Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Mashg‘ulotning kirish-tayyorgarlik qismi vazifalari va



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Mashg‘ulotning kirish-tayyorgarlik qismi vazifalari va 
mazmuni.  Sport mashg‘ulotining birinchi qismiga qo‘yilgan 
vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko‘ra 
turlicha bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bir holda u kirish, 
ikkinchi bir holda kirish-tayyorgarlik xarakterida bo‘lishi 
mumkin. Mashg‘ulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga 
nisbatan  qiziqish  va  emotsional  kayfiyat  paydo  qilishdan, 
diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat 
ko‘nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin 
mashg‘ulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha faol 
faoliyatga tayyorlashdan iborat.
Shu maqsadda bolalarga to‘g‘ri qomatni tarbiyalashga, yas- 
sitovonlikning oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda 
jamoada mo‘ljal olish bilan bog‘liq, bajarilishi ko‘p vaqtni ta- 
lab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini baja- 
rish taklif etiladi.
Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi: saflanish mashqlari
— 
turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar; turli topshiriqlar 
bilan bajariladigan (yo‘nalishi ko‘rsatilgan burilishlar, boshlov 
chilarni almashtirish va boshqalar) yurish va yugurish; tarqalib 
yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, ket- 
ma-ket va hokazo bo‘lib saflanish; turli ko‘rinishdagi va yassi- 
tovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar – tovonda, 
oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va 
boshqa mashqlar.


177
Kirish qismi bolalarning kolonnaga uchto‘rttadan bo‘lib, 
doira bo‘lib saflanishi, tarqalishi va hokazolar bilan yakunla- 
nadi. Bu bolalarni mashg‘ulotning asosiy qismi boshlanishidagi 
umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatishga o‘tish uchun xiz- 
mat qiladi. Bu qism kichik guruhlarda 2 minutdan 4 minutga-
cha, o‘rta guruhlarda 3 minutdan 5 minutgacha, katta guruhlarda 
4 minutdan 6 minutgacha davom etadi.
Agar mashg‘ulotning birinchi qismi kirish-tayyorlov 
qismi sifatida rejalashtirilsa, uning boshlanishida yuqorida 
ko‘rsatilgan kirish qismi uchun mo‘ljallangan mashqlar 
beriladi. Biroq shundan so‘ng mashg‘ulotning shu qismida 
faqat takroriy va variatsiyali mashqlardan iborat o‘rgatish 
talab qilmaydigan umumrivojlantiruvchi mashqlar beriladi. 
Ularning vazifasi bola organizmini mashg‘ulotning asosiy 
qismidagi birmuncha yuqori jismoniy yuklamaga tayyorlashdir. 
Bunda yetarli jismoniy yuklamaga ega bo‘lgan murakkab 
koordinatsiyali asosiy harakatlar yoki faol xarakterdagi sport 
mashqlari rejalashtiriladi. Bunday holda mashg‘ulotning asosiy 
qismi bolalarni asosiy harakatlarga o‘rgatishdan boshlanadi.
Kirish – tayyorgarlik qismi kichik guruhlarda 3 dan 4 minut 
gacha, o‘rta guruhlarda 4 dan 6 minutgacha, katta guruhlarda 5 
dan 10 minutgacha davom etadi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish