Maktabgacha ta'lim
Klasterlarida Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida
pedagog kadrlarining
2022- yil iyun oyida malaka oshirish bo'yicha
Buvayda tumani
Maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi
36-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi
Imomova Nilufarxon Xolmatjonovnaning
“Maktabgacha tayyorlov guruxida sanashga va xisoblash faoliyatiga o’rgatish vazifalari”
mavzusidagi
BITIRUV LOYIHAVIY ISHI
Ilmiy raxbar: Azizova Ziroatxon Bahodirovna
Qo’qon-2022
Reja:
I.Kirish.
II. Asosiy qism.
Son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarni shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.
Maktabga tayyorlash guruhi bolalarining 10 ichida sanash, ajratib sanash ko’nikmalarini takomillashtirish.
3. Tayyorlov guruhda son-sanoq bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirish va ularni hisoblash amallari bilan tanishtirish.
III.Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Bugungi kunga kelib maktabgacha ta’lim tashkilotlariga e’tibor yanada ortib bormoqda va bunda tarbiyachilarga bo’lgan masuliyat hissi yanada ortadi. Tarbiyachilar bugungi kun qahramonlari desak hech mubolg’a bo’lmaydi. Chunki ular kelajagimiz poydevorini mustahkan qilib qo’yishdek sharafli vazifani bajarmoqdalar. Maktabgacha ta’lim tashkilotini tarbiyachilarning jonkuyarligi, samarali mehnat faoliyatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda ularning zahmatli mehnati yotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim vazirining buyrug‘iga binoan 2018-yil 18-iyul 1-MX-sonli buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasining “Ilk va Maktabgacha Yoshdagi Bolalar Rivojlanishiga Qo‘yiladigan Davlat Talablari” tasdiqlandi.
Ma'lumki, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga ta'lim-tarbiya berish "Ilk qadam'' dasturi asosida olib boriladi.
Bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayoni asosan tayyorlov guruhdan (3-4 yosh) boshlanib, unda bolalarga Konstitutsiya saboqlari asosida ilk huquqiy tushuncha berish, bolalarda ularning umumiy Vatani - O'zbekiston haqida tasavvur uyg'otish, o'zi tug'ilib o'sgan joyiga muhabbat tuyg'usini uyg'otish, o'z shahar, qishloq, mahalla va ko'chasi haqidagi bilimlarini kengaytirish, o'zi yashash joyidagi me'morchilik yodgorliklari, chiroyli qurilishlarga qiziqish uyg'otish, ularning nomlarini to'liq aytishga o'rgatish vazifalari qo'yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |