Adabiyotlar ro`yxati:
1. Umumiy o`rta ta’lim DTS va o`quv dasturi. «Boshlang`ich ta’lim». j. 2006, 4-soni.
2. K.Qosimova. Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi, T. «O`qituvchi » 1985 yil
3. T.G`afurova va boshqalar «Ona tili», 1-sinf, «Sharq»: 2005.
4. Qosimova K. va boshqalar «Ona tili », 2-sinf, Cho`lpon, 2005.
5. Fuzailov S. va boshqalar «Ona tili», 3-sinf, O`qituvchi , 2005.
6. Ikromova R. va boshqalar «Ona tili». 4-sinf, O’qituvchi ,2005.
7. G`ulomova X. va boshqalar «1-sinfda ona tili darslari». «Sharq», 2003.
8. Qosimova K. va boshqalar «2-sinfda ona tili darslari», «Cho`lpon», 2004.
9. Xudoyberganova M. va boshqalar «3-sinfda ona tili darslari». «O`qituvchi ». 2004
10. G`ulomova X. va boshqalar «4-sinfda ona tili darslari», «O`qituvchi ». 2003.
11. Boshlang`ich ta’lim» jurnali.
12. «Ma’rifat» gazetasi.
13. «Gulxan», «Bilimdon», «G`uncha» jurnali: «Tong yulduzi» gazetasi.
1-2-Sinfda «Shaxs va narsa bildirgan so`zlar» mavzusini o`rganish darsini kuzatish bo`yicha ko`rsatmalar
I. 1-2-sinf ona tili dasturi asosida Shaxs va narsani bildirgan so`zlar mavzusini o`rganish bo`yicha tuzgan taqvim rejangizni maktab o`qituvchisining taqvim rejasi bilan taqqoslang.
II. O`qituvchining reja-konspektini o`rganish.
1. Dars mavzusining turli shakli, metodi va jihozining aniq belgilab olinganligi:
2. Shaxs va narsani bildirgan so`zlar bo`yicha darsning maqsad va vazifalarning aniq ko`rsatilganligi;
3. Darsda o`quvchilar vazifasining ifoda etilishi:
III. Dars jarayonini kuzatish.
-darsning o`tilgan bilimlarini takrorlash va mustahkamlash qismida:
-o`quvchilarning berilgan vazifani bajarib kelishi;
-o`tilgan mavzuni so`rash uchun savol-topshiriqlarning aniqligini, izchilligi.
2. «Shaxs va narsani bildirish so`zlar» mavzusini tushuntirishda;
-oldingi o`rganilgan mavzularga asoslangani;
-tanlangan gap, so`z va narsaning, ularning rasmining o`quvchilar hayoti bilan bog`liqligi;
-shaxs va narsani bildirgan so`zlarni tushuntirish uchun tanlangan ko`rgazmalarning muvofiqligi; estetik talabga javob berish; undan o`rinli foydalanishi;
-o`quv materiali, ta’limiy vositalar ishlab chiqilgan savol-topshiriqlarning aniqligi, tushunarliligi, mantiqiyligi. Izchilliligi;
-tushuntirish metodikasining o`quvchilar faolligini oshirishdagi samaradorligi shaxs va narsani bildirgan so`zlar bo`yicha xulosalarning chiqarishda o`quvchilarnipg faolligi.
3. Shaxs va narsa bildirgan so`zlar haqidagi bilimlarni amaliyotga tadbiq etilishi;
-mustahkamlash uchun berilgan yoki tanlangan matnlarning muvofiqligi, genetik talabga javob berishi
-mustahkamlovchi o`quv materiali va mashqlarning xilma-xilligi
4. O`rganilganlarga o`quvchilarning munosabat bildira bilish.
-shaxs va narsani bildiruvchi so`zlar bo`yicha egallagan bilim va ko`nikmalarini ayta bilishi;
-o`zlashtira bilmagan tomonlari bo`yicha savol bera bilishi
-O`qituvchining o`quvchilar javobi asosida darsda o`rganilganlarga yakun yasash.
5. Uy vazifasini berish o`rni, bajarish yo`llari haqida berilgan tushunchalarni aniqligi, mustahkamligi.
6. O`quvchilarni bilimini baholash usuli va haqqoniyligi.
Talabalar faolligini baholash.
Otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishini o`rganish bo`yicha topshiriqlar.
1. Birlik va ko`plikdagi otlarni o`rgatishning eng qulay metod va usulini tanlang.
2. Birlik va ko`plikdagi otlarni tushuntirish uchun o`quv materialidan tanlang.
3. Mavzuni tushuntirish uchun ko`rgazmali qurollar tayyorlang.
4. Mavzuni mustahkamlashda qo`llaniladigan samarali mashqlar tizimini ishlab chiqing.
5. Birlik va ko`plikdagi otlarning imlosi ustida ishlash yo`llarini aniqlang.
2. «Otlarning birlik va ko`plikda qo`llanishi» mavzusini o`rganish darsini kuzatish bo`yicha ko`rsatmalar.
-otlarning birlik va ko`plik shaklini tushuntirishda bir turdagi o`quv materiali, ta’limiy vositalardan foydalanilganligi, ularning mavzuni amaliy o`zlashtirshidagi samaradorligi
-ko`rgazmaning estetik talabga javob berishligi;
-birlik va ko`plikdagi otlarni o`rganish uchun tuzilgan savol-topshiriqlarning o`quvchilar faolligini oshirishga ta’siri
-birlik va ko`plikdagi otlarni tushuntirishda interfaol usullar, ilg`or ped.texnologiyalardan foydalanilishi, ularning o`quvchini faollashtirishdagi samaradorligi
-birlik va ko`plikdagi otlarga o`quvchilarning ta’rif berishi
-chiqarilgan ta’rifni darslikdagi shakli bilan taqqoslanishi va ularni mukammallik darajasining aniqlanishi
3. Birlik va ko`plikdagi otlar bo`yicha o`quvchilar bilimlarini mustahkamlash;
-mashqlardan o`z o`rnida foydalanilganligi
-mashqlarning xilma-xilligi
-o`quvchilarning mustaqillik darajasi
-mustahkamlash jarayonida o`quvchilar bilimini kengaytirish, mukammallashtirishning ahvoli
4. Dars o`rganilganlar yuzasidan o`quvchilarning mustaqil xulosalar chiqara bilish.
5. Uy vazifasini aniq tushuntirilishi
6. O`quvchilar bilimini baholash
Do'stlaringiz bilan baham: |