Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalaming tasviriy faoliyatning o ‘ziga



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

2. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalaming tasviriy faoliyatning o ‘ziga
xoz xususiyatlari nimalardan iborat?
5.2. Tasviriy faoliyat mashg‘uIotIarini tashkil etish
Ta’limning birinchi ikki yilida rasm, loy ishi, applikatsiya va qurish- 
yasash mashg‘ulotlarini tarbiyachi olib boradi. Haflada 4 marta mashg‘ulot 
o‘tkaziladi (barcha faoliyat turlariga bittadan mashg‘ulot to‘g‘ri keladi). 
Ta’limning uchinchi yilidan boshlab qurish-yasash mashg‘ulotini 
o‘qituvchi defektolog olib boradi, tarbiyachi esa faqat bolalami tasviriy 
faoliyatga o‘rgatadi (haftasiga 4 ta mashg‘ulot: loy yoki plastilindan narsa 
yasash yoki applikatsiya haftada 1 ta, rasm 3 marta, shulardan 1 ta 
predmetli, 1 ta sujetli, 1 ta dekorativ). Hamma mashg‘ulotlar kunning 
birinchi yarmida, guruhchalarga bo‘lingan holda olib boriladi. 1—2 yil 
ta’lim olayotgan bolalar guruhida mashg‘ulotlar 15—20 daqiqa davom 
etadi, 3—4 yil ta’Iim olayotganlarda 35 daqiqagacha davom etadi. 
Mashg‘ulot o‘tkazish uchun bolalaming stullari tarbiyachi stoli oldiga 
yarim doira shaklida qo‘yiladi. Stullami bunday joylashtirish frontal 
mashg‘ulotda yakka ishlash imkonini beradi: har bir bola ishni qanday 
bajarayotganini ko‘radi, naturani u barcha bolalaiga yaxshi ko‘rinishi, 
ko‘z o‘ngida boiishi lozim; tarbiyachi stoliga shunday joylashtirish kerakki, 
mashqlar o‘tkazish uchun kerakli o‘yinchoqlami joylashtirish zarur.
Mashulotlar, odatda, quyidagi tartibda quriladi:
1. Taworlov aismi.
Suhbat, tayyor tasvirni ko‘zdan kechirish, tarbiyachining bolalar


hayotidagi vaziyatni qog‘ozga bo‘yoq bilan yoki doskaga bo‘r bilan 
tasvirlash, ertak yoki hikoya o‘qish, predmet (shakl, rang, kattalik 
bo‘yicha elementlaming mosligi, fazoda joylashganligi) xususiyatlami 
idrok etishni rivojlantirishga doir o‘yin va mashqlar o‘tkazish, ko‘ruv- 
harakat koordinatsiyalarini shakllantirish tayyorlov davrining mazmunini 
tashkU qiladi
2. Asosiv aism. Predmetli rasm chizish, loy yoki plastilindan narsa 
yasash, applikatsiya ishlarini bajarishdan awal natura tahlil qilinadi. 
Unda predmetli loy ishi, rasm chizish, applikatsiyadan awal naturani 
tahlil qilish, qurish, yasashdan oldin namunani tahlil qilish, sujetli rasm 
chizish, loy yoki plastilin, applikatsiya ishlarining mazmuni rejalashtirish 
amalga oshirUgach, bolalaming mustaqil faoliyati boshlanadi.
3. Mashulot bolalar faoliyatini baholash va tayyor ishni tahlil qilish 
bUan yakunlanadi.
Ta’limning hamma yillari uchun mashg‘ulotlarga asosiy talablar 
quyidagilar:
Taklif etilayotgan vazifalaiga bolalar qiziqishini o‘stirish; mos hissiy 
holatni yaratish; bolalar faoliyatga kerakli motivatsiyani (ko‘pincha o‘yin) 
ta’minlash. Shu munosabat bilan har bir mashg‘ulotning boshlang‘ich 
bosqichini to‘g‘ri tashkil etish juda muhim. Bolalarda tasvir obyektiga, 
sujet mazmuniga nisbatan qiziqish uyg‘otish, sujetli rasm chizish, loy 
yoki plastUin bilan ishlash bosqichida qiziqarli mazmun aks etish talabini 
shakllantirish muhimdir.
Bolalarda idrok etUgan faoliyatni rivojlantirish uchun vazifa bajarishda 
mustaqillikni shakllantirish bo‘yicha tizimli ish olib boriladi. Faqat shunday 
sharoitdagina aqli zaif bolalai bujelli va mavzuga oid rasm, loy yoki 
plastilin, applikatsiya bo‘yicha narsalar yasash darajasiga o ‘tadilar. 
Tasawuri bo‘yicha narsalarni tasvirlashda butun tasvimi barcha 
xususiyatlari bilan mustaqil tasvirlash xususiyatiga ega bo‘ladilar. Bolalarda 
o‘z tasviriy tajribalarini so‘z bilan ifodalash qobiliyatini rivojlantirishga 
asosiy e’tibor qaratiladi. Tasvirning mazmunini bir necha sodda gap 
bilan bayon qUish, ular nimani yasashgani, chizishgani, yopishtirishgani 
haqida hikoya qilib beradilar. Bolalarga awal pedagog yordamida, keyin 
mustaqU ravishda o‘z faoliyatlarini rejalashtirib olishga o‘rgatiladi. So‘z 
yordamida rejalashtirish bolalarda tasawur bo‘yicha chizish, yasash, 
yopishtirishni rivojlantirish, tasviming vazifasini ajratish, mashg‘ulotning 
yakuniy bosqichini maqsadga yo‘naltirilgan holda o‘tkazish, ya’ni bajargan 
tasvirlarini baholash uchun katta ahamiyatga ega.


0 ‘zlarining tasviriy tajribalarini so‘z bilan ifodalash qobiliyatlarini 
rivojlantirishga, chizgan, yasagan, yelimlangan narsalari haqida so‘zlab 
berishlariga, tasvir mazmunini bir necha sodda gaplarda yetkazib 
berishlariga katta e’tibor qaratiladi. Har bir bolaning oldida turgan 
faoliyatlarini elementar rejalashtirish (awal tarbiyachi bilan, keyin 
mustaqil) ham e’tiborsiz qoldirilmaydi.
Aqli zaif bolalarning 4 yil mobaynida tasviriy faoliyatlarini 
shakllantirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat.
Ta’limning birinchi yili propedevtik xarakterga ega. Bu vaqtda 
bolalarga turli tasvirlami idrok etishga o‘rgatiladi, tasviriy faoliyat vosita 
va materiallari bilan tanishtiriladi, ko‘ruv-harakat koordinatsiyasi 
rivojlantiriladi. Bu vaqtda tarbiyachi bolalami o‘z xohishi bilan tasviriy 
faoliyatga kirishishi uchun ko‘p chizishiga sharoit yaratadi, loy yoki 
plastilin bilan yasaydi, ko‘radi. Ta’lim yili oxirida bolalar malakasi 
primitiv tasvirlash darajasiga yetadi.
Ta’limning birinchi yilida bolalarning kattalaiga taqlid qilish va 
namuna asosidagi harakatlari qo‘llaniladi.
Ta’limning ikkinchi yili turli predmetlami tasvirlash malakalarini 
o‘zlashtirish davri sifatida ko‘rish mumkin. Predmetli chizish, loy yoki 
plastilin bilan ishlash, applikatsiya faqat asosida tkaziladi. Maqsadga 
qaratilgan predmetni natura tahlil qilish asosida bolalar rasm chizadilar, 
yopishtiradilar, quradilar, bu ishlar tarbiyachi rahbarligida bajariladi. 
Bolalarga asosiy qismni ajratish, predmetni shakli, rangi, elementlar 
joylashishini ko‘ra olish o‘rgatiladi. Bu barcha xususiyatlar va sifatlar 
tekshirish jarayonida aniqlanadi, ular so‘zda keyin tasvirda namoyon 
bo‘ladi.
Predmetlar bilan tanishtirishda predmetlami butun holda idrok qilish, 
unga ijobiy-hissiy munosabatlarni shakllantirishga diqqat qaratiladi, 
buning natijasida bolalar tomonidan bajarilgan tasvirlarning sifati 
yaxshilanib boradi.
Shu vaqtda bolalami hajmli va tekis namunalami tahlil qilishga 
o‘rgatiladi.
Uchinchi va to‘rtinchi ta’lim yili sujetli rasm chizish, loy yoki 
plastilindan narsa yasashni rivojlantirish, shuningdek, bolalaming ijodiy 
ishlarini rivojlantirish davri hisoblanadi. Bu vaqtda bolalami oldindan 
rejalashtirish, fikrlarini anglash, tasvirlarni solishtirish, o‘zi va 
o‘rtoqlarining ishini baholashga o‘rgatiladi.
Tabiiy ravishda tasviriy faoliyatning mavzulari kengayadi. Bolalami


rasm va loy yoki plastilin bilan ishlash sujetli-rolli o‘yinlar, hikoyalar, 
ertaklar, tanish she’rlarning mazmunini tasvirlashga undaydi.
Katta guruhlarda bolalar bo‘sh vaqtlarida xohishlariga ko‘ra chizish, 
yasash imkoniyatlari bo‘lishi uchun tasviriy faoliyat burchaklari tashkil 
etiladi.
Har bir bolada rasm uchun o‘z albomi blishi kerak. Ular alohida 
varaqlarda bo‘lmasligi kerak, chunki bu bola faoliyati xarakteriga ta’sir 
ko‘rsatadi.
Aqli zaif bolalarda tasviriy faoliyatni rivojlantirish ishining 
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ta’lim metodlariga, mashg‘ulotlarda ish 
turlarini to‘g‘ri tanlashga, har bir bolaning yakka xususiyatiga va 
imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish