0 ‘z-o ‘zini tekshirish uchun savollar
1. Kichik guruhda vaqt tasawurlarini shakllantirish jarayonini aytib bering.
2. 0 ‘rtaguruhda vaqt tasawurlarinishakllantirish jarayonini aytib bering.
3. Katta guruhda vaqt tasawurlarini shakllantirish jarayonini aytib bering.
4. Tayyorlov guruhda vaqt tasawurlarini shakllantirish jarayonini aytib
bering.
Tayanch so‘z
Sutka boMaklari — ertalab, kunduzi, kechqurun, tun.
V ВО В. M AXSUS MUASSASALARDA AQLI ZAIF
BOLALARNING TASVIRIY FAOLIYATINI
SHAKLLANTIRISH
5.1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning ruhiy rivojlanishi
va tasviriy faoliyat
Maktabgacha yoshda tasviriy faoliyat bola ruhiyatining ko‘p
tomonlariga bola shaxsiga bir butunlikcha rivojlantiruvchi ta ’sir
ko‘rsatadi. Tasviriy faoliyat bolaning umumiy va ruhiy rivojlanishi bilan
o‘zaro uzviyligi uni diagnostik maqsadlarda keng qo‘llash imkonini
beradi, defektologiyada esa aqli zaif bolalar psixikasidagi nuqsonlarni
korreksiyalovchi, ta’sir ko‘rsatuvchi vositasi sifatida qo‘llaniladi.
Biroq tasviriy faoliyat korreksion-rivojlantiruvchi vosita
bo‘lishi uchun nuqsonlariga qarab, uning rivojlanish qonuniyatlarini,
shuningdek, psixik rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olish kerak.
Me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlariga nisbatan, aqli zaif
bolalaming tasviriy faoliyatni egallashdagi yutuqlari ko‘p jihatdan ta’lim
usuliga bog‘liq bo‘ladi Shuning uchun samarali usullar va ta’lim
mazmunini tanlash muhim hisoblanadi.
Aqli zaif bolalami tasviriy faoliyatga o‘rgatishni to‘g‘ri tashkil qilish
uchun ularning yosh xususiyatlarini yaxshi tasawur qilish lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyatining o‘ziga xosligi
shundan iboratki, kichik yoshli bola tasvirlash jarayoniga kirishganda,
ko‘pincha o‘z oldiga katta yoshli rassom uni tushunganidek tasviriy
maqsad qo‘ymaydi.
Agar katta odam yakuniy maqsad yo‘lida, ya’ni rasm chizish,
skulptura yasash uchun ijod qilsa, kichik bola uchun, faoliyat
jarayonining o‘zi muhim bo‘ladi.
Bola qanchalik kichik yoshda bo‘lsa, faoliyat jarayoni, vaziyatni
ma’noli aks etish uni shunchalik ko‘proq jalb qiladi. Aynan shu yerdan
bolalar rasmlarining sxemaliligi, ular grafikasining to‘liqsizligi kelib
chiqadi. Bola faqat o‘ylangan mazmunni ochib berish uchun kerakli
bo‘lgan narsalarni chizadi, u rasmda tasvirlangandan ko‘ra ko‘proq
narsani ko‘radi. Rasm chizish davomidagi tushuntirishlar, ishoralar,
real harakatlar tasviming to‘liqsizligini kompensatsiyalaydi.
Tasvir, nutq va o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalaming tasviriy
faoliyatida uzviylikni hosil qiladi.
Mana shuning uchun kichik bolalami, ayniqsa aqli zaif bolalami
kattalar tasvirlari nuqtayi nazaridan tasviriy faoliyatini baholashda
tarbiyachilar, faoliyatning muhim komponenti bo‘lgan nutq va o‘yinni
rad etib, kechirilmas xatoga yo‘l qo‘yadilar. Nutqiy va o‘yin daqiqalaridan
mahrum bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati
mazkur vaziyatda boladan, u bajara olmaydigan mazmunni faqat tasviriy
vositalar bilan ifodalashni talab qiladilar. Biroq, ko‘pincha, tarbiyachilar
diqqatlarini asosan loy yoki plastilin bilan ishlash, applikatsiya, rasm
chizish malakalarini rivojlantirishda turli usullardan foydalanishga,
faoliyatning texnik tomonga qaratadilar. Bunda faoliyat jarayonida
bolalaming o‘yinga yo‘nalganligi qo‘llab-quwatlanmaydi va hisobga
olinmaydi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalaming o‘yinga yo‘nalganligi
qo‘llab-quwatlanmaydi va hisobga olinmaydi. Tasviriy faoliyat
jarayonida nutqni rivojlantirishga yetarli ahamiyat berilmaydi.
Bolalar tasviriy ijodini o‘rganuvchi taniqli tadqiqotchi N.P. Sakulina
bolalar rasmlarida o‘yin tendensiyalariga kattalar ehtiyotkor munosabatda
bo‘lishlarini, ularni ta’lim jarayonida saqlanishini alohida ta’kidlaydi.
0 ‘yin va rasmning o‘zaro bog‘liqligi maktabgacha yoshning barcha
davrlarida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek,
kichik yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonida o‘yin birinchi
darajali ahamiyatga ega bo‘lib, maqsadga yo‘naltirilgan o‘qitish
sharoitidagina tasviriy vazifalar birinchi o‘ringa chiqadi, ammo
maktabgacha yoshning oxiriga qadar o‘yin bolalar tasviriy ijodining
mazmunini va uni olg‘a siljituvchi kuch bo‘lib qoladi. 0 ‘z tengdoshlari
bilan birga o‘ynash malakalari shakllanmagan va tevarak-atrofdagi
hayotiy vaziyatlami o‘z o‘yinlarida qo‘llay olmagan bolalar, sujetli-
rolli o‘yinlami yaxshi o‘ynay olmaydilar, shu bilan birga sujetli rasmlami
ham chiza olmaydilar. Buning aksi sifatida o‘ynash malakalari yaxshi
shakllangan bolalarda hayotiy va o‘yin tajribalarini tasvirlovchi sujetli
rasmlar chizish erta shakllanadi. Ularda tasviriy o‘yin fikrlay olish erta
hosil bo‘ladi va ular o‘z rasmlarida ulardan foydalanishga harakat
qiladilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan
tasviriy faoliyat bo‘yicha ishlami tashkil qilganda, ulaming mustaqil
o‘ynash darajalarini hattoki katta bo‘lmagan o‘yin tajribalarini hisobga
olish kerak. Yuqorida ta ’kidlanganidek, nutqiy uzviylik tasviriy
faoliyatning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Nutq tasviriy
faoliyatning strukturasiga uning muhim elementi sifatida turli shakllarda
namoyon bo‘ladi.
Sujetli va rolli o‘yinlarni yaxshi o‘ynay olmaydilar. Shu bilan birga
sujetli rasmlami ham chiza olmaydilar. Buning aksi sifatida o‘ynash
malakalari yaxshi shakllangan bolalarda hayotiy va o‘yin tajribalarini
tasvirlovchi sujetli rasmlar chizish erta shakllanadi.
Ularda tasviriy o‘yin, fikrlash erta hosil bo‘ladi va ular o‘z rasmlarida
ulardan foydalanishga harakat qiladilar.
Shuning uchun maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan tasviriy
faoliyat bo‘yicha ishlami tashkil qilganda, ulaming mustaqil o‘ynash
darajalarini, hattoki katta bo‘lmagan o‘yin tajribalarini hisobga olish kerak.
Yuqorida ta ’kidlaganidek, nutqiy uzviylik tasviriy faoliyatni
rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Nutq tasviriy faoliyatining
strukturasi uning muhim elementi sifatida turli shakllarda namoyon
bo‘ladi. So‘z tufayli bolalarning ijodiy ishlari atrofdagilar uchun
tushunarli va predmetli tus oladi.
Shu vaqtdan boshlab nutq tayyor natijani belgilash (nima hosil
bo‘ladi?) uni tushuntirish (bola nimani chizdi va yana nima chizadi?),
so‘ngra rejalashtirish (ishni ketma-ketligini so‘z orqali ifodalash)
vazifalarini o‘taydi.
Aqli zaif bolalarni tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida nutqni
rivojlantirishni ta’minlovchi asosiy shartlaridan biri suhbat davomida
ularga erkin gapirishga, shuningdek, faoliyat jarayonining o‘zida mavjud
narsani ko‘zdan kechirish, rasmni, o‘yinchoqni tomosha qilish, ishini
baholash imkonini berish hisoblanadi. Tarbiyachining mashg‘ulotda
bu imkoniyatni tinch o‘tirish uchun qurbon qilayotganini uchratish
mumkin. «Gaplashmaslik» talabi bola uchun o‘zlarini mashg‘ulotda
tutishning asosiy shakli bo‘lib qoladi.
Tayyor ishni tahlil qUishda, shuningdek, tasvimi bajarishdan oldingi
suhbat o‘tkazayotib, ba’zi tarbiyachilar bolalarga maxsus ruxsat bilan
(qo‘l ko‘tarib) gapirishga rozi bo‘ladilar. Bunda bolalar albatta
o‘rinlaridan turishlari kerak. Bu maktab talabalari salkam kichik
guruhdan boshlab qo‘yiladi, pedagoglar esa buni aqli zaif bolalar,
me’yorda rivojlanayotgan nisbatan impulsiv, tartibsiz bo‘lganlari uchun
axloqiy tashkillashtirilishni erta boshlash kerakligi bilan izohlaydilar.
Lekin, ko‘p hollarda bolalar ruxsat olgandan keyin javob bermay, jim
turishlari kuzatiladi. Bu ularning gaplari yodlaridan chiqqan yoki
o‘rinlaridan turmasdan awal javob berib bo‘lganliklari sababli sodir
bo‘ladi. Kattalar erkin shaklda suhbat o‘tkazishsa, bolalar javoblarida
suhbat predmeti haqidagi tasawur aniqroq bo‘ladi.
Tasvirlashga nima turtki bo‘lganini, bu qiziqarli faoliyat nimasi bilan
jalb qilayotganini aniq tasawur etmaydilar. Tasviriy faoliyatni amalga
oshirish uchun ikkita asosiy omil zarur — intellektual va jismoniy omillar.
Bir tomondan tasvimi yaratish uchun aniq predmetlar obrazi haqida
to‘liq va turg‘un tasawur bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan, bolani
faoliyatga qo‘zg‘atuvchi kuchli hissiy stimulsiz bolani faoliyatga yo‘llab
bo‘lmaydi. Aynan kuchli hissiyot bolada atrofdagi hayotni obrazli
shaklda, ya’ni rasm, loy yoki plastilin bilan aks ettirish ehtiyojini
tug‘diradi, shuning uchun bolada u yoki bu mazmunni tasvirlash
ehtiyojining shakllanishi ayniqsa, ta’limga hissiy-iroda 'sohasining
rivojlanmaganligi yetakchi nuqsoni bo‘lgan aqli zaif bolalar jalb
qilinganda pedagoglarning doimiy diqqat markazida bo‘lishi kerak.
Odatda, maktabgacha muassasaga kirish davriga kelib (bu 5 yoshda
yuz beradi) aqli zaif bolalarda hatto faoliyatning elementar malakalari
shakllanmagan bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi nafaqat atrof hayotni aks
ettirish imkonini tushunmaydilar, balki ba’zida qog‘oz, qalam va
boshqalardan to‘g‘ri foydalanishni bilmaydilar. Bundan tashqari ular
bilan ko‘p sonli noadekvat, qo‘pol (ularni otib yuboradilar, qog‘ozni
qalam bilan yirtadilar, og‘zilariga soladilar va boshqalar) harakatlar
bajaradilar, bular esa ularni ushlab ko‘rish, paypaslashga olib keladi.
Aqli zaif bolalaming oz qismini ba’zi tasvirlarni bajarish qobiliyatiga
ega. Ulaming tasvirlaridan uycha, bayroqcha, stulcha va boshqalaming
elementlarini ilg‘ash mumkin.
Odatga ko‘ra bunday bolalar maxsuslashtirilgan yasli-bog‘chalarga
qatnaganlar yoki ular bilan ota-onalari uyda shug‘ullangan bo‘ladilar.
Shu bilan biiga bu tasvirlar taqlidiy xarakterga ega bo‘lib, primitiv,
tanib boimaydigan holdadir. Aqli zaif bolalar bu yoshda (maxsus
o‘qitishsiz) hech qachon rasmlarida, qurilmalarida o‘z hayotlarining
biror-bir lahzasini aks ettirishga, qurilishni keyingi o‘yinlari uchun
yasashga harakat qilm aydilar. Maxsus m aktabgacha tarbiya
m uassasalarining katta guruhlarda ham, ko‘pchilik aqli zaif
tarbiyalanuvchilar mashg‘ulotda bo‘sh vaqtda rasm chizishni xohlaydilar,
rasmni faqat kattalar talabiga ко‘га chizadilar. 0 ‘ta layoqatlik ularda
nafaqat chizishdan awal, balki chizish jarayonida yoki o‘zlarining tayyor
tasvirlarga nisbatan ham kuzatiladi. Ular ishlarini qadrlamaydilar, yirtib,
g‘ijimlab tashlab yuboradilar.
Xuddi shunday munosabat ularda ko‘rish-yasash faoliyatida
kuzatiladi.
Bu vaqtga kelib me’yorida rivojlanayotgan bolada nafaqat predmetli
rasm paydo bo‘ladi. Tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini ifodalashning
shakllaridan biri bo‘lib qoladi. Bolaning tavsirlashga bo‘lgan chegarasidan
uzoqlashgan bo‘ladi.
Aqli zaif bolalar faoliyatining past darajaligi, ko‘pincha, pedagoglarga,
ta ’lim jarayonining noto‘g‘ri metodik yo‘naltirishni tug‘diruvchi,
bolalarda tasvirlash qobiliyatining shakllanishi mumkinligi haqida
pessimistik qarashlarga sabab boiadi. Pedagoglar oddiy metodlami
(namoyish, diktant) qoilash orqali bolalami predmetlar chizishga tezroq
o‘rgatishga intilishadi. Aytish kerakki, bunda ular xohlayotgan natijaga
erishadilar. Bolalar nafaqat katta odam ko‘rsatgan, balki aynan
mashg‘ulotda boigan predmetlami tasvirlash malakalarini egallaydilar.
Kattalar yordamisiz bajarilgan tasvirlar esa shakl va mazmun jihatidan
juda oddiy boiadi. Eng awalo, aqli zaif bolalar rasmlaridagi predmet
obrazining butunligi juda sekin idrok qilishni ta’kidlash joiz. Predmet
qismlari fazoda boiganligi kuzatiladi. Ulami bir butunga birlashtirishda,
qismlarning bir-biriga nisbatan joylashtirishda qo‘pol buzilishlar
(odamning qoilari boshidan o‘sayotgani, uyning tomi yon tomonda,
daraxtning shoxlari bir tomonida) kuzatiladi. Yaxshi tanish predmetlami
chizayotib, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar atrofdagi predmetlar
ko‘rsatmasini yetarli anglab yetmasligi, o‘yinchoqlar bilan harakatlarda
kam tajribaga ega ekanligi, predmet-o‘yinli harakatlami yetarlicha
rivojlanmaganligi natijasi boigan ikkilamchi detallarga e’tibor qaratib,
eng asosiy detallami aks ettirmaydilar
Do'stlaringiz bilan baham: |