Mansurova nilufarxon



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana20.09.2021
Hajmi1,53 Mb.
#179528
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MANSUROVA NILUFARXON



QDPI TABIIY FANLAR FAKULTETI

BIOLOGIYA YO’NALISHI

401-GURUH TALABASI

MANSUROVA NILUFARXON




Jinsiy

ko‘payish


• Jinsiy ko‘payish biologik jihatdan

g‘oyat katta ahamiyatga ega. 

Uning jins siz ko‘payishdan

afzalligi shundaki, u ota va ona

irsiy belgilarining birlashishiga

imkon beradi. Shu munosabat

bilan avlod ota-onaga nisbatan

yashovchan, o‘zgargan muhit

sharoitiga moslanuvchan bo‘ladi. 

organizm evolutsiyasida jinsiy

ko‘payish juda muhim rol

o‘ynaydi.




• Jinsiy hujayralar o‘lchami va shakli

jihatidan bir-biridan jiddiy farq qiladi. 

Spermatozoidlar tuxum hujayradan ancha

kichik, biroq juda harakatchan bo‘ladi.




• Sut emizuvchilar

spermatozoidining

tuzilishi bilan tanishamiz. U uzun ip

shaklida bo‘lib, uch qismdan: bosh, 

bo‘yin, dumdan iborat. Bosh 

qismida yadro joylashadi, 

boshchasining oldingi qismida

sitoplazmaning zichlashgan qismi

mavjud, shu qismi yordamida

spermato zoid tuxum hujayraga

kiradi. Bo‘yin qismida hujayra

markazi va mitoxondriyalar bo‘ladi.  

Bo‘yin bevosita dumga o‘tadi. Dum 

tuzilishiga ko‘ra kiprikka yoki

xivchinga o‘xshaydi va

spermatozoidning harakatla nish

organoidi hisoblanadi.



• Tuxum hujayra ko‘pincha yumaloq, 

amyobasimon shaklda bo‘lib, 

harakatsiz. Boshqa hujayralardan

asosiy farqi shaklining juda katta

bo‘lishidir. Tuxum hujayraning kattaligi

sitoplazma oqsilga boy oziq modda —

sariqlikning mavjudligidir. Tuxum

qo‘yib ko‘payadigan umurtqalilar

(sudralib yuruvchi va qushlar)da tuxum

hujayra ancha yirik bo‘ladi. Tuxum

hujayra organizmning rivojlanishi

uchun zarur bo‘lgan hamma irsiy

axborotni o‘zida saqlaydi.



• Jinsiy hujayralarning rivojlanishi (gametogenez). Jinsiy hujayralar

(gametalar) jinsiy bezlarda rivojlanadi. Spermatozoidlar —

urug‘donda, tuxum hujayra — tuxumdonda. Spermatozoidlarning

rivojlanishi —

sperma togenez,

tuxum hujayraning rivojlanishi —

ovogenez

deyiladi



• I bosqich. Ko‘payish davri, birlamchi jinsiy

hujayralar mitoz yo‘li bilan ko‘payishi natijasida

hujayralar soni ortadi. Spermatogenezda birlamchi

jinsiy hujayralar juda tez ko‘ payadi, ko‘pincha bu

jarayon balog‘atga yetish davridan boshlab qarilik

davrigacha davom etadi. ovogenezda birlamchi

urg‘ochi jinsiy hujayralarning ko‘payishi tuban

umurtqasizlarda butun umri mobaynida davom

etadi.




• II bosqich. o‘sish davri boshlang‘ich jinsiy hujayralarning ayrimlari

o‘sish zonasiga o‘tib kattalashadi, oziq moddalar to‘playdi. Ularning

DNK miqdori ikki hissa ortadi. Birlamchi spermatozoidlar o‘sish

zonasida tez kattalashmaydi. Lekin tuxum hujayralar ayrim vaqtlarda

bir necha yuz va ming martagacha kattalashadi. Birlamchi tuxum

hujayralarning o‘sishi organizm ning boshqa hujayralarida hosil

bo‘ladigan moddalar hisobiga amalga oshadi. Misol uchun baliqlar, 

suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va

qushlardagi tuxum hujayraning asosiy qismini sariqlik tashkil etadi. 

Sariqlik zaxira oziq moddalar to‘plamidir. Bundan tashqari birlamchi

jinsiy hujayralarda ko‘p miqdorda oqsil va RNKlar sintezlanadi.



• III bosqich.Yetilish davri — hujayralar

yadrosidagi diploid to‘plam ikki hissaga

ortadi. Bu davrda hujayralar meyoz usulida

ko‘payib, gaploid to‘plam ga ega bo‘ladi.





• bosqich.Shakllanish davri — hosil bo‘lgan

jinsiy hujayralarning ma’lum shaklga va

hajmga ega bo‘lishi bilan amalga oshadi. 

Tuxum hujayra shakllanish davrida maxsus

parda (qobiq) bilan o‘ralib urug‘lanishga

tayyor bo‘ladi. Ko‘p hollarda sudralib

yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar

tuxum hujayrasida qo‘shimcha qobiqlar hosil

bo‘ladi




• Qo‘shimcha qobiqlar tuxum hujayra va unda rivojlanayotgan

embrionni tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan himoya

qilib turadi. Spermatozoidlar tuzilishiga ko‘ra har xil hajm va

shaklga ega (43- rasmga qarang). Spermatozoidlarning

asosiy vazifasi tu xum hujayraga irsiy axborotni olib borish va

uning funksiyasini tezlat ishdir. Shakllangan spermatozoidda

mitoxondriya, Golji majmuasi va urug‘lanish vaqtida tuxum

hujayra membrana-sini eritib yuboruvchi maxsus fermentlar

bo‘ladi. Spermatozoid tuxum hujayrani urug‘ lantirgach, diploid 

to‘plamga ega bo‘lgan zigota hosil bo‘ladi




Savol va topshiriqlar

• Jinsiy ko‘payishning jinssiz ko‘payishdan

asosiy farqi nimada?

• Jinsiy hujayralarning rivojlanishi qanday

davrlarga bo‘linadi?

• Tuxum hujayraning spermatozoiddan

qanday farqi bor?




Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish