175
Mashg‘ulotlar xushchaqchaq,
intizomli, atrof-muhitda
yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez
va l shonch bilan, maqsadga yo‘nalgan holda faoliyat ko‘rsata
oladigan shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta
oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda,
qishda va bahorda
binoda hamda ochiq havoda o‘tkaziladi. Yoz paytida barcha
mashg‘ulotlar (yomg‘irli kunlardan tashqari) ochiq havoda,
sport maydonchasida o‘tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi
mashqlar o‘zaro aloqadadir: ular barcha sog‘lomlashtirish va
ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini
ta’minlaydilar. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish sharoiti ularning ba’zi
o‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda sog‘lomlashtirish-
gigiyenik shartlarga rioya qilgan holda o‘tkaziladigan (deraza
fortochkalari ochiq, yengil kiyim va poyabzal) mashg‘ulotlar
harakatlarning to‘g‘ri, go‘zal va aniq bo‘lishini ta’minlaydi,
umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaydi. Ular turli predmetlar
bilan va musiqa jo‘rligida o‘tkazish mumkin.
Ochiq havodagi mashg‘ulotlar yuqori sog‘lomlashtirish
samarasiga ega, ular harakatlarni
keng joy da bajarishga im-
kon beradi, jismoniy yuklamani kuchaytiradi, sport o‘yinlari,
estafetalarni o‘tkazishga keng imkoniyat yaratadi. Biroq
qalin kiyim va poyabzal harakatlarining aniq, ifodali, chiroyli
bo‘lishiga xalaqit beradi.
Mashg‘ulotlar strukturasi jismoniy
mashqlarning bolalar
tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qo‘yilgan vazifalar,
asab tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir
alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadi.
Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning
ruhiyati (psixologiyasi)ni nazorat qilish tarbiyachining
asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonining
samaradorligi shunga bog‘liq.
Harakat faoliyati jarayonida yurak qisqarishi chastotasi ko‘r-
satkichlarini o‘rganish mashg‘ulot boshlanishida uning asta-
sekin osha borishini, so‘ng kuchaya borib, mashg‘ulotlarning
asosiy qismida yuqori darajaga yetishini va mashg‘ulot so‘ngi-
176
da asta-sekin pasayishini ko‘rsatdi.
Bunday izchillik bir to-
mondan, qon aylanish tizimining faoliyati va organizm ish
qobiliyati bilan; ikkinchi tomondan diqqat-e’tiborni qaratish,
reaksiya tezligi kabi psixik jarayonlarning kechishi va shu bilan
bog‘liq ravishda harakatlarning juda aniqligi bilan belgilanadi.
Sport mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq uch qismdan: kirish-
tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy-
tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning
har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga ega. Mazkur
vazifalarni bajarish bolalarga har tomonlama ta’sir
etishni
ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: