Maktabgacha tarbiya yoshi davrida guruhiy psixokorreksion ishlarni tashkil qilish



Download 308,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/22
Sana18.02.2021
Hajmi308,9 Kb.
#59220
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
maktabgacha tarbiya yoshi davrida guruhiy psixokorreksion ishlarni tashkil qilish

Amaliy tavsiyalar 

 Bizningcha, shaxslararo nizolarning o‘smirlarning shaxslilik rivojlanishidagi ijobiy roli 

haqidagi taxminlar chuqur nazariy ishlab chiqishni talab etadi.  Shuningdek shaxslararo nizolarni 

keltirib  chiqaruvchi  omillar  psixokorreksiyasi  tasvirlangan  metodlarining  korreksion  ta’sir 

mexanizmlari ham chuqur nazariy tahlilga muhtoj. 

1.Tadqiqotchilarning  diqqat  e’tibori  korreksion  ish  davomida  yuzaga  keluvchi 

emotsional va kognitiv o‘zgarishlar qonuniyatlariga qaratilishi kerak.  

2.Psixik  o‘zgarishlarning  ichki  mazmunini  o‘rganishga  bag‘ishlangan  maxsus 

tadqiqotlar zarur. 

3.Bizning  diqqat  markazimizdan  tashqarida  qolgan  muhim  muammolardan  biri  – 

psixokorreksion  jarayon  qatnashchilarida  shakllanadigan  ichki  shaxslilik  va  shaxslararo  yangi 

tuzilmalardir. 

4.  Maktab  psixologining  nizoli  vaziyatga  tushib  qolgan  o‘smirlarning  ota-onalari  va 

o‘qituvchilari  bilan  o‘zaro  ta’siri  masalasi  ham  bizning  tadqiqot  ob’ektimiz  tashqarisida  qoldi  , 

ularni o‘rganishning kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak.  

5.Maktab  psixologi  psixokorreksion  faoliyatining  turli  shakllari  va  metodlarini  tahlil 

qila  turib,  biz  asosiy  diqqatimizni  darsdan  tashqari  ishlarga  qaratdik,  chunki,  shu  narsa  aniqki, 

dars,  hamkorlikdagi  faoliyatning  alohida  shakli  sifatida,  maktab  psixologining  o‘smirlardagi 

shaxslararo  nizolar  vaziyatidagi  psixokorreksion  ishini  tashkil  etish  uchun  qo‘shimcha 

sharoitlarni  ham o‘z ichiga oladi. 

6.  Biz  tomondan  taklif  etilayotgan  maktab  psixologining  psixokorreksion  faoliyati 

modeli  maktab  sinflari  darajasida  amalga  oshirish  uchun  ishlab  chiqilgan  va  maktabni  o‘zidagi 

kommunikatsiyalar,  an’analar,  rahbarlik  maromi  xususiyatlari  va  maktabdagi  ichki  hayotning 

boshqa  xususiyatlari  bilan  o‘zaro  aloqador  yagona  organizm  sifatida  qaramaydi,  shunga  ko‘ra 

uni keng qamrovli o‘rganish darkor.  

7.  Maktab  konfliktologiyasining  ahamiyatli  muammosi  o‘quvchilar  o‘rtasida 

shaxslararo  nizolarni  yuzaga  kelish  omillari  va  shart-sharoitlarini  o‘rganishdir.  Maktabda 

psixokorreksion ishni tashkil etish bo‘yicha bizning tajribamiz shundan dalolat beradiki, ijtimoiy 

psixologiyada  to‘plangan  empirik  ma’lumotlar  to‘plami  zamonaviy  maktabdagi  ta’lim-tarbiya 

maxsus sharoitlariga toza tarzda ko‘chirilib bo‘lmaydi, ularni adekvat baholay bilish shart. 

8.  O‘quvchilar  o‘rtasidagi  shaxslararo  nizolarning  keng  doiradagi  amaliy  vazifalarini 

hal qilish psixokorreksiya va psixoprofilaktikaning alohida metodologiyasini yaratish, psixologik 

nizolar  va  ularning  salbiy  oqibatlarini  bartaraf  etish  bo‘yicha  psixologik  xizmatni  tashkil 

etishning turli jabhalarini tadqiq etishni rivojlantirishni talab etadi. 

9.  Bizning  fikrimizcha,  maktab  psixologining  o‘smirlar  o‘rtasidagi  shaxslararo  nizolar 

sharoitidagi  psixokorreksion  faoliyati  tahliliga  faoliyatning  umumpsixologik  modelini  qo‘llash 



 

41

istiqbollidir.  Biroq,  psixokorreksion  faoliyat  maxsus  modellarini  ishlab  chiqish  maqsadga 



muvofiqligini  ta’kidlash  joiz.  Biz  faoliyatning  umumpsixologik  modeli  mantiqan  individual 

faoliyat modeli ekanligi fikridan kelib chiqamiz.  

Shu  munosabat  bilan  shunday  taxminni  ilgari  suramizki,  a)  psixokorreksion  modelni 

loyihalashtirish  va  tahlili  etishda  umumpsixologik  (individual  va  birgalikdagi  faoliyat)  hamda 

maxsus  (jumladan  transakt  tahlil)  metodlarini  qo‘llash  mumkin;  b)  ularni  tanlash  va  qo‘llash 

konkret  holatda  tadqiqot  vazifasi,  uning  bazaviy  paradigmasi  bilan  belgilanadi;  v)  bu  sohadagi 

tadqiqotlar hali keng istiqbolga egaligini ta’kidlab o‘tish mumkin. 

10. O‘smirlardagi nizolarni yengish va profilaktika qilishga psixokorreksion yondashuv 

ularni  munosabatlarning  maxsus  tashkil  etilgan  tizimiga  kiritishni  nazarda  tutadi,  bu  esa 

shaxslilik  rivojlanishi  jarayonini  optimallashtirish  uchun  ob’ektiv  manbani  shakllantiruvchi, 

sub’ektlilikning turli shakllarini kamol toptiruvchi, xulq-atvorning nizosiz ko‘rinishlari arsenalini  

hamda  shaxslararo  nizolarni  konstruktiv  hal  qilish  ko‘nikmalarini  kengaaytiruvchi,    o‘z  xulq-

atvorini tanqidiy baholash, boshqa odamlar va o‘ziga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqish 

uchun sharoit yaratadi. 

Psixologning  vositachilik  faoliyati    salohiyati  bizning  ishimizda  bolalar  va  voyaga 

yetmagan inspektorlar amaliy ishida ham ko‘rinadi. 




Download 308,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish