Qobiliyat turlari
Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo‘ladi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo‘lganda kishi faoliyatining turli xillari bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana oladi. Umumiy qobiliyatga ega o‘quvchilar odatda barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay o‘qiydilar. Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir bir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanish imkonini beradi. Masalan matematik, texnikaviy, adabiy, musiqaviy, tasviriy va boshqa qobiliyatlar bo‘ladi.
Har bir ongli inson qobiliyati va zehni ustida ilk yosh- ligidan boshlab, «yuragi chopgan» ish bilan shug‘ulansa va undan qoniqish olib qobiliyatini o‘stirishga imkoniyat topib, yutuqlarga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. Iqtidor insonning o‘z xatti-harakati, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan subyektiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki ta- lantli bo‘lmasligi mumkun, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik o‘z-o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fa- zilatlarga ega bo‘lib, ishni sidqidildan bajaradi. Ular ana shunday harakatlari bilan ba’zan o‘ta iste’dodli, lekin kam harakat kishilardan ko‘ra jamiyatga ko‘proq foyda keltiradilar. Iqtidorli insonda iste’dod sohibi bo‘lish imkoniyati bor. Iste’dod har tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qo- biliyatdir. U tinimsiz mehnat, o‘z qobiliyatini takomillashtirib borish yo‘lida barcha qiyinchiliklarni yengish, irodasi va butun imkoniyatlarini safarbar qilish natijasida qo‘lga kiritiladi.
Biror faoliyatning, ayniqsa muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarilishini taqozo qiladigan zo‘r qobiliyatlar birik- masi iste’dod deyiladi. Ijodiy faoliyatga qobiliyatli kishilarni talantli kishilar jumlasiga kiritish mumkin. Bunday kishilar ijti- moiy munosabatlar sohasida o‘z davrining progressiv g‘oyalarini juda muvaffaqiyatli ravishda amalga oshiradilar, adabiyot va san’at sohasida hozirgi zamonning ilg‘or tafakkuri darajasida- gi mukammal asarlarni yaratadilar, fan va texnika sohasida ular murakkab nazariy va amaliy vazifalarni yaxshi hal etadilar.
223
Talantlilikning yuqori bosqichi daholik deb ataladi. Ijti- moiy hayotda fan, adabiyot, san’at va shu kabi sohalarda prinsipial ravishda yangi biror narsa yaratgan kishilar daho- lar (geniy) deb hisoblanadilar. Genial kishilar ijodining mahsuli faoliyatning biror sohasini rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Genial kishilar insoniyat taraqqiyotida yo‘l ko‘rsatuvchi bosqichlar bo‘lib xizmat qiladilar, tarixiy shaxsga aylanadilar.
Iqtidorli bolalar va o‘quvchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat ishlari sobitqadamlik bilan olib borilmoq- da. Iste’dodli o‘smir va o‘spirin yoshlarni izlab topish, ular- ga ko‘maklashish, ularning qobiliyatini va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha fondlar tashkil etildi. Qobiliyatli yoshlarni chet el- lardagi yetakchi o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarda o‘qitish va stajirovka o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bolalarning oilada tar- biyalashni tashkiliy psixologik-pedagogik uslubiy jihatdan ta’minlash, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, sohalashtirish, tabaqalashtirish, kasbga yo‘naltirilgan ta’lim olishni ta’minlaydi.
Nazorat savollari:
Qobiliyat deb nimaga aytiladi? U nimalarda namoyon bo‘ladi?
Layoqat nima?
Qobiliyatning qanday turlari bor?
Iste’dod va iqtidor haqida tushuncha bering, ularning farqi nimada?
Layoqatni rivojlantirish uchun ta’lim tizimida qanday ishlar olib borilmoqda?
224
VI bob. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI
6.1. Bolalar psixologiyasining umumiy masalalari
Bolalar psixologiyasi muhim fanlardan biri bo‘lib, u XIX asrning ikkinchi yarmida umumiy psixologiyadan musta- qil fan sifatida ajralib chiqqan. Bolalar psixologiyasi bolalarni o‘rganuvchi fandir. Biroq bolalarni faqat bolalar psixologiyasi emas, balki boshqa fanlar ham o‘rganadi. Bolalar psixologiyasi bolalarni maxsus tarzda psixologik jihatdan o‘rganadi.
Bolalar psixologiyasi — bolaning tug‘ilgan vaqtidan boshlab to maktab yoshiga yetgunga qadar psixik jihatdan taraqqiy etish qo- nuniyatlarini va shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishi- ni o‘rganadigan fan. Bola odam sifatida tashqi jihatdan katta yoshli odamlarga o‘xshasa ham o‘zining psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarining mazmuni jihatidan katta yoshli odamlardan keskin farq qiladi. Bolalarda hali turmush tajribasi deyarli yo‘qligi sababli ularning sezgi va idroklari, ta- fakkur va xayollari, hissiyot va irodalari katta yoshli odam- lardagidek bo‘lmaydi. Bolalar psixologiyasi har bir taraqqiyot bosqichidagi (ya’ni go‘daklik, ilk yosh va maktabgacha yoshda- gi) psixik jarayonlarning rivojlanib borishini o‘rganadi.
Bolalar psixologiyasi predmetining muhim tomonlari- dan biri turli yoshdagi bolalarga sezish, idrok, diqqat, xoti- ra, nutq, tafakkur, xayol, hissiyot va iroda kabi psixik jarayonlari va holatlarining namoyon bo‘lishi, taraqqiy etishi hamda takomillashuvining qonuniyatlarini o‘rganishdan iboratdir. Bolalar psixologiyasi bola shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishi va bolalar shaxsining tarkib topishiga faol ta’sir qiluvchi omillarni chuqur analiz qiladi.
Ma’lumki, bola shaxsi va uning shaxsiy psixologik xususi- yatlari qandaydir tasodifiy omillarning tartibsiz ta’sir etishi natijasida emas, balki muayyan konkret omillarning qonuniy ta’sir etishi natijasida tarkib topadi. Ana shu muhim qonuniy tarzda ta’sir qiladigan omillarni ochish va isbotlash bilan bola- lar psixologiyasi shug‘ullanadi. Bolalar psixologiyasi bolalar
225
shaxsi va shaxsiy psixologik xususiyatlarining tarkib topishi ka- bi muhim ilmiy tushuncha va natijalarni o‘rganib, har tomon- lama rivojlanishga yo‘naltirilgan barkamol shaxsni tarbiyalab yetishtirish qonuniyatlarini ochib beradi.
Bolalar psixologiyasi o‘zining murakkab predmetini tatbiq qilishda psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlariga asosla- nadi hamda bola ongining ijtimoiy-hissiy, psixofiziologik jihatdan hayotga bog‘liqligini isbotlab beradi. Tabiat va jami- yat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlaridan xabardor bo‘lish bolalar psixologiyasida, bolalar psixik taraqqiyotini o‘rganishda va «tabiiy zot» bo‘lib tug‘ilgan bolaning inson ijtimoiy tajribasi- ni egallab, shaxs bo‘lib yetishishi davomida to‘g‘ri yo‘l topish- ga yordam beradi.
Bolalar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o‘rni va javobgarligi muhim hisoblanadi. Shunga muvofiq so‘nggi yillarda «Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablari» (2017-yil, 9-iyun, 5-mh son) maktabgacha ta’lim tayanch dasturi, «Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim», «Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya» kabi hujjatlarga asoslanish bola shaxsini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi.
«Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari» maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya be- rish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish hamda maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
Davlat talablari:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
qisqa muddatli guruhlar;
7 yoshgacha bolalar mavjud bo‘lgan mehribonlik uylari va bolalar shaharchalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Davlat talablarining vazifalari:
bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash;
bolalarning sog‘lom va har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga intilish hissi- ni uyg‘otish;
226
bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish;
bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish;
bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish;
bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish;
bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish;
bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasav- vurlarini kengaytirish;
bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil qilish.
Davlat talablari quyidagi sohalar bo‘yicha belgilanadi:
jismoniy rivojlantirish va madaniy-gigiyenik ko‘nik- malarni shakllantirish;
ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish;
nutq, savod, o‘qish va chet tillarini o‘rgatilishiga tayyorlash;
bilish jarayonini rivojlantirish;
badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va badiiy estetik rivojlantirish.
Ijtimoiy-kommunikativ rivojlantirish sohasi quyidagi yo‘nalishlarga bo‘linadi:
ijtimoiylashuv, muloqot va odob-axloq qoidalarini shakllantirish;
bolaning oila va jamiyatda o‘zini tutishi;
bolada mehnat tarbiyasini shakllantirish;
xavfsizlik asoslarini shakllantirish.
U maktabgacha ta’lim tizimining mohiyatini belgilaydi va maktabgacha ta’lim muassasalarini mulkchilik shaklidan
227
qat’i nazar, barcha bolalarning tengligi va bolalir qadriyati- ni saqlagan holda har bir bolaning individual rivojlanishini ta’minlashga yonaltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |