Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti


Bog`lanishli nutqqa oid asosiy ko`nikmalar



Download 0,77 Mb.
bet88/236
Sana30.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#596978
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   236
Bog'liq
7304097571a7335b4101ff088374bba4 ONA TILI O`QITISH METODIKASI

Bog`lanishli nutqqa oid asosiy ko`nikmalar
O`quvchilar nutqini o`stirish ularga aniq ko`nikmalarni singdirish demakdir. Boshlang`ich sinf o`quvchilari mustaqil mashq sifatida bog`lanishli nutqni o`stirishdan quyidagi ko`nikmalarni bilib oladilar:
Mavzuni tushunish, chegarasini aniqlash va uni nisbatan to`liq yoritish ko`nikmasi. Masalan, «Biz paxta terimida qanday yordamlashdik?» mavzusi berilsa, o`quvchilar aniq bajargan ishlari haqida hikoya qiladilar. Ular mavzuni yaxshi tushunishlari uchun bayon matni qayta hikoya qildiriladi, inshoda esa berilgan mavzu yuzasidan mustaqil hikoyalash mashq qilinadi.
Inshoni asosiy fikrga bo`ysundirish ko`nikmasi. Bolalar ishi ma’lum fikrni (tabiatning ajoyib tasvirini idrok etish, o`zlarining baxtli hayotidan g`ururlanish, mehnatga va mehnat kishilariga muhabbatni) ifodalaydi.
Hikoya, insho uchun mavzuga taalluqli, uni yoritishga zarur bo`lgan materialni yig`ish. Bu bayonga ham taalluqli bo`lib, namunaviy matn tahlil qilinadi, mazmunini to`g`ri tushunish ustida ishlanadi, asosiy mazmun ajratiladi.
Materialni tartibga solish, uni tegishli izchillikda joylashtirish, matn rejaini tuzish va shu reja asosida yozish ko`nikmasi.
F i k r n i adabiy til normalariga rioya qilgan holda t o`g`r i ifodalay olish ko`nikmasi. Buning uchun bayon va inshoni nutqiy shakllantirish oldidan unga til tomondan tayyorgarlik ko`riladi.
M a t n n i og`zaki yoki yozma tuzish, inshoni yozish, ya’ni barcha tayyorgarlik ishlarini yakunlash k o` n i k m a s i.
Yozilgan matnni t a ko m i l l a sh t i r i sh ko`nikmasi. Bu ko`nikma o`z ijodiga tanqidiy munosabatda bo`lish asosida tarbiyalanadi. O`quvchilar material tanlashda va uni joylashtirishda, so`z tanlash, so`z birikmasi va gap tuzishda o`zlari yo`l qo`ygan kamchilikni, xatoni fahmlashga o`rgatib boriladi.
O`qituvchidan o`quvchini navbatdagi inshoga tayyorlashda shu mashqning pedagogik maqsadini, o`quvchilarni nimaga o`rgatishni, tafakkuri va nutqini qanday boyitishni, shuningdek, mashqlar izchilligida shu inshoning tutgan o`rnini aniq ko`z oldiga keltirish talab etiladi. Shuning uchun o`quvchilarning bog`lanishli nutqini o`stirishga oid mashq turlarining bir yillik rejasini tuzib olish tavsiya etiladi. Rejada o`quvchilar yoshiga mos bayon va inshoning barcha turlari hisobga olinishi zarur.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish