralari talablariga javob beradigan maxsus fazilatlarni ajratishimiz mumkin.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish