Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti


- mavzu Boshlang’ich ta’limda diktant va uning turlari yuzasidan ishlanmalar tayyorlash



Download 0,77 Mb.
bet192/236
Sana30.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#596978
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   236
Bog'liq
7304097571a7335b4101ff088374bba4 ONA TILI O`QITISH METODIKASI

7- mavzu

Boshlang’ich ta’limda diktant va uning turlari yuzasidan ishlanmalar tayyorlash



Amaliymashg‘ulotning o`qitish texnologiyasi

Vaqti: 2 soat

Talabalar soni: 30 ta

Mashg‘ulot shakli

Amaliy mashg‘ulot

Amaliy mashg‘ulot rejasi

1. Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish bo`yicha nazariy savol-javob.
2. O`quvchilarning yozma ishlarini (bayon va insholarini) tekshirish va nutqiy xatolarni aniqlash.
3. Nutqiy xatolarni to`g’rilash yo`llarini ishlab chiqish.
4.Talabalar faoliyatini baholash.

O`quv mashg`ulotning maqsadi

1.Talabalarni nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish bo`yicha metodik adabiyotilardagi tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etishga o`rgatish.
2. Nutqiy xatolarni bartaraf etish ustida amaliy ishlash ko`rikmalarini shakllantirish.

O`qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish haqidagi nazariy bilimlarini aniqlash.
2.Talabalarda nutqiy xatolarni bartaraf etish yo`llari bo`yicha umumiy tasavvur hosil qilish
3.Ma’ruzadavomida talabalarning faoliyatini ko`zatish va baholash (5 ball asosida).

O`quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. O`quvchilarning yozma ishlarini (bayon va insholarini) tekshirish va nutqiy xatolarni aniqlashni.
2. Nutqiy xatolarni to`g’rilash yo`llarini .



Ta’lim metodi va texnikasi

Guruhga bo`lib ishlash, Klaster

Darslik, metodikqo`llanma.

Darslik, metodik qo`llanma.

Ta’lim shakli

Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash

Ta’lim sharti

Auditoriya, TSOdan foydalanish

Dars bosqichlari va vaqti

O`qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)

1. Amaliy mashg‘ulot mavzusini (Nutqiy xatolar va ularni bartaraf etishga doir darslarni tashkil etish) s
2. Amaliy mashg‘ulot maqsadini
3. Amaliy mashg‘ulot rejasini
e’lon qilish.

Eshitadi, yozadi, javob beradi.

2-bosqich
Bilimlarni aktuallashtirish (5 daqiqa)

1. Nutqiy xatolarning turini ayting.
2. Boshlang‘ich sinf o`quvchilari nutqida qaysi xatolarda uchraydi?
3. Nutqiy xatolarning kelib chiqishiga sabab nimada?

Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi

3-bosqich
Axborot berish
(65 daqiqa)

1. Amaliy mashg‘uloti: 20 daqiqa
1.O`quvchilar yozma ishidagi nutqiy xatolarni guruhlang.
2.Nutqiy xatoning har bir turini to`g’rilash yo`llarini ishlab chiqing.
Uning mahokamasi: 10 daqiqa
3. Taqdimot: 5 daqiqa




4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)



1.Blits texnologiyasi asosida mavzu yo`zasidan talabalar bilimini aniqlash.
2. Testlar to`zing va ularni guruhlaro almashtirib yeching.




Boshlang`ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir qancha tamoyillarga rioya qilish zarur:
1. Matnning monologik nutq shaklida bo`lishi. Unda ko`chirma gaplar, undalmali, kirish so`zi, ajratilgan bo`lakli gaplar qo`shma gap bo`lmasligi lozim.
2. Matn hajmi1-4- sinf o`quvchilarining o`qish sur’atiga asoslangan bo`lishi.
3. Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog`liq bo`lishi.
4. O`quvchilarga u yoki bu haqda bilim berishi.
5. Tanlangan matn g`oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo`lishi, bolalar hissiyotiga ta’sir o`tkazishi.
6. Matn tarbiyalovchi xarakterda bo`lishi.
7. Matnda o`rganilayotgan hodisa hamida 5-6 marta uchrashi.
Diktantlar maqsadiga ko`ra ikki xil bo`ladi:
1.Ta’limiy diktantlar–bilim berishga yo`naltirilgan diktantlar.
2. Tekshiruv diktant – o`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilishga qaratilgan diktantlar.
Ta’limiy diktantlarni o`tkazish vaqtini, o`rnini, turini o`qituvchining o`zi belgilaydi. Ta’limiy diktantlar uchun darsning ma’lum bir qismi (5-10 daqiqasi), ba’zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o`quvchilarining bilimi mustahhamlash maqsadida o`tkaziladi. Ta’limiy diktantda o`qituvchi o`quvchilarga o`rgatilayotgan hodisaning imlosini bir necha tahlil usullaridan foydalanib tushuntiradi, so`zlarni to`g`ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga ruxsat beriladi. Har qanday yo`l bilan xatoning oldini olish chorasi ko`riladi. Masalan, 1- sinfda a va o unlilari o`rganilayotgan darsda bo`g`in-tovush, tovush-harf tahlili o`tkaziladi. Baho, bahor so`zlarining birinchi bo`g`inida a harfi yozilishini o`quvchilar bilib olgach, o`quvchilardan biri shu so`z doskaga yozdiriladi. So`ng so`z o`chirib tashlanadi. Undan keyin aytib turib yozdiriladi.
Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:

  1. Ta’lidiy diktant

  2. O`z diktant yoki yoddan yozuv diktanti.

  3. Izohli diktantn

  4. Saylanma diktant

  5. Erkin diktant

  6. Rasm diktant

  7. Lug`at diktant

  8. Ijodiy diktant

  9. Shulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma’lum o`zgarishlar bilan yoziladi.

Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o`rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o`quvchilar qay darajada o`zlashtirganliklari aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo`lim o`rganilgandan so`ng yoki chorak oxirida o`tkaziladi. Tekshiruv diktanti o`quv yili davomida 5-6 marta o`tkaziladi. Diktantning bu turida yo`l qo`yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta’limiy ahamiyati katta. Orfografik mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi.




Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish